9
“Dinshunoslik” fani barcha ta’lim yo‘nalishi namunaviy va ishchi o‘quv
rejasi bo‘yicha nomutaxassis yunalishidagi fakultetlarning
I bosqich talabalariga
o‘tilishi belgilab qo‘yilgan.
I.2. Mustaqil ta’limni tashkil qilish va uni amalga oshirishning kafedra
yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi
Mustaqil ta’limni tashkil qilish va uni amalga oshirish kafedra yig‘ilishida ko‘rib
chiqilib, ma’qullanishi uchun quyidagilar bajarilishi zarurdir:
– Mustaqil ta’lim uchun fan dasturida tavsiya qilingan mavzular aniqlanishi
(bankining yaratilishi);
– Mustaqil ta’lim uchun belgilangan mavzularning ishchi o‘quv dasturida soatlar
bilan ta’minlanishi (ishchi o‘quv rejaga asoslangan holda);
– Kafedra uslubiy yig‘ilishigacha kamida ikkita professor-o‘qituvchi tomonidan
tahlil qilinishi (mavzularning fan (kurs) mavzulari
doirasiga tegishliligi, soatlar
miqdorining
mos kelishi, mavzularning qo‘yilishi va talabalar bilimini boyitishi
uchun ahamiyatliligi va boshqalar) va yig‘ilish muhokamasi
jarayonida tegishli
xulosalar berilishi;
– Kafedra yig‘ilishida ma’qullangandan so‘nggina ishchi dasturga kiritilishi va
belgilangan tartibda tasdiqlangandan so‘ng talabalarga taqdim qilinishi mumkin.
I.3. Mustaqil ta’limni tashkil qilishning fan dasturi va ishchi dasturga
mosligi
Mustaqil ta’limni tashkil qilish va mustaqil ta’lim uchun belgilangan mavzular
fan dasturi va ishchi dasturda belgilangan tartibda ishlab
chiqilishi zaruriy holat
bo‘lib, bunda mustaqil ta’limni amalga oshirish va uning bajarilishi uchun
belgilangan holatlar hamda tavsiyalar namunaviy
dasturda umumiy holda, ishchi
dasturda esa batafsil holda ko‘rsatib berilishi, ishchi dasturda mustaqil ta’lim uchun
belgilangan mavzularning umumiy ro‘yxati hamda adabiyotlar (manbalar) ro‘yxati
berilgan bo‘lishi lozim.