O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti «ijtimoiy fanlar» kafedrasi


II.1. Adabiyotlarni mustaqil o‘qishda etibor berish kerak bo‘lgan jihatlar


Download 434.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/24
Sana06.10.2023
Hajmi434.76 Kb.
#1693456
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
dinshunoslik fanidan mustaqil talimni tashkil etish

 
II.1. Adabiyotlarni mustaqil o‘qishda etibor berish kerak bo‘lgan jihatlar 
Manbani, ya’ni kitobni mustaqil o‘rganish uchun o‘qish madaniyatini chuqur 
egallash kerak. O‘qish madaniyati nima? Bu avvalo ko‘plab kitoblar ichidan kerakli 
materialni topa bilish, ilg‘ab olish va kitobning mazmunini chuqur tushunish, uning 
qimmatli, tarixiy, ilmiy tomonlargiga etiborni qaratish, ustalik bilan ayrim yozuvlar 
qilish, reja asosida konspekt tuzish, referat yozish demakdir. 
Manbani o‘qishda faqat u yoki bu kitobni o‘qib, tor doiradagi bilimga ega 
bo‘lib qolish bilan kifoyalanmay, balki har bir ishda bo‘lganidek, bu erda ham qunt 
bilan aqliy mehnat qilish juda ham zarur.
Manbalarni o‘rganishda uchraydigan nomalum ilmiy tushunchalar, siyosiy 
terminlar, chet el so‘zlarini tushunish uchun u yoki bu kitob yozilgan davr haqida 
yaxshi tushunchaga ega bo‘lib, uni tahlil eta oladigan mustaqil fikrga ega bo‘lish 
talab etiladi. 


16 
Qanday qilib notanish kitobni o‘qish usuli va maqsadni oldindan aniqlash 
mumkin? Ko‘p hollarda talabani bu ishga ma’ruza va amaliy mashg‘ulot darslarini 
olib boruvchi o‘qituvchi yo‘naltiradi. Ma’ruza yoki amaliy mashg‘ulot jarayonida 
tavsiya etilgan kitoblar yoki manbalar to‘g‘risida qisqa tushuncha beradi. Agar 
malum masala bo‘yicha kitobni mustaqil tanlab olish zarur bo‘lib qolsa, uni 
o‘qishdan oldin zarur yoki zarur emasligini muqovasi, so‘zboshi, so‘ngi so‘z, 
mundarija va qisqa annotatsiyasi bilan tanishish orqali bilish mumkin bo‘ladi. 
Mustaqil o‘qishda reja tuzish, tezis shaklida yozish yo‘llari ham bo‘lib, unda 
asosiy fikr nihoyatda qisqa shaklda beriladi yoki manbaning asosiy mazmuni ifoda 
etiladi. Konspekt qilish ham mustaqil ishlashning muhim usullaridan biridir. 
Konspekt qisqacha yoki keng bo‘lib, kitob butunlay o‘qib chiqilgan yoki uni 
bo‘limlar bo‘yicha o‘qish orqali tuzilishi mumkin. Konspektda hosil qilingan 
tushunchani yozib borgan ma’qul. Ayrim qoida, xulosa, raqam, nom, yillar bundan 
mustasno albatta. 
Shuni aytish kerakki, o‘qituvchi ma’ruza, amaliy mashg‘ulot va mustaqil 
ishlarni tashkil qilish va uni nazorat etish jarayonida, ilg‘or, iqtidorli talabalar bilan 
ishlashni yuqori saviyaga ko‘tarmog‘i lozim. Kafedradagi navbatchilik kunlarida, 
talabalar bilan o‘tkaziladigan suhbat, maslahat darslarida har bir talabada mustaqil 
ishlash, erkin fikrlash tuyg‘usini shakllantirishi, ilmiy muloqotda, munozarada 
qatnashish, muayyan mavzu bo‘yicha mustaqil ishlash ko‘nikmalarini kamol 
toptirishi hozirgi zamon talabidir. Shundagina talabalarning mustaqil ishlash faoliyati 
ko‘zlangan maqsadga muvofiq bo‘ladi. 

Download 434.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling