Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Download 4.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/301
Sana15.10.2023
Hajmi4.46 Mb.
#1704021
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   301
Bog'liq
Strategik menejment Raxmatullayeva 2018 @iqtisodchi kutubxonasi

8.4. Xizmat ko‘rsatish shakllari 
Xizmat ko‘rsatish shakllari deyilganda, aniq servis operatsiyalari yig‘masi va 
iste’molchi uchun ne’matlardan iborat bo‘lgan xizmatlarni taqdim etish usuli 
tushuniladi. Birgina xizmat turi doirasida turli xizmat ko‘rsatish shakllari jalb 
qilinishi mumkin, ular mijozlar qulayligi uchun xizmat ko‘rsatish jarayonini 
iste’molchi talablari bilan yaqinlashtirish uchun ishlab chiqiladi. 
Servis faoliyatini turli segment va yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatishni o‘z 
an’anaviy yo‘nalishlari shakllanmoqda. Shu bilan birgalikda servisni jadal 
rivojlanishi xizmat ko‘rsatishni yangi shakl va tiplarini joriy etishga 
ko‘maklashmoqda. Masalan, mehmonxona qoshidagi umumiy ovqatlanish 
punktlarida an’anaviy tarzda mijozlar uchun turli-tuman ovqatlar tayyorlash, ularni 
uy oshxonasida tayyorlangan taomlarga yaqinlashtirishga intilishadi. Dunyo 
mehmonxonalarini bufet va restoranlarida mijozlarga xonalarda xizmat ko‘rsatish, 
shuningdek, bufetlarda esa mehmonlar stolni erkin aylanib o‘tib birdaniga ko‘p 
taomlarni tatib ko‘rishi mumkinligini nazarda tutuvchi “shved stoli” tamoyili 
bo‘yicha xizmat ko‘rsatish keng tarqalgan. 
Restoranlarda bayramlarni, oilaviy bazmlarni o‘tkazish va boshqalar boshqacha 
xizmat ko‘rsatish tartibini taqozo etadi. Bu holda, avvalo tashrif buyurganlarni barcha 
hohishlarini bajara turib bayramona muhitni saqlashga intilishadi. Rasmiy banket 
kabi tadbirlarda yoki se’zd, kongress, majlis ishtirokchilariga xizmat ko‘rsatish 
jarayonlarida boshqacha texnologik usullar qo‘llaniladiki, bunda tez xizmat ko‘rsatish 
ommaviy shakllariga katta e’tibor qaratiladi. 
Eskirgan va zamonaviy (yoki progressiv) xizmat ko‘rsatish shakllari farqlanadi. 
Quyida turli mamlakatlarda va bizni mamlakatimizdagi asosan iste’mol servisida 
foydalaniladigan qator zamonaviy shakllarini ko‘rib chiqamiz. 
Abonementli xizmat ko‘rsatish ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasida 
shartnoma tuzilishi bilan bog‘liq bo‘lib, bunga ko‘ra doimiy ravishda unchalik katta 
bo‘lmagan to‘lovlar o‘tkazib turilganda, iste’molchiga tezkor xizmat olish, rejali 
profilaktik protseduralarni o‘tkazish huquqi beriladi. Bunday xizmat ko‘rsatish shakli 
maishiy texnikani ta’mirlashda, hammom – yuvish korxonalari, sartaroshxona va 
boshqa xizmatlarida keng foydalaniladi. 

Download 4.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling