O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti saidov Shavkat Jumaboyevich
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
6cb21ceb5da1dbf9119022f8b24979e4 Markaziy Osiyo xakqlari tqrixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- III-bo‟lim: Ilk o‟rta asrlarda Markaziy Osiyo 3.1. Markaziy Osiyoda ilk feodal davlatlar. Kidariylar, xioniylar va sosoniylar O’quv maqsadi
Tayanch tushunchalar:Choch, Dovon, Parkana, numizmatika, Eloq.
Savol va topshiriqlar: 1. Ilk o„rta asrlarda Choch davlati iqtisodiy hayoti haqida nimalarni bilasiz ? 2. Eloq davlati madaniy hayoti xususida so„z yuriting. 3. Farg„ona davlati chetda qaysi davlatlar bilan aloqalar olib borgan ? 4. Qadimgi Choch va Farg„onada shaharlarning ahamiyati va mamlakat iqtisodiyotida tutgan o„rni. 92 93 III-bo‟lim: Ilk o‟rta asrlarda Markaziy Osiyo 3.1. Markaziy Osiyoda ilk feodal davlatlar. Kidariylar, xioniylar va sosoniylar O’quv maqsadi: Xalqlarning Buyuk ko‟chishi va unga sabab bo‟lgan omillar, uning oqibatlari, Markaziy Osiyo buyuk ko‟chish jarayonining asosiy o‟chog‟i sifatida, buyuk ko‟chish davri doirasiga daxldor xalqlar, elat va qabilalar, qadimgi sak-skif dunyosi, xunlar va ularning dunyo tarixida qoldirgan izlari haqida talabalarga batafsil, atroflicha ma‟lumot berish, tarixiy jarayonlar haqida ko‟nikmalar hosil qilish. Milodiy 3-4 asrlaga kelib qadimgi dunyoning buyuk davlatlari Qang‗ va Kushon ichki va tashqi sabablarga ko‗ra zaiflasha boshladi. Oqibatda yon atrofda dasht, tog‗ oldi hududlarda hayot kechirayotgan ko‗chmanchi qabi- lalarning o‗troq hududlarga bosqini yanada kuchaydi. Ko‗chmanchilarning o‗troqlashuv jarayoni ro‗y bera boshladi. Bu esa omilkor yerlarga bo‗lgan muhtojlikning yanada ortishiga olib keldi. Cho‗l, dasht, bo‗z yerlarni o‗z- lashtirishga ehtiyoj ortdi. Bu jarayon yangi sug‗orish tarmoqlarini ishga tushirish bilan bevlsita bog‗liq edi. Ariq va kanallarning qurilishiga qabila oqsoqollari, mulkdor tabaqalar rahbarlik qildilar. Ular o‗z nufuzidan foy- dalanib eng unumdor yerlarga va sug‗orish tarmoqlariga egalik qila bosh- ladilar. Bu holat yangi yer egalari ―dehqonlar‖ (Yevropada ―feodal‖) toifasini shakllanishiga olib keldi. Dehqonlar (aynan tarjimasi ―qishloq hokimlari‖) katta yer mulklarni egallab olishdi. Zamindor dehqonlarning iqtisodiy jihatdan zo‗rayib, siyosiy mavqeining ortib borishi oqibatida milodiy IV asrdayoq ayrim vohalarda hududi yirik sug‗orish tarmoqlari ko‗lami bilan cheklangan viloyat hokimlari tashkil topa boshlaydi. Bunday voha dav- latchalari o‗sha zamonning deyarli mustaqil mulklari bo‗lib, hokimlari turli nomlar bilan yuritilgan. Bunday mahalliy hukmdorlar Buxoroda – buxor- xudot; Sug‗d (Samarqand) va Farg‗onada - ixshid; Dabusiyo (Narpay)da - dabusshoh; Vardanz (Shopurkon)da - vardonxudot; Chag‗oniyon (Surxon- daryo)da - chag‗onxudot; Termizda termizshoh; Xorazmda - xorazmshoh; Eloq (Ohangaron)da dehqon: Choch (Toshkent)da tudun kabi nomlar bilan shuhrat topgan edilar. Zamindor dehqonlar esa o‗z ixtiyoridagi qurollangan navkar-chokarlari bilan hokim qarorgohi va voha hududlarini muhofaza qilish kabi vazifalarni o‗tab, mahalliy hokimlarga xizmat qilardilar. Arxeologik ma‘lu- motlarning guvohlik berishicha, ziroatkor vohalarda tashkil topgan mahal- liy hokimliklar bu davrda hali siyosiy jihatdan markazlashgan yagona davlat boshqaruviga birlashtirilmagan bo‗lsalar-da, ammo mustaqillikning ramzi hisoblangan o‗z tanga pullariga ega edilar. 94 Bu davrda inqirozga uchrab parchalanib ketgan Qang‗ davlatining janubi- g‗arbiy hududlarida dastavval Xorazmshohlar davlati qayta tashkil topdi. Qadimgi Xorazm tuprog‗ida o‗z mustaqilligini qayta tiklagan bu nufuzli davlat mahalliy Afrig‗iylar sulolasiga mansub Xorazmshohlar tomonidan idora etiladi. Afrig‗iylar davlatining poytaxti dastlab Qoraqalpog‗istonning hozirgi Ellikqal‘a tumani hududida joylashgan qadimgi Tuproqqal‘a shahar xarobasining o‗rnida bo‗lgan. Mudofaa jihatidan poytaxt nihoyatda mustahkam qurilgan edi. U atrofi chuqur va keng xandaq bilan o‗ralgan baland tagkursi ustiga to‗rtburchak shaklida (500x350m) xom g‗ishtlardan bino qilingan. Balandligi qariyb 10 m. li , uning tashqi devori qator nishon tuynuklar va mo‗lalar bilan mustahkamlangan. Shaharning janubida devorning qoq belida mustahkam labirintli darvozaxonasi bo‗lgan. Darvoza qarshisida shahar markazidan kesib o‗tkazilgan ko‗chaning har ikki tomoni bo‗ylab shaharliklarning turarjoylari qanot yozgan. Shahar markazidan yuqoriroqda ibodatxona majmuasi, uning shimoli-g‗arbiy burchak qismida esa balandligi 25 metrli uch minorali Xorazmshohlar qasri qad ko‗targan. Qasr imoratlari ikki qavatli, shoh saroyi va koshona turar joylarning devoru tokchalari turli mazmundagi rangdor tasvirlar, qabartma ganchkor naqshlar hamda haykallar bilan bezatilgan. Shaharning umumiy maydoni 26 ga teng. Bu davrda Xorazmda girdi mustahkam devorlar bilan o‗ralgan mana shunday shaharlar, istehkomli qishloqlar juda ko‗p bo‗lgan. Mamlakatimiz bo‗ylab dehqonchilik vohalarida viloyat hokimliklari qaror topayotganda uning shimoliy, shimoli-sharqiy hududlariga tutashgan keng dashtliklar chorvador aholisining ijtimoiy hayotida mulkiy tabaqalanish jarayoni kuchayib, janubiy vohalarga tomon ularning ko‗chib o‗tishi o‗troq- lashuvi jadallashadi. IV asr o‗rtalarida Markaziy Osiyoga shimoli-sharqdan Yettisuv va Sharqiy Turkiston hududlaridan chiqib kelgan turkiy qabilalarga mansub xion yoki xiyonlarning hujumi boshlanadi. Arman manbalarida ta‘riflanishicha, xioniylarning o‗sha paytlarda ruxsoriga endigina ajin orala- gan o‗rta yoshdagi Grumbat ismli podshohi bo‗lgan. U nihoyatda dono, behisob g‗alabalari bilan dongi taralgan zabardast hukmdor bo‗lgan. Milodiy 353 yilda xioniylar So‗g‗dga bostirib kiradilar. So‗ngra ular Eronda tashkil topgan va tobora zo‗rayib, o‗z tazyiqini sharqiy viloyatlarga tomon muttasil kuchaytirib borayotgan Sosoniylar davlati bilan to‗qnashadi. Ikki o‗rtada bo‗lib o‗tgan dastlabki janglardayoq sosoniylar shohi Shopur II (309-379) xioniylardan yengiladi. So‗ngra sulhga kelishib, hatto ular o‗rtasida ittifoqchilik ipi bog‗lanadi. Shunga muvofiq 359 yilda Grumbat va uning o‗g‗li boshliq xioniylar Suriyaning Umda shahrini qamalga olishda sosoniylar bilan bir safda turib jangda qatnashadilar. Jangda hatto xioniylar shahzodasi 95 halok bo‗ladi. Ammo ko‗p vaqt o‗tmay Grumbat bilan Shopur II munosa- batlari yana keskinlashadi. V asrning 20- yillarida esa Sharqdan Sirdaryo va Orol bo‗ylari orqali Xorazm hamda Amudaryo havzasiga yana bir ko‗chmanchi chorvador aholi - toxarlar kirib keladi. Toxarlar kushonlarning avlodlaridan bo‗lib, Kidar ismili hukmdor ularga yo‗lboshchi edi. Shu boisdan manbalarda ular kidariylar nomi bilan tilga olinadi. Tez orada kidariylar Amudaryo havzasi hamda G‗ar- biy va Janubiy Sug‗d yerlarini ishg‗ol qilib, xioniylar davlatining janubiy qismida o‗z hukmronligini o‗rnatadi. Amudaryoning so‗l tomonida joylash- gan Balx shahri esa bu yangi davlatning poytaxtiga aylantiriladi. Shubhasiz, Kidariylar davlatining geografik holati o‗z-o‗zidan uni sosoniy va xioniy- lardek zamonasining ikki yirik davlatlari o‗rtasida qalqon davlatta aylantiradi. Kidariylar xioniylar bilan ittifoqchi sifatida harakat qilgan va o‗z tajovuzlarini Xurosonga tomon kengaytirishga intilgan. V asrning to 60- yillariga qadar ular sosoniy shohlarining Sharqdagi asosiy dushmani bo‗lib qolgan. Marv vohasida kidariylar bilan sosoniylar shohi Varaxran V (420-438) o‗rtasida sodir bo‗lgan jangda shohning ko‗li baland kelib, o‗z dushmani ustidan g‗alaba qozonadi. Bu voqeadan so‗ng kidariylar mamlakati bilan sosoniylar davlati o‗rtasida chegara belgilanib, Talikon yaqinida toshdan chegara mino- rasi o‗rnatiladi. Kidariylar ustidan shoh goh g‗alaba qozonadi, goh mag‗lu- biyatga uchraydi. 456 yilda bo‗lib o‗tgan navbatdagi harbiy to‗qnashuvlardan birida katta talofat berib, sosoniylardan qaqshatkich zarbaga uchragan kidariylar o‗zini qayta o‗nglab ololmaydi. Ayni shu vaqtda ular shimoldan janubta tomon siljigan yana bir ko‗chmanchi chorvador aholi - eftallar bilan to‗qnashadi. Natijada markaziy hukmronlik barqarorligini mustahkamlab olishga ulgurmagan kidariylar mamlakatni tark etib, janubi-sharqqa – Shimo- liy Hindistonga tomon chekinishga majbur bo‗ladi. Hindistondagi Gupta davlatini o‗ziga bo‗ysundirib, u yerda 75 yil hukmronlik qilishadi. Soson - Erondagi sosoniylar sulolasi bobokaloni, Ahamoniylar davri (miloddan avvalgi 558-330)da otashparastlarning Stahr (hozirgi Istahr)dagi Anaxita butxonasining kohini (mubod) bo‗lgan. Sosoniylar davlatini idora etgan Eron shahanshohlari o‗zlarini Soson naslidan deb biladilar. Yaqin va O‗rta Sharqda sosoniylar sulolasi boshqargan davlat (III-VII asrlar) 224 yilda Ardasher I Parfiya shohi Artabon Vni mag‗lubiyatga uchratib, 226 y. poytaxt Ktesifon shahrini egallab, yangi davlat taxtiga o‗tiradi. Bu davlatning barcha hukmdorlari "shahanshoh" unvoni bilan taxtni boshqarganlar, davlat esa Eronshoh ("oriylar podsholigi" yoki "eroniylar shohligi") deb atalgan. Eron, uning g‗arb va sharqidagi hududlar (Ardasher I va Shopur I davrida) birlashtirilgan. Sosoniylar davlatida shohlar qohinlarga tayanib ish ko‗rishgan, yangi otashkada ("olov saroylari") bunyod etilgan. 96 Ardasher I davrida zardushtiylik davlat dini deb e‘lon etilgan. Zardushtiy ruhoniylar davlatda katta siyosiy, iqtisodiy ta‘sir kuchiga ega bo‗lishgan, boshqa dinlar ta‘qib kilingan. Eron davlati sosoniylar davrida juda yuksalgan. Yazdigard III davrida (632-651) Sosoniylar davlatini arablar bosib olgan. Download 3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling