O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti saidov Shavkat Jumaboyevich


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/34
Sana17.10.2023
Hajmi3 Mb.
#1706035
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34
Bog'liq
6cb21ceb5da1dbf9119022f8b24979e4 Markaziy Osiyo xakqlari tqrixi

Tayanch tushunchalar: Makedoniya, Filipp II, Aristotel, Doro III, 
Granik, Iss, Gavgamel, falangga, Bobil, Baqtriya, Iskandar saltanati. 
Savol va topshiriqlar: 
1. Makedoniyalik Iskandar saltanatining tashkil topishi haqida gapirib 
bering. 
2. Iskandar hokimiyat tepasiga qay tarzda keldi?
3. Makedoniyalik Iskandarning harbiy yurishlari haqida nimalarni bilasiz? 
4. Iskandar saltanati nega parchalanib ketdi? 


55 
2.6. Iskandarning Markaziy Osiyoga yurishlari 
O’quv maqsadi: Iskandarga qarshi Markaziy Osiyo xalqlarning ozodlik 
kurashi, so‟g‟d xalqining Spitamen boshchiligida bosqinchilarga qarshi 
olib borgan ozodlik kurashi, Iskandarning Markaziy Osiyoni bo‟y-
sundirishi va uning oqibatlari haqida talabalarga tushuncha berish, tarixiy 
davr haqida tasavvur hosil qilish va muayyan ko‟nikmalar shakllanishiga 
erishish. 
Iskandar Ahamoniylar saltanatining markaziy hududlarini egallab, zafarli 
yurishini Sharqqa qarab davom ettiradi. Olingi mavzuda aytib 
o‗tganimizdek, Doro III yaqin qarindoshi Bess tomonidan o‗ldiriladi. 
Baqtriyaning sobiq satrapi Bess ahamoniylar xonodoniga qarindoshligidan 
foydalanib o‗zini shoh deb e‘lon qiladi va Artakserks nomini qabul qiladi. 
Ammo Iskandarning shiddatli hujumlariga qarshi jiddiy qarshilik ko‗rsata 
olmaydi. Bu vaqtda Bess-Artakserks So‗g‗diyona ichkarisiga qarab ketadi, 
ammo yangi podshoni xoinligini bilgan Spitamen, Arimaz, Avstan va 
Datafern kabi so‗g‗diy sarkardalar unga qarshi bosh ko‗taradilar. Iskandar 
bundan xabardor bo‗lib, sxoshilinch ravishda lashkarboshi Ptolemeyni 
Nautakaga yuboradi. Arrianning aytishicha, Oksdan Nautakagacha o‗n 
kunlik yo‗l bo‗lgan,ammo bu masofani Ptolomey qo‗shinlari to‗rt kun 
ichida bosib o‗tganlar. Soqchilar o‗zlari qo‗riqlab turgan Bessni maxsus 
joyga qoldirib, Spitamen tarafdorlari bilan birga makedoniyaliklar uchun 
noma‘lum bo‗lgan tomonga qarab ketadilar. 
Yo‗lboshchilar va jangchilarsiz qoldirilgan Nautaka hamda Marokanda 
shaharlarini Iskandar osonlik bilan qo‗lga kiritadi. Faqat Maroqanda 
atrofida joylashgan bosqinchilarga qarshilik ko‗rsatgan so‗g‗diylar uy-
qo‗rg‗onlari podsho buyrug‗iga binoan vayron qilinadi. Iskandar jangda 
o‗ta berahm edi. U Naukatdan chiqib Samarqandga yo‗l olar ekan, yo‗lda 
bir zamonlar Eron-Yunoniston urushlari davrida ko‗chirib keltirilgan 
miletlik branxit qabilasining avlodlariga duch keladi. Tarixchilardan Arrian 
va Kvint Kursiy Ruflarning xabar berishiga qaraganda, Iskandar va uning 
qo‗shinlari o‗z vatandoshi sifatida hursandchilik bilan kutib olishga chiq-
qan begunoh branxidlarni qirib tashlaydi va ularning shahar va qishloq-
larining kulini ko‗kka sovuradi.Yunonlar so‗ngra Samarqandni egallaydi. 
Iskandar u yerda kichik bir otryad qoldirib, o‗zi Sirdaryo tomon 
sxoshiladi.Iskandar Samarqandni egallagan paytda shahar, deyarli barcha 
adabiyotlarda yozilgan singari Marokanda deb atalmas edi. Bu nom Samar-
qandga Yunoniston tarixchilari berganlar. 
Iskandar Maroqanda shahrida o‗z harbiylarining bir qismini qoldirib, 
Iskandar Markaziy Osiyogayurishlarida birinchi bor Ustrushonada-


56 
Samarqand bilan Xo‗jand oralig‗ida tog‗liklar qarshiligiga uchraydi. Biroq 
Iskandar tog‗liklar bilan bo‗lgan jangda o‗ta shavqatsizlik qildi.Arrianning 
yozishicha,u 30 ming mahalliy aholidan 22 mingini qirib tashlaydi. 
Spitaman rahbarligida makedoniyalik bosqinchilarga qarshi xalq harakati 
boshlanib keldi. Bunga qadar Iskandarning rejalari boshqacha edi. Uning 
rejalari chippakka chiqdi. 
Sirdaryo etagidan uzoq bo‗lmagan nihoyada Kiropolis shahri qamal 
qilinadi. Shu davrda Yaksartning shimoliy qirg‗og‗ida saklar to‗planib, 
makedonlarga hujum qilmoqchi bo‗ladilar. Iskandar hozirgi Bekobod va 
Xo‗jand oralig‗ida Sirdaryodan kechib o‗tadi va qattiq jangdan so‗ng 
saklar qochishga majbur bo‗ladilar. Shu davrda kutilmaganda So‗g‗diyona-
dan xavotirli xabar keladi - Spitaman boshchiligida makedoniyaliklarga 
qarshi qo‗zg‗alon boshlanadi va Marokandadagi Iskandarning harbiy 
qismlari qamal kilinadi. 
Qo‗zg‗alonchilarni tor-mor qilish uchun Iskandar Farxun va Karan 
boshchiligidagi 
piyoda 
hamda 
otliq 
askarlarni 
Maroqandaga 
sxoshilinchjo‗natadi.Politimet-Zarafshon bo‗yidagi jangda Spitamen 
yunonlar ustidan talaba qozonadi, ikki mingdan ortiq makedoniyaliklar 
halok bo‗ladilar. Iskandar uchun bu juda ham katga mag‗lubiyat bo‗lib, 
Spitamanga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko‗rishni talab qiladi. 
Iskandar asosiy kuchlari bilan Maroqandaga yetib keladi, ammo Spitaman 
Quyi Qashqadaryo va keyinchalik Buxoro tomonga chekinadi. 
G‗azablangan Iskandar Maroqanda va hozirgi Buxoro shaharlari oralig‗i-
dagi 120 ming tinch aholini qirib tashlaydi. 
Saklarning qarishigini qaytarib turish maqsadida Sirdaryo sohilida 17 kun 
ichida mustahkam mudofaa devori bilan o‗ralgan qal‘a qurdiradi.Qal‘aga 
"Aleksandriya Esxata", ya‘ni "Olisdagi Aleksandriya" deb nom qo‗ydi va 
unga yunon ko‗shinlarini, kasallarni,yaradorlarni, bolalar va keksalarni 
joylashtiradi. 
Iskandar Samarqandda 3 ming lashkardan iborat ko‗shinni qoldirib, o‗zi 
Zariaspga qishlash uchun jo‗nab ketdi. Shunday qilib, milliy ozodlik 
kurashining birinchi bosqichi yakunlandi. Bularning barchasi miloddan 
avvalgi 329 yilning bahoridan to kuzigacha davom etadi. Qo‗zg‗olonchi-
larning asosini tub aholining o‗troq qismi tashkil qildi. Ko‗chmanchi saklar 
esa ularning keng ko‗lamda qo‗llab-quvvatladilar. 
Ko‗zg‗olonning ikkinchi bosqichi miloddan avvalgi 328 yilning qish 
faslida boshlanadi. Huddi shu vaqtda Iskandar Zariaspda Baqtriya eparx-
larining quriltoyini o‗tkazayotgan edi. Quriltoyda Bessni sud qilishdi. Bo-
sib olingan viloyatlarni qanday qilib boshqarish masalasi ham ko‗rildi. 
Iskandar g‗arbdan ko‗shin chaqirdi va Nearx boshchiligida yordamchi 


57 
kuchlar yetib keldi. Quriltoyga Yevropa skiflaridan Iskandar bilan harbiy 
ittifoq tuzish maqsadiga katta sovg‗a-salomlarbilan elchilar kelishdi. Ular 
Iskandarga skif malikasini xotinlikka taklif qilishdi. Katta sovg‗a-salomlar 
bilan do‗stlik aloqalarini o‗rnatish uchun qadimgi Xorazmdan 1500 otliq 
askarlar bilan elchilar ham kelishdi. Xorazm podsxosi Farasman elchilar 
orqali Iskandar rozi bo‗lsa, unga Qora dengiz bo‗yi skiflariga qarshi harbiy 
yurishlarida amaliy harbiy yordamga tayyor ekanligini izhor etadi. 
Iskandar quriltoyda mamlakatni boshqarishda satrapliklar tizimini 
qoldirishni ma‘qul topdi. Ammo satraplarning pul zabt etish va o‗z ixti-
yorlarida yollanma qo‗shin saqlashga haqqi yo‗q edi. 
Miloddan avvalgi 328 yilning bahorida Iskandar jangovor so‗g‗dliklarni 
batamom tislim etish uchun So‗g‗d yurtiga yana qo‗shin tortdi. Shuning 
uchun miloddan avvalgi 328 yil So‗g‗d xalqining Iskandarga qarshi faol 
kurashi tarixida Iskandar uchun keskin burilish yilibo‗ldi. Endi Iskandar 
avvalgidek mahalliy aholiga qahr-g‗azabini o‗ylanibroq sochadigan bo‗ldi. 
U endi mahalliy aholiga yaqinlashish, ular bilan til topish yo‗lini qidirdi. 
Shu maqsadda mahalliy aslzodalarni shoh saroyiga yaqinlashtirdi, o‗zi 
boshqalarga o‗rnak sifatida tub aholi urf-odatlari, xulq-atvorini 
o‗zlashtirishga kirishdi. Biroq uning bu harakati yunonlar orasida 
noroziliklarga olib keldi. Ammo Iskandar o‗z yo‗lidan qaytmadi. Kim unga 
ochiq norozilik qarshiligini ko‗rsatsa, boshini tanasidan judo etdi. Shu 
yo‗lda uning eng yaqin do‗sti, mohir lashkarboshi Klit va saroy tarix-
chilaridan Kallisfonlar qurbon bo‗ldilar. 
Miloddan avvalgi 327 yilning qishini Iskandar Nautakda o‗tkazdi. Bahorda 
esa So‗g‗d kal‘asini qo‗lga kiritishga otlandi. Bu qal‘ada baqtriyalik 
Oksiartning oilasi-xotini, bolalari va go‗zal qizi Roksana yashar edi. 
Yunon tarixchilarining yozishicha, Baqtriya va So‗g‗diyonadagi tog‗lar 
orasida 4 tajuda mustahkam qal‘alar joylashgan. Ular So‗g‗d, Sizimeta, 
Arimaza va Xorien deb atalgan.Ammo bu ma‘lumotlar mavjud qadimgi 
qal‘alar bilan solishtirilganda ularning faqat ikkitasini aniqlash mumkin 
bo‗lgan. 
Iskandar o‗zining qonxo‗r otryadlarini tog‗larda joylashgan ana shu qal‘alarni 
egallash uchun yubordi. Makedoniyalik Iskandarping ana shu yurishi So‗g‗d 
xalqi milliy ozodlik kurashining uchinchi boskichini tashkil etdi. 
Iskandar Roksana tufayli uning otasi Oksiartiing gunohlaridan o‗tib, unga 
yaxshi munosabatda bo‗ldi va uni Baqtriya satrapi etib tayinladi. Shundan 
so‗ng Iskandar Oksiart yordamida Xorien qoya qal‘asini egallash rejasini 
tuzdi. Bu qal‘ada Iskandarga muxolifatda bo‗lgan ko‗pgina mahalliy 
hokimlar, ularning oilalari joylashgan edi. Ular orasida eparx Xorien ham 
bo‗lib qal‘ani yunonlar uning nomi bilan atashgan. Xorien Iskandar elchisi 


58 
Oksiartdan barcha gapni eshitgach, darhol qarshiliksiz taslim bo‗lib qoldi. 
Shunday qilib, miloddan avvalgi 327 yilning yozida Iskandar Markaziy 
Osiyoni o‗ziga to‗liq bo‗ysundirib oldi. U mahalliy aslzodalardan Oropiya 
ismli kishini So‗g‗d podsxosi qilib tayinlab, tez kunda Hindikush orqali 
Hindistonga yurish boshlab yubordi. Diodarning xabariga ko‗ra, 
qo‗zg‗alonning birinchi bosqichida "Iskandar ko‗zg‗olon ko‗targan 
so‗g‗diylarni yengib, 120 ming aholini qirib yubordi", uning ikkinchi 
bosqichida "u baqtriyaliklarga jazo berib, so‗g‗diylarni qaytadan o‗ziga 
bo‗ysundirdi va joylarda qal‘alar barpo etdi" , ko‗zg‗alonning uchinchi 
bosqichida "qo‗zg‗alon ko‗targan so‗g‗diylarning tog‗larga qochib 
yashiringanlari asirlikka olindi". 
Shunday qilib,Markaziy Osiyo xalqlarining Spitamen boshliq milliy 
ozodlik kurashining uchinchi bosqichi Iskandarning Hisor tog‗laridagi 
baland qoyalar ustida kurilgan kal‘alarga yashiringan mahalliy aslzoda-
larga qarshi kurashi bilan yakunlandi. 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling