O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti «ijtimoiy fanlar» kafedrasi


Download 434.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/24
Sana06.10.2023
Hajmi434.76 Kb.
#1693456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
dinshunoslik fanidan mustaqil talimni tashkil etish

Mustaqil ta’limning vazifalari: 
-bilimlarni mustaqil tarzda puxta o‘zlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish; 
-kerakli ma’lumotlarni izlab topishning qulay usul va vositalarini aniqlash; 
-axborot manbalaridan samarali foydalanish; 
-elektron darslik ma’lumotlar bankini yaratish; 
-berilgan topshiriqning muhim echimini belgilash; 
-ma’lumotlar bazasini tahlil etish; 
-ish natijalari xulosasini tayyorlash va qayta ishlash; 
-topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashish; 
-ishlab chiqilgan echim, loyixani asoslash va mutaxassislar ishtirokida himoya 
qilish; 
-pedagogik texnologiyalarni nazariy va amaliy egallash hamda sharoitlarini 
aniqlash; 
-ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar hamkorligidagi faoliyatning aniqligi va 
oshkoraligidir. 
Mustaqil ta’limni amalga oshirilishi jarayonida quyidagilarga alohida ahamiyat 
berish zarur bo‘ladi: 
1. Mustaqil ta’limni tashkil qilish namunaviy va ishchi o‘quv rejalariga mos 
ravishda amalga oshirilishi
1
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun o‘quv adabiyotlarning yangi avlodini yaratish 
konsepsiyasi / Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2013-yil 2-avgustdagi 278-sonli buyrug‘iga 1-ilova. 



2. Mustaqil ta’limni tashkil qilish va uni amalga oshirish kafedra yig‘ilishida 
muhokama qilinib, ma’qullanganligi; 
3. Mustaqil ta’limni tashkil qilish va mustaqil ta’lim uchun belgilangan 
mavzular fan dasturi va ishchi dasturda belgilangan tartibda ishlab chiqilib, 
tasdiqlanganligi; 
4. Mustaqil ta’lim uchun ajratilgan mavzular muayyan bir mavzuning biror 
qismini yoritib bergan holda umumiy tasavvur hosil qilish va ayni vaqtda bilim olish 
uchun yo‘naltirilganligi; 
5. Mustaqil ta’limni tashkil qilishda mavzular yuzasidan adabiyotlar 
(manbalar) ro‘yxatining oldindan talabalarga taqdim qilinishi; 
6. Mustaqil ta’limni tashkil qilishda aniq maqsadning belgilanganligi va 
rahbar (o‘qituvchi) tomonidan aniq topshiriqning qo‘yilishi. 
7. Mustaqil ta’limni tashkil qilish jarayonida mustaqil ta’lim mavzularini 
tayyorlash shakllarining avvaldan belgilab berilishi ((reja (oddiy yoki murakkab) 
asosidagi konspekt, tezislar, xronologiya, jadvallar va boshqa shakllarda yozma, 
og‘zaki yoki ijodiy ish (referat) tarzida)); 
8. Mustaqil ta’lim natijalarining rahbar (o‘qituvchi) tomonidan tekshirish 
jarayoni (shakllari) va uning baholanish tartiblari va ballar miqdorlarining talabalarga 
avvaldan taqdim qilinishi. 
Quyida sanab o‘tilgan shartlarning har birining alohida xususiyatlari haqida 
so‘z yuritamiz. 

Download 434.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling