O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus taʹlim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Investitsion siyosat, xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoyalash va
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
MARKETING
3.5 Investitsion siyosat, xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoyalash va
sug„urtalash Chet el investitsiyalarining asosiy maqsadi ilg‗or texnologiyalarni o‗zlashtirib olish, nisbatan arzon xom-ashyo va ishchi kuchidan foydalanish hisoblanadi. Kapital chet elda bevosita va portfelь investitsiyalari shaklida ishtirok etadi. Bevosita investitsiyalar foyda olish va korxonani boshqarishda ishtirok etish huquqini olish maqsadida chet eldagi korxonaning nizom kapitaliga mablag‗ kiritishni nazarda tutadi. Portfelь investitsiyalari daromad olish maqsadida xorijiy kompaniyalarning qimmatli qog‗ozlarini sotib olishni nazarda tutadi. Bozor iqtisodiyoti amal qiluvchi iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda chet el investorlari huquqlarini himoya qilishning uch darajasi mavjud. Birinchi bosqich bu mamlakatlarning konstitutsiyalari darajasida bo‗ladi. Ikkinchi bosqich ikki tomonlama hukumatlararo kelishuvlardan iborat. Uchinchi bosqich davlatlar va ularning fuqarolari o‗rtasida investitsiya muammolarini tartibga solish Konvensiyasida ishtirok etishdir. O‗zbekistonda xorijiy investorlar huquqi mos keluvchi qonun bilan belgilangan bo‗lib, bu qonun xorijiy investorlarning investitsiyalari rekvizitsiya yoki musodara qilinmasligini kafolatlaydi. Milliylashtirish yoki rekvizitsiya amalga oshirilgan hollarda chet ellik investorga tezlik bilan mos keluvchi tovon puli to‗lanadi. Tovon puli investitsiya kiritilgan valyutada to‗lanishi lozim. Chet ellik investorlar davlat organlari yoki ayrim mas‘ul shaxslarning hatti-harakatlari natijasida qo‗ldan chiqarilgan foydani qoplash uchun to‗lov olish huquqiga egalar. MDH mamlakatlarining qonun hujjatlarida chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar mulki va tavakkalchiligini sug‗urtalash mamlakat qonunchiligida boshqa holat ko‗rsatilmagan bo‗lsa korxonaning ixtiyoricha amalga oshiriladi. 27 Respublikamizda chet el investitsiyalarini davlat tomonidan tartibga solinishidan asosiy maqsad kapital olib chiqishni tertibga solish, uning noqonuniy ravishda respublikamiz hududidan chetga chiqarilishini cheklash hisoblanadi. Bu maqsadda pasport bitimini rasmiylashtirish asosida yagona bojxona-valyuta nazorati tizimi yo‗lga qo‗yilgan bo‗lib, kapitalni yashirin olib chiqishni ma‘lum ma‘noda cheklab turadi. Yana bir cheklov turi kapitalni olib chiqishni litsenziyalash hisoblanadi. Tayanch iboralar: globallashuv, xalqaro savdo tizimi, marketing muhiti, xorijiy bozor, investitsion siyosat, xorijiy investitsiyalar, investitsiya muhiti Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling