O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/68
Sana03.09.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1672373
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   68
Bog'liq
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

Davlat buyurtmasi - davlat tomomnidan muayyan mahsulot turini tayyorlash 
va uni iste‘molchiga yetkazib berish, ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot xarakteridagi 
ma‘lum ishni bajarish bo‗yicha korxona va xo‗jaliklarga beriladigan topshiriq. U 
birinchi navbatdagi ijtimoiy ehtiyojlarni kafolatlaydi. 
Davlat byudjeti - davlat daromadlari va xarajatlarining pul bilan 
ifodalanadigan yillik majmui. 
Davlat qarzi - davlatning o‗z fuqarolari, banklar, korxona va tashkilotlar
shuningdek, xorij mamlakatlaridan qarzi. O‗z manbaiga qarab, davlat qarzlariga, 
ichki va tashqi davlat qarziga bo‗linadi. Davlat o‗z harajatlarini daromadi bilan 
qoplay olmay qarz oladi, qarz hisobidan o‗z byudjetining kamomadini vaqtincha 
qoplaydi. 
Davlat mulki - davlat vazifalari bajaraishga xizmat qiluvchi davlat korxona va 
muassasalarining mulki. 
“Daues plani” - 1924 yilda qabul qilingan bo‗lib, Chikago banklari direktori 
Ch.Daues (Morgan banki bilan chambarchas bog‗liq) tomonidan ishlab chiqilgan 
rejadir. Birinchi Jahon urushidan keyingi yillarda Germaniyaga g‗olib davlatlar 
(Angliya, Fransiya va boshqalar) tomonidan yuklangan harbiy tovonni (reparatsion 
to‗lov) yengillashtirish va shu yo‗l bilan Germaniya iqtisodiyotini tiklashdir. Rejaga 


137 
ko‗ra, G‗arbiy Yevropaning yetakchi davlatlari 200 mln. Dollarli (uning 110 mln. 
AQSHniki) xalqaro zayom bergan bo‗lib. Bu yordam birinchi galda mamlakatning 
og‗ir sanoatini rivojlantirishga qaratilgan edi.
"Demografik portlash" - jahonning kam rivojlangan va kambag‗al 
mamlakatlarida nazorat qilib bo‗lmaydigan darajada aholi sonini o‗sishi. 
Devalvatsiya - milliy valyuta kursini xorijiy valyutaga nisbatan pasaytirilishi 
(teskari jarayon - revalvatsiya). 
Demping - tovarlarni tashqi bozorda ichki bozorga nisbatan arzon bahoda 
sotish. Tashqi bozorni egallash uchun mamlakatlar o‗z tovarini ba‘zan ishlab 
chiqarish harajatlaridan ham past (arzon) baholarda chetga chiqarishi mumkin.
Dollar - dollar, birinchidan AQSH pul birligi, 100 sentga teng. 1786 yilda 
kumush dollar, 1965 yilda esa oltin, kumush, mis-nikelli dollar zarb qilingan. AQSH 
dollari xalqaro valyuta hisob-kitoblarida keng qo‗llanadi. Muomalada 100, 50, 20, 10, 
5, 2, 1 dollarli qog‗oz pullar; 1 va 0.5 dollarli va 5, 2, 2 sentli mis tangalar ishlatiladi. 
Dollar, ikkinchidan Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Liberiya, Efiopiya, 
Malayziya, Singapur, Bermud orollari, Britaniya Gondurasi kabi davlatlarda pul 
birligi hisoblanadi. 

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling