O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus taʹlim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
MARKETING
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar
- V BOB. TAShKILOTLARNING TAShQI BOZORGA ChIQISh USULLARI VA MARKETING STRATEGIYaSI 5.1 Tashqi bozorlarga kirib borish usullari.
Bozor
segmentlarn i soni Vaqt 45 Xar bir bozorda sotuvni o‗sish sur‘ati Yuqori Past Sotuv bozorda barqarorligi Yuqori Past Sotuv hajmini pasayishi Ahamiyatli emas Ahamiyatli Bozorga tovarni moslashish zarurati Yuqori Past Sotuv siyosatini moslashish zarurati Yuqori Past Sotuv masshtabini samarasi Ahamiyatli Ahamiyatli emas Marketing dasturini nazorat qilish zaruriyati Yuqori Past Cheklovlarni soni Ahamiyatli Ahamiyatli emas Nazorat uchun savollar: 1. Nima uchun xalqaro marketingda axborot muhim ahamiyat kasb etadi? 2. Marketing axborot tizimi tushunchasi va uning ustunliklari haqida gapirib bering. 3. Marketing axborot tizimining asosiy tarkibiy qismlarini tavsiflab bering. 4. Axborot to‗plashning qanday usullarini bilasiz? Ushbu usullar bir-biridan qanday farqlanadi? 5. Birlamchi va ikkilamchi axborotlarning afzallik va kamchiliklarini tushuntiring 6. Xalqaro bozor tadqiqotlarining asosiy tamoyillarini tavsiflab bering. 7. Bozorlarni baholash va ranglarga ajratishdan maqsad nima? 8. Tashqi bozorni o‗rganish manbalarini aytib bering. 9. Kabinet tadqiqotlari va dala tadqiqotlari qanday farq qiladi? 10. Xalqaro bozorda marketing tadqiqotlari qay tariqa amalga oshiriladi? 11. Chet el bozorlariga chiqishda marketing tadqiqotlarining maqsad va mohiyati nimadan iborat? 46 V BOB. TAShKILOTLARNING TAShQI BOZORGA ChIQISh USULLARI VA MARKETING STRATEGIYaSI 5.1 Tashqi bozorlarga kirib borish usullari. Tashqi bozorga chiqishning eng oddiy usuli eksport hisoblanadi. F.Kotler eksport muntazam bo‗lmagan va faol turlarga tasniflashni taklif etdi, faol eksport esa o‗z navbatida bevosita va bilvosita turlarga taqsimlanadi. Muntazam bo‗lmagan eksport korxona ba‘zida ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ortiqchasini mahalliy ulgurji-vositachi tashkilotlar orqali sotish yo‗li eksport qilishi bilan tavsiflanadi. Faol eksport muayyan bozorni kengaytirishni maqsad qilib olgan tovar ishlab chiqaruvchi firma eksport operatsiyalarida muntazam ishtirok etgan hollarda o‗ringa ega bo‗ladi. Bevosita eksport tovar ishlab chiqaruvchi korxonaning eksport operatsiyalarida bevosita yoki o‗zining chet eldagi bo‗linmasi orqali ishtirok etishini nazarda tutadi. Bevosita eksportdan sanoat tovarlari uchun, tovarlarni hukumatlararo kelishuvlar doirasida yetkazib berish, shuningdek, yirik unversal magazinlar tarmog‗i yoki kataloglar bo‗yicha savdo qiluvchi tashkilotlarga sotishda foydalanish maqsadga muvofiq. Bilvosita eksport bu mulkni va u bilan bog‗liq barcha tavakkalchilik-larni uni tashqi bozorda sotuvchi vositachiga berishni anglatadi. Bilvosita eksport tovarlarni chet elga tijorat tashkilotlari orqali sotishni nazarda tutib, bu vositachilar qatoriga ulgurji savdogarlar, eksportchi yoki importchining agentlari, chakana savdogarlarni kiritish mumkin. Korxonalarning tashqi bozorlarga chiqishida jahon amaliyotida qo‗shma tadbirkorlik usuli ham keng tarqalgan. Qo‗shma tadbirkorlik turli davlat a‘zolarining u yoki bu sohada qo‗shma faoliyatni amalga oshirish jarayonidir. Qo‗shma tadbirkorlikni tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqa turlaridan ajratib turuvchi asosiy jihati bu xo‗jalik faoliyatini boshqarishda qo‗shma boshqaruvning mavjudligidadir. Xozirgi paytda quyidagi kushma tabdirkorlik faoliyatining turlari mavjud: lizentsiyalash, pudrat ishlab chiqarish, shartnoma bo‗yicha shartnoma, kushma faoliyat yuritish. 47 Korxonalarning tashqi bozorga chiqishida keng tarqalgan usullardan biri bevosita investitsiyalash, yoki boshqacha qilib aytganda, chet elda korxonaning sho‗‘ba bo‗limlarini yaratishdir. Bu katta miqdorda investitsiyalar kiritishni talab qilsada, biroq xomashyo va ishchi kuchining juda arzonligi sababli qo‗shimcha daromad keltirishi mumkin. Bundan tashqari, chet elda sho‗ba korxonalari tuzar ekan, firma o‗z kapital qo‗yilmalarini nazorat qilishi mumkin bo‗ladi. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling