O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti «ijtimoiy fanlar» kafedrasi


I.4. Mustaqil ta’lim mavzularining muayyan bir mavzuning biror qismini


Download 434.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/24
Sana06.10.2023
Hajmi434.76 Kb.
#1693456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
dinshunoslik fanidan mustaqil talimni tashkil etish

I.4. Mustaqil ta’lim mavzularining muayyan bir mavzuning biror qismini 
yoritib berish va bilim olish uchun yo‘naltirilganligi 
 
Mustaqil ta’lim uchun ajratilgan mavzular muayyan bir mavzuning biror qismini 
yoritib bergan holda umumiy tasavvur hosil qilish va ayni vaqtda bilim olish uchun 
yo‘naltirilganligi katta ahamiyatga ega holatdir. Birinchi bosqich talabalariga 
o‘qitiladigan «Dinshunoslik» fani eng qadimgi davrlardan hozirgi kunlargacha 
bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan bo‘lib, kurslar uchun belgilangan ma’ruza soatlarida 
tarixiy jarayonlarni to‘liq va batafsil ochib berish imkoniyati cheklangan. Garchi har 
bir mavzu yuzasidan ma’lum miqdorda ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari uchun 
soatlar ajratilgan bo‘lsada, talabalarning mazkur mavzular yuzasidan to‘liq va chuqur 
bilim olishlari uchun to‘g‘ri tashkil qilingan mustaqil ta’lim juda katta samara beradi. 
Bunda o‘tilayotgan har bir mavzuning aynan qaysi qismini mustaqil ta’lim uchun 
ajratish va uni qay tariqa tashkil qilish muayyan bir mavzuning talabalar tomonidan 
har tomonlama va batafsil holda o‘rganish, xulosalar chiqarish, tasavvurga va bilimga 
ega bo‘lishi uchun zamin bo‘ladi.
Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish kerakki, ayrim iqtidorli va ilmiy tadqiqotlar qilish 
malakasini ma’lum darajada shakllantirgan talabalarga aniq bir muammoga 
yo‘naltirilgan mavzularni mustaqil ish (yoki ilmiy tadqiqot ishi) sifatida berish 
malakali mutaxassislarni tayyorlashda beqiyos ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin va 
eng ahamiyatli tomoni, bunday ishlar mustaqil ta’lim tarzida, rahbar (o‘qituvchi) 
tomonidan ko‘rsatilgan tavsiyalar yordamida amalga oshiriladi, ayni vaqtda talabada 
tadqiqot malakasini shakllantirishga yordam beradi. 
 
I.5. Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etish 
Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etishda quyidagi jihatlarga alohida 
e’tibor berish talab etiladi: 
-tizimli yondashish; 
-barcha bosqichlarni muvofiqlashtirish va uzviylashtirish; 


11 
-bajarilishi ustida qat’iy nazorat o‘rnatish; 
-tashkil etish va nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirib borish zarur. 
Mustaqil ish topshiriqlarini muvaffaqiyatli yakunlash uchun quyidagi talablar 
bajarilishi lozim: 
-maqsad, bilimni mustahkamlash, yangi bilimlar o‘zlashtirish, faollikni oshirish, 
amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish aniq asoslanishi; 
-vazifa va topshiriqlarning aniq va ravshan belgilanishi; 
-topshiriqlarni bajarish algoritmi va metodlaridan talabalarning etarli darajada 
xabardor bo‘lishi; 
-maslaxat va boshqa yordam turlarining to‘g‘ri belgilanishi (yo‘llanma va 
ko‘rsatma berish, mavzuning mazmuni va mohiyatini tushuntirish, muammoli 
topshiriqlarni bajarish usullari bo‘yicha tushuncha berish, ayrim muammoli holatlarni 
birgalikda hal qilish); 
-hisobot shakli va baholash mezonini aniq belgilash; 
-nazorat vaqti, shakli va turlarini aniq belgilab olish (amaliy seminar, 
laboratoriya mashg‘ulotlari, maslahat uchun yoki nazorat uchun maxsus ajratilgan 
vaqt, ma’ruza yoki referat matni, bajarilgan topshiriqlar daftari, nazorat ishlari, uy 
vazifasi daftari, kurs ishlari, test, maqola, nostandart topshiriqlar, savollar, maqola, 
ko‘rgazmali jihozlar va ijodiy ishlar, savol-javob, bajarilgan ish mazmuni va 
mohiyatini tushuntirib berish, yozma shaklda bayon qilish). 

Download 434.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling