Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Download 4.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/301
Sana15.10.2023
Hajmi4.46 Mb.
#1704021
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   301
Bog'liq
Strategik menejment Raxmatullayeva 2018 @iqtisodchi kutubxonasi

Nazorat savollari: 
1. Sug’urta xizmatlari faoliyati deganda nimani tushunasiz?
2. Sug’urta xizmatlari faoliyatining hozirgi kundagi axvoli qanday ? 
3. Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish yo’llari? 
4. Broker qanday faoliyat olib boradi ?
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada 
isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2007 apreldagi PQ-618-
son Qarori bo’yicha qanday ishlar amalga oshirildi.
Tayanch so’z va iboralar: 
Broker, qimmatli qog‘ozlar bozori, sug‘urtalovchi , sug‘urta brokeri, buxgalter.


189 
14-MAVZU. KORXONA VA AXOLIGA KO’RSATILADIGAN 
XIZMATLAR MENEJMENTI STRATEGIYASI 
 
Reja: 
1. Servisni tashkillashtirishni tarmoqli turi 
2. Servis sohasidagi korxonalar turlari 
3. Iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish jarayoni 
4. Xizmat ko‘rsatish shakllari 
1. Servisni tashkillashtirishni tarmoqli turi 
Servisni, xususan uni ijtimoiy va madaniy turlarini rivojlantirishda, jamiyat 
to‘liq tijoratlashtirishni va davlat tomonidan ma’muriy majburlashni chetlab 
o‘tishiga harakat qiladi. 
Hukumatni davlat va regional organlariga servis biznesini iste’molchi va ishlab
chiqaruvchilarini bozor jarayonlarida teng imkoniyatli ishtirokini ta’minlovchi 
ijtimoiy – huquqiy mexanizmlarini rivojlantirish imkoniyati yuklatiladi. Bunday 
mexnanizmlar turli resurslarni foydali va zarar bilan ishlovchi servis faoliyati
segmentlari o‘rtasida, past narxlari ishlab chiqarish xarajatlarini qoplay olmaydigan 
tijorat strukturalariga (turar – joy, komunal xo‘jaligi, transport darsliklarni nashr 
etish va sotish va boshqalar) subsidiya ajratish yo‘li bilan qayta taqsimlash imkonini 
beradi. 
Monopolizi zarar keltiruvchi joylarda (savdo, umumiy ovqatlanish va 
boshqalar) yo‘qotiladi, jamiyat uchun muhim bo‘lgan monopol strukturalar 
(elektroenergetika kompaniyalari, transportchilar xizmatlari va boshqalar) esa 
qo‘llab – quvvatlab turiladi. Ko‘pgina mamlakatlarda davlat iste’molchi uchun tekin 
jamiyat xizmatlarini bajaruvchi notijorat tashkilotlari (oliygohlar, tibbiy 
sog‘lomlashtirish markazlari, madaniy tashkilotlar ishi) faoliyatiga faol aralashadi. 
Hozirgi zamonaviy xizmatlar o‘zgarayotgan hayot sharoitiga nisbatan 
egiluvchan bo‘lib, iste’molchilar so‘roviga elastik moslashish strategiyasiga ega. 
Bunga bu sohadagi biznesni qo‘yidagi xususiyatlari ko‘maklashadi: 

kapital va investitsiyani yuqori aylanuvchanlik tezligi; 

nisbatan qisqa ishlab chiqarish sikllari; 

yangi ishni tashkillashtirish uchun unchalik ko‘p bo‘lmagan boshlang‘ich 
kapitalni zarurligi; 

servisni ko‘pgina sohalaridagi biznesni nisbatan yuqori foydaliligi. 
Hozirda servis faoliyati nafaqat birinchi va ikkinchi sektorlarda paydo
bo‘layotgan ko‘pgina innovatsiyalarni moslashtirib oladi va balkim iqtisodiy va 
ijtimoiy amaliyotni barcha sohalarini faollashtiruvchi innovatsiyalarni ishlab 
chiqaruvchisi ham hisoblanadi. 


190 
XX asrni 60 yillaridan keyin tadbirkorlik tarmoqlari keng rivojlana boshladi. 
Firmalararo tadbirkorlik tarmoqlari deganda, ma’lum sonli mustaqil firmalar 
o‘rtasidagi munosabatlar to‘plami tushuniladi, ular shu firmalar tomonidan ishlab 
chiqiladi va ularga o‘z biznesini umumiy jihatlarini o‘ziga xos tarzda rostlash 
imkonini beradi. Bunda firmalararo bog‘liqlik, bu firmalarni bir butun integrallashgan
tashkilotga birlashuvidan va o‘z faoliyatini xaotik muvofiqlashtirishdan farq qiladi. 
Bu tarmoqlarda shu davlatda amal qilayotgan qonunlarga asoslangan ko‘pgina ichki 
qoidalar va erkin holda qabul qilingan majburiyatlar ishlab chiqiladi. 
Tarmoqga birlashgan firmalar o‘zaro kelishilgan holda raqobat jangini bir butun 
sohasi sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Tarmoq sheriklarni ko‘pgina faoliyat 
sohalarida erkinlik beradi va ayni shu vaqtda nazoratga ajratilgan xarajatlarni 
kamaytiradi. Tashkillashtirishni tarmoqli shakli turli resurslarni tejamkorona 
sarflanishiga olib keladi. 
Tarmoqlarga asoslangan tashkillashtirish shakliga o‘tishda quyidagi omillar 
hisobga olinadi: 

nou – xau va tashkiliy egiluvchanlikga bo‘lgan yuqori talab; 

bozor noananiqligini pasaytirish zaruriyati; 

yuqori texnologiyali sanoat bazasini rivojlantirish muhimligi; 

ijtimoiy va madaniy tipdagi turli tuman ishchilarni boshqarish zaruriyati. 
Firmalararo tarmoqlarni quyidagi turlari mavjud: 

qo‘shma korxona; 

franchayzing; 

konsoritsium; 

komersiyali tijoratli kelishuv; 

subpodryadlar bo‘yicha ishlar bajarish;

personal tarmoqlar. 
Tadbirkorlik tarmoqlariga qo‘yidagi konstruktiv sifatlar xos: 

dinamizm – o‘zgarayotgan vaziyatga moslasha olish

ko‘p o‘lchovlilik – turli faoliyat strategiyasi uchun muhit yaratish; 

yashovchanlik, tarmoqlarni uni bir qismi buzilganda ham o‘z-o‘zini rostlay 
olishi. 
Zamonaviy iqtisodiy amaliyotda tadbirkorlik tarmoqlarini, intensiv rivojlanishi 
turli masshtabdagi mustaqil firmalarni yo‘qolib ketishini anglatmaydi. Hozirgi paytda 
juda katta va katta servis korxonalari mayda biznes, jumladan juda mayda firmalar 
bilan birlashini afzal ko‘rishadi. 

Download 4.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling