Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Korporativ strategiyani ishlab chiqish


Download 4.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/301
Sana15.10.2023
Hajmi4.46 Mb.
#1704021
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   301
Bog'liq
Strategik menejment Raxmatullayeva 2018 @iqtisodchi kutubxonasi

 
8.5. Korporativ strategiyani ishlab chiqish. 
Strategik muvofiklikning taxlili . 
Bu taxliliy kadamning mazmuni, xar bir urta korxonalar kompaniyaning 
umumiy biznes manzarisiga kanchalik yaxshi mos tushadi. Mos kelishiga nuktai 
nazardan kurilishi kerak: 
1. xujalik kismi kompaniya diversiya kilayotgan boshka faoliyat turlari bilan 
kimmatli strategik moslashuvga egami? 
2. biznes birlik kompaniya strategiyasiga kushilib keta oladimi yoki xujalik 
portfeliga foydali kushimcha buladimi. Agar biznes kushma faoliyat, rakobat 
ustunligini kuchaytiruvchi maxorat va tovar markasini uikazish imkoniyatlariga ega 
bulsa, xamda kompaniya rivojlanishi umumiy yunalishiga mos kelsa, strategik 
jixatdan yanada jonlirok buladi. Agar biznes korporatsiyaning ma’lum maksadlariga 
erishishiga sezilarli xissa kushsa, xamda kompaniyaning umumiy daromadini sezilarli 
oshirsa, u moliyaviy jixatdan kimmatli buladi. Foyda olish nuktai nazaridan 
istikbolsiz bulgan biznes birliklar kabi umumiy biznes manzaraga mos kelmaydigan 
xujalik kismlari xam korporatsiya faoliyat doirasidan chikarilishiga nomzod 
xisoblanadi. 


108 
Strategik muvofiqlik taxlil diversiyalangan kompaniya faoliyatini yaxshilash 
buyicha strategik kadamlarni ishlab chikish uchun zamin yaratadi. Nima kilmok 
kerakligi tugrisida asosiy xulosa portfeldagi faoliyat turlari yigindisiga tegishli 
xulosalarga boglik. 
Xujalik portfelida juda xam jozibali tarmoklarda faoliyat kursatayotgan biznes 
birliklar etarlimi? 
Ishbop faollik portfelida xayotiy tsikl oxirgi boskichida bulgan xujalik kismlari 
yoki «Surov belgili» kompaniyalar juda xam kup emasmi? 
Etuklik va tushkunlik boskichida bulgan xujalik kismlari urtasida 
nomutanosiblik (disproportsiya) lar yukmi? Agar mavjud bulsa, kompaniyani usishini 
sekinlashtiradigan darajada katta emasmi? 
«Yulduzlar»ni va yangi paydo bulayotgan goliblarni moliyalash uchun firmada 
«Sogin sigirlar» etarlimi? 
Xujalik portfeli mavsumiy yoki buronli tebranishlarga moyil emasmi? 
Bu kabi savollarga javoblar korporativ strategiya mualliflari faoliyatining ba’zi 
turlaridan kechish, yangi xaridorlar yoki xujalik portfelini kayta tarkiblash xakida 
uylab kurishlari kerakmi yoki yukmi ekanligini kursatadi. 
Mavjud faoliyat turlari bilan firmaning maksadlariga erishish imkoniyatlari 
diversiyalangan kompaniya xujalik portfelini strategik va moliyaviy jixatdan jozibali 
ekanligini yaxshi mezoni bulib xisoblanadi. Bunday xolda korporativ strategiya 
sezilarli uzgarishlar talab etmaydi. Lekin ba’zi bir maksadlarga erishib bulmaslik 
extimoli bulsa, korporativ strategiya mualliflari bunday nomuvofiklikni tugatish 
uchun ba’zi bir chora-tadbirlarni amalga oshirishi mumkin: 
1.Ishbop faollik portfelidagi ba’zi biznes birliklarning strategik rejalarini 
uzgartirish. 
2.Ishbop faollik portfeliga yangi xujalik kismlarini kushish. 
3.Zaif va zaraga ishlayotgan biznes birliklaridan voz kechish. 
4.Faoliyatning past natijalarining sababi bulib xisoblangan sharoitlarni 
uzgartirishga urinish sifatida alyans tashkil etish. 
5.Korporatsiya maksadlarini kayta kurib chikish (faoliyatning ancha kamtarona 
natijalariga yul tutish) 
Diversiyalangan kompaniyalarning ishbop faolligi portfeliga kiruvchi xujalik 
kismlari faoliyatida yukori natijalarga erishish uchun, korporatsiya menejerlari 
mavjud resurslarni samarali taksimlashlari lozim. Ular resurslarni past imkoniyatli 
soxalardan yukori imkoniyatli soxalarga yunaltirishlari kerak buladi. 
Korporatsiya portfelining eng yaxshi varianti uning urta korxonalar tomonidan 
yuhqori darajada jalb qiluvchanligidir. Portfeldagi mutanosiblikning turli variantlari 
va ularni bartaraf qilish usullari yuqorida kurib utildi. Xatti-xarakatlar rejasini ishlab 
chiqishdagi (uzgarish kiritishdagi) yakuniy bosqich raqobatli potentsialning asosini 


109 
tashkil 
qiluvchi 
urta 
korxonalar 
o’rtasidagi 
uzaro 
munosabatlarning 
muvofiqlashtirilishini ta’minlashdir. 
Bunday muvofiqlashtirishning quyidagi yullarini kursatib utish mumkin: 

firmaning qiymat zanjiridagi bog’liq faollikni ajratib kursatish 
(markazlashmagan xaridlar, xamkorlikdagi ITTKI, ishlab chiqarishni tuliq yoki 
qisman integratsiyalash, dilerlik tarmog’ini integratsiyalash va savdoni tashkil qilish); 

firmaning iste’molchilarga, ta’minotga, taqsimot kanallariga va 
raqobatchilarga qarshi mudofaa yoki xujum frontini tashkil qilishga yondashuvidagi 
kuchli tomonlarini mustahkamlash maqsadida urta korxonalar bilan bog’liq 
strategiyalarni muvofiqlashtirish; 
- korporatsiyalar bosqichida raqobat kurashidagi xatti-xarakatlarning yagona 
strategik rejasini ifodalash; 
- urta korxonalar urtasida uzaro munosabatni tashkil qilish, «nou-xau»larni, ilgor 
texnologiyani berish va tajriba almashish uchun komitetlar va loyixa guruxlarini 
barpo etish; 
- strategik uzaro munosabatlarni mustaxkamlash, mavjud biznesning qiymat 
zanjirida yutuqqa erishish uchun yangi biznes tomon diversiyalanish; 
- strategik uzaro munosabatlarning asosiy kontseptsiyasiga mos kelmaydigan va 
muvofiqlashtirish qiyin bulgan urta korxonalarni qisqartirish; 
- boshqaruvchi urta korxonalarni korporatsiyaning strategik potentsialini 
ruyobga chiqarish manfaatlarida xamkorlikda ishlashga undash. 

Download 4.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling