Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Diversiyalangan firmaning strategiyasini aniqlash


Download 4.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/301
Sana15.10.2023
Hajmi4.46 Mb.
#1704021
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   301
Bog'liq
Strategik menejment Raxmatullayeva 2018 @iqtisodchi kutubxonasi

8.4. Diversiyalangan firmaning strategiyasini aniqlash. 
Diversiyalangan kompaniya strategiyasini baxolashdagi asosiy masala, u kirib 
borayotgan tarmokning jozibalilik masalasi xisoblanadi. Tarmok kanchalik jozibali 
bulsa, firma oldida foyda olishning shunchalik yaxshi uzok muddatli istikbollari 
ochiladi. Tarmokning jozibadorligini uchta yunalish buyicha baxolash mumkin: 
1. Portfeldagi xar bir tarmokning jozibadorligi. Bunda kuyidagi savol urinli 
buladi: «Bu tarmok kompaniya va unda ishlashi uchun etarli darajada yaxshimi?» 
Kompaniyaga uz mablagini kuygan xar bir tarmok jozibalilik darajasi buyicha test 
sinovidan utishi mumkin. 
2. Xar bir tarmokning boshkalarga nisbatan jozibadorligi. 
Bu xolda javob berilishi kerak bulgan savol, « Portfelning kaysi tarmogi 
jozibalirok, kaysi biri jozibasizrok?» Tarmoklarni shu kursatkich buyicha turlarga 
bulish korporatsiya resurslarini joylashtirish tugrisida karor kabul kilish uchun 
dastlabki sharoit xisoblanadi. 
3. Barcha tarmoklarning yagona gurux sifatidagi jozibadorligi. Bunda kuyidagi 
savol kuyiladi: «Tarmoklar yigindisi kanchalar jozibali ?» Daromadlarning va foydasi
asosan 
jozibasiz 
tarmoklardagi 
faoliyat 
turlari 
xisobiga 
shakllanayotgan 
kompaniyalar, balki uzining ishbop faollik portfelini kayta tarkiblash masalasini 
kurib chikishi zarur buladi. 
Diversifikatsiyalangan kompaniyalarning kupchiligini amalda quyidagicha 
tasniflash mumkin: 
- bog’liq va bog’liq bulmagan biznesning kamroq tabaqalangan qismi bilan 
asosiy biznes bilan savdo xajmi buyicha tadbirkorlik qilish (korporatsiyaning tuliq 
savdo xajmining taxminan uchdan bir yoki undan kamroq); 


106 
- bog’liq urta korxonalarning kamroq miqdori (2-5ta) bilan tor diversiyalangan 
tadbirkorlik; 
- kuplab bog’liq urta korxonalar bilan qat’iy tabaqalangan xolda ish olib borish
- bog’liq bulmagan tarmoqlarda bir necha urta korxonalar bilan tor 
diversiyalangan xolda ish olib borish; 
- kupgina bog’liq bulmagan soxalarda kuplab urta korxonalar bilan qat’iy 
differentsiyalangan xolda ish olib borish; 
- bog’liq bulmagan tarmoqlardagi kuplab urta korxonalar bilan ishlash (biroq xar 
bir soxadagi urta korxonalar guruxlarga birlashtirilgan); 
Korporatsiya tomonidan qabul qilingan strategiyani baxolash quyidagi 
bosqichlarni uz ichiga olishi lozim: 
- mavjud strategiyani identifikatsiyalash; 
- urta korxonalar portfelini taxlil qilish uchun uning bir yoki bir necha 
matritsasini yasash; 
- xar bir urta korxonaning uzoq muddatli jalb qiluvchanligini baxolash va 
taqqoslash; 
- ularning qaysi biri tarmoqdagi sharoitlarga eng yaxshi mos kelishini aniqlash 
maqsadida kompaniyaning xar bir urta korxonasidagi raqobat kuchini baxolash va 
taqqoslash; 
- urta korxonalarni ularning faoliyat tarixi (evolyutsiya bosqichlari) va 
istiqbollari buyicha saralash
- xar bir urta korxonani korporativ strategiyaga mos kelishi jixatidan baxolash 
va ularning korporatsiya uchun nisbiy strategik axamiyatini aniqlash; 
- urta korxonalarni yangi investitsiya uchun imtiyozlari buyicha saralash, xar bir 
urta korxona uchun asosiy taraqqiyot va strategik yunalishlarni belgilash (agresiv 
rivojlanish, erishilgan yutuqlarni ximoyalash, «echintirish», «xosilni yig’ib olish», 
tugatish); 

korporatsiyadagi 
umumiy 
diversifikatsiya 
xolatini 
aniqlash 
(urta 
korxonalardagi savdo xajmlarining nisbati, korporatsiya buyicha, ulardagi joriy 
daromad buyicha); 
- diversifikatsiya bazasini kengaytirish yoki qisqartirishning korporatsiya uchun 
axamiyatini baxolash; 
- bog’liq va bog’liq bulmagan urta korxonalarning firma portfelidagi nisbatini 
baxolash; 
- korporatsiyaning milliy miqyosdagi va biznesni baynalmilallashtirishdagi 
rivojlanish tendentsiyalari; 
- asosiy urta korxonalar va biznesdagi mavjud pozitsiyalarni kuchaytirish 
buyicha sunggi hatti-harakatlarning natijalari; 
- portfelni yangi urta korxonalar bilan tuldirish buyicha hatti-harakatlar; 


107 
- zaif va bush urta korxonalarni qisqartirish
- urta korxonalardagi investitsiyalarning nisbatini baxolash; 
- strategik maqsadlarni amalga oshirish va raqobatli ustunliklarni ustirish 
buyicha korporatsiyani boshqarish samaradorligini baxolash; 
Taxlil natijasida ushbu yunalishlar buyicha quyidagi savollarga javob topish 
lozim: 
- firmaning portfelida kerakli urta korxonalar bormi? 
- portfelda daromadli urta korxonalar soni etarlimi? 
- rivojlanayotgan va sunib borayotgan urta korxonalar urtasida muvozanat 
bormi? 
- «rivojlanayotgan g’oliblar»ni va «suroq belgilari»ni moliyaviy ta’minlash 
uchun «daromad ishlab chiqaruvchi»lar etarlimi? 
- kompaniyaning asosiy biznesi etarlicha daromadli va istiqbollimi yoki u 
«sog’in sigir»mi? 
- firmaga shuncha urta korxona xaqiqatdan ham kerakmi yoki ularni qisqartirish 
kerakmi? 
- firmada korporatsiya miqyosida katta ulushga ega bulgan tarmoq peshqadami 
bormi yoki firma urtacha-zaif pozitsiyalardagi kuplab urta korxonalardan iboratmi? 
- korporatsiyaning umumiy pozitsiyasini yaxshilash uchun qaysi urta korxona 
faoliyatini tugatish kerak? 

Download 4.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling