Davlat va joy nomlari
Tovarlarning nomi
Xitoy
ipak mato, nefrittoshi, Lyusern daraxti
(mevasi oltin kabi tovlanadigan
qimmatbaho daraxt), egiluvchi temir(sovut
uchun), nikel.
Hindiston
taqinchoq va shirinliklar.
Rim
suvinirlar va oyna mahsulotlari.
Kama daryosi bo‗ylari
jun (mex) va qishki issiq kiyimlar.
99 yilda Kushon va Rim saltanatlari o‗rtasida yaqin elchilik aloqalari
bo‗lgan. Ehtimol shu boisdan bo‗lsa kerak, Rim podsholari II asr bosh-
larida Troyan kolonnalariga Rimga kelgan elchilar, savdogarlar, hunar-
mandlarning tasvirlarini tushirganlar. Ana shu haykal tasvirlarida Markaziy
Osiyo vakillarning tasvirlari ham uchraydi. Baqtriya hududida Rim tanga-
lari va san‘at asarlarining namunalari ko‗plab topilgan. Kanishka davrida
davlat tili Kushon-Baqtriya tili hisoblangan.
Miloddan avvalgi III asr oxirida imperator Ashoka buddizmni davlat dini
etib tasdiqlangandan keyin Hindiston bilan Markaziy Osiyoo‗rtasidagi
madaniy ayrboshlash kuchayib ketdi. Bir tomondan, hind hukmdorlari,
ikkinchi tomondan uni davlat diniga aylantirishga intilgan kushonlar
imperatorlari rag‗batlantirib turgan buddizm kushonlar imperiyasi davrida
shimoliy Hindiston bilan Markaziy Osiyo o‗rtasidagi madaniy
ayrboshlashning muhim formasi bo‗lib qoldi.
Hunarmandlar mahallalari bo‗lib, oddiy kishilar ommasi yashagan eski
Termiz buddizm tarqalishi uchun eng qulay joy bo‗lgan bo‗lsa, ajab emas.
Bu shahar kushonlar davrida butun Markaziy Osiyo bo‗yicha yangi diniy
ta‘limotni tarqatish va rivojlantirish markazi bo‗lib qoldi. Shaharnipg
shimoli g‗arbiy chekkasida g‗or va yer usti binolarni birlashtirgan
Qoratepada budda dini markazi Fayoztepa joylashdi.
Tayanch tushunchalar: Yunon-Baqtriya, massaget, yuechjilar, kushon,
Kudzula Kadfiz, Vima Kadfiz, Kanishka, Tohariston, Xyumi, Shuanmi,
Guyshuan, Xeytun, Gaofu, Nika, yabg‗u, Tiran.
Do'stlaringiz bilan baham: |