O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus taʹlim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
MARKETING
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.5 Xorijiy bozorlarni tanlash usullari va tahlili.
4.Ekonometrik modellar. Ekonometrik modellar iqtisodiy jarayonlar
paramerlarining stoxastiklarini nazarda tutgan holda bozor konyunkturasining turli ko‗rsatkichlari o‗rtasidagi o‗zaro aloqalar va proporsiyalarni miqdoriy bayon qiladigan regression va balans tenglamalari tuzish orqali ifodalanadi. Ekonometrik modellash bozor konyunkturasini bashorat qilishda keng qo‗llaniladi. Ular ishlab chiqarish va unga ta‘sir ko‗rsatuvchi omillar, bozordagi narxlar darajasi, raqobat va unga ta‘sir ko‗rsatuvchi omillar, iste‘molchilarning ehtiyojlarini tahlil qilish, marketing tadbirlarini amalga oshirish va unga ta‘sir qiluvchi omillar o‗rtasidagi va boshqa jarayonlar o‗zgarishni matematik modellar yordamida tahlil qilishga hamda bashorat qilishga yordam beradi. ekonometrik modellarning xususiy xoli korrelyatsion va regression modellashdir. 4.5 Xorijiy bozorlarni tanlash usullari va tahlili. Mamlakatlarni tanlashda bir nechta omillarga e‘tibor berish kerak: 1. Bozor sig‗imi (YaIM, iqtisodiy o‗sish sur‘ati, o‗rta sinfi ulushi, aholining miqdori va boshq.) 2. Biznes-madaniyatining o‗xshashligi (bir xil til, o‗xshash madaniyati, huquqiy tizimi, iqtisodiy va demografik sharoitlari) 3. Byurokratik chegaralarini darajasi (litsenziya,ruxsatnoma olish, xujjatlarni rasmiylashtirish, solikka tortilishi, foyda repatriatsiyaning darajasi) 42 4. Tanlangan mamlakatning kompaniya faoliyatining tarkibiga mosligi (kompaniya imkoniyatlariga va siyosatiga mosligi) 5. Resurslarni mavjudligi va olish imkoniyati (tabiiy resurslar, materiallar, ish kuchi, moliyaviy resurslar) 6. Xarajatlar (xorijiy bozorga kirish xarajatlari, marketing texnologiyalari, infratizimni rivojlantirishga xarajatlar, soliqlar, ish kuchini jalb qilishga xarajatlar) 7. Kiritilgan kapitaldan oladigan daromad (xorijiy filialni yalpi daromadi yoki o‗tkazilgan foydani qismi) 8. Xavf-xatarlar (siyosiy xavf-xatarlar - siyosiy o‗zgarishlar, davlat tomonidan nazorat darajasi, importga va xorijiy kompaniyalari faoliyatiga cheklovlar kiritish) 9. Raqobat darajasi. 10. Siyosatchilarni fikrlarini tahlili 11. Ekspert tahlil usuli 12. O‗lchov modellarni tuzish. Xorijiy mamlakatlarni tanlashda ko‗p xollarda skaner usullari qo‗llanadi. Skaner usullariga quyidagilar kiradi: Parametrlar setkasi. Bu usul aniq xorijiy mamlakatlarda tashqi iqtisodiy faoliyatni olib borish uchun qulay va noqulay sharoitlarni aniqlashga imkoniyat beradi. «Xavf-xatarlar – imkoniyatlar» matritsasi (Borg-Uorner matritsasi). Bu usul kompaniya uchun matritsa qismlarida aniq ko‗rsatkich bo‗yicha xar bir mamlakatning xolatini baholash imkoniyatini beradi. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling