O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/68
Sana03.09.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1672373
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   68
Bog'liq
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

Valyuta 
kotirovkasi 

bir valyuta 
bahosini boshqa 
valyutalarda 
ifodalanishining sonli yozuvi. 
Valyuta kursi - milliy valyutalar o‗rtasidagi nisbat, bir mamlakat 
valyutasining xorijiy pul birliklarida ifodalanishi. 
Valyuta pozitsiyasi - bankning xorijiy valyutaga bo‗lgan talabi va 
majburiyatlari nisbati.
Valyuta rejimi - valyuta ayirboshlash kursini aniqlash asosidagi mexanizm. 
Valyuta rezervlari - xorijiy valyuta, oltin, SDR, XVFdagi rezerv pozitsiya 
ko‗rinishidagi valyuta-likvid vositalarning jami.
Valyuta siyosati - mamlakatda xorijiy valyutalarning pul-kredit aylanmasini 
tartibga solishga yo‗naltirilgan tadbirlar tizimi.
Valyuta xatari - valyuta kursi o‗zgarishi oqibatida eksportyor va 
importyorning zarar ko‗rishi lozim bo‗lgan holati. 
Valyuta cheklashlari - xorij valyutasi va boshqa qimmatli narsalar (oltin) 
bo‗yicha operatsiyalarni cheklash uchun yo‗naltirilgan ma‘muriy va qonuniy tartibda 
belgilangan me‘yoriy qoidalar tizimi. 


136 
Valyutaning konvertirlanganligi - milliy valyutani xorijiy valyutalarga 
rezidentlar uchun ham, rezident bo‗lmaganlar uchun ham to‗lov balansining joriy 
operatsiyalari bo‗yicha almashtirish imkoniyati. 
Veksel - belgilangan ko‗rinishda tuzilgan yozma qarzdorlik majburiyati, veksel 
egasi ko‗rsatilgan muddat tugagandan so‗ng belgilangan pul summasini qarzdordan 
talab qilishga haqlidir.
GATT - Savdo va tariflar bo‗yicha Bosh kelishuv - tashqi savdo 
operatsiyalarini o‗tkazishda belgilangan tamoyillarga amal qilishga rozi bo‗lgan 
mamlakatlarni birlashtiruvchi savdo va tarif masalalari bo‗yicha xalqaro akt. 
Global muammolar - olamshumul iqtisodiy, ijtimoyi-siyosiy va ahamiyatga 
ega bo‗lgan va o‗z yechimini topishida jahondagi barcha mamlakatlarning 
birgalikdagi harakatlarini talab etuvchi sivilizatsiyamizning eng dolzarb masalalari. 

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling