O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus taʹlim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Tashqi bozorlarni kompleks o„rganishning xususiyatlari


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/55
Sana20.10.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1713046
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   55
Bog'liq
MARKETING

 
4.3. Tashqi bozorlarni kompleks o„rganishning xususiyatlari
va segmentlash usullari 
Xalqaro bozorga chiqishni rejalashtirayotgan korxona avvalo marketing 
harakatlarini mujassamlantirishi lozim bo‗lgan muayyan bozorni tanlashi kerak. 
Xalqaro bozorni tanlashda uchta ko‗rsatkichni o‗rganishga e‘tibor qaratiladi: 
1) Ushbu bozorning salohiyati va sharoitlari. Bozor salohiyati avvalo uning sig‗imi 
(rivojlanish istiqbollari, unga chet ellik korxonalarning vaqt va mablag‗larni katta 
miqdorda sarflamasdan kirib borish uchun ochiqligi) bilan ifodalanadi. Tashqi 
bozorga chiqishni rejalashtirayotgan korxona oldida turuvchi asosiy to‗siqlar 
quyidagilardan iborat: bojxona to‗siqlari, notarif cheklovlari, huquqiy to‗siqlar. 


37 
2) Qo‗llanayotgan raqobatchilik usullarining intensivligi. Tashqi bozorni tanlashda 
ikkinchi ko‗rsatkich raqobatchilarning amaliy usullari va intensivligini o‗rganish 
hisoblanadi. 
Raqobatchilikni quyidagi yo‗nalishlar bo‗yicha o‗rganish lozim: 
• samarali faoliyat ko‗rsatayotgan raqobatchilarni aniqlash; 
• raqobatchilik strukturasini, ya‘ni raqobatchilar soni va ularning bozor ulushlari 
taqsimlanishini aniqlash; 
• raqobatbardoshlik mezonlarini (masalan, narx, texnik yangilik, sotuvdan 
keyingi xizmat ko‗rsatish va boshqalar) belgilash. 
3) korxonaning maqsad va imkoniyatlari. Tashqi bozorni tanlashda inobatga 
olinuvchi uchinchi ko‗rsatkich korxonaning maqsad va imkoniyatlarini aniqlash bilan 
bog‗liq. Dastlab korxonaning tashqi bozordagi amaldagi holati tahlil qilinishi, 
faoliyatining kuchli va zaif tomonlari anqlanishi, so‗ngra korxonaning ichki va tashqi 
bozorlarda muvafaqiyatli foydalanish mumkin bo‗lgan zahiralari aniqlanishi lozim. 
Tashqi bozorini segmentlash usullari. 
Tashqi bozorni ikki yo‗nalish bo‗yicha segmentlash mumkin:

makrodarajada – mamlakat yoki mintaqaning geografik joylashuvi, iqlimi, 
davlat tuzilishi, aholining zichligi, yosh va jinsiy tarkibi, ta‘lim tizimi, madaniy 
qadriyatlar kabi ko‗rsatkichlardan foydalaniladi; 

mikrodarajada – daromadni taqsimlash, mulkiy holat, xaridorlik odatlari kabi 
ko‗rsatkichlar qo‗llanadi. 
Xalqaro bozorni mamlakatlar guruhlari bo‗yicha segmentlash: 
Xalqaro segmentlashning birinchi va eng sodda varianti bu iqtisodiy va madaniy 
jihatdan bir turdagi mamlakatlar guruhiga yo‗nalganlikdir. Ko‗plab tovarlar har bir 
mamlakat uchun alohida modifikatsiya talab qilmaydi va iqlimi, tili, infratuzilmasi
tijorat va axborot sharoitlari o‗xshash mamlakatlar uchun bir xil bo‗lishi mumkin. 
Xalqaro segmentlashning ikkinchi varianti bu xalqaro marketing tovar 
siyosatining tovarlarni tashqi bozor talablariga maksimal darajada moslashtirishga 
yo‗naltirishdir. Bu asosiy mahsulotning texnik va iste‘mol ko‗rsatkichlarini 


38 
modifikatsiyalash, mahsulotning tashqi ko‗rinishi talab darajasida bo‗lishini 
ta‘minlash hamda tovarlarga xizmat ko‗rsatish tizimini taqdim etish zaruratini yuzaga 
keltiradi. Xalqaro bozor uchun tovarlarni modifikatsiyalash zaruratini xaridorlarning 
hohish-istak va ehtiyojlari, ularning to‗lov layoqati, ta‘mirlash va xizmat ko‗rsatish 
tashkilotlarining mavjudligi bilan asoslash mumkin. 
Modifikatsiyaga importchi mamlakatning urf-odatlari – milliy an‘analar, iqlim 
sharoitlari, texnik talablar, tarif va hokazolar ta‘sir ko‗rsatadi. Reklama vositalari va 
tovar o‗rami ham turli mamlakatlarning xususiyatlarini – hajmi, rangi va matnini 
hisobga olishi lozim. Agar eksport qilinuvchi tovarga zarur xizmat ko‗rsatilmasa, 
unga mahalliy tashkilotlar xizmat ko‗rsatishi lozim. Demak, marketing mutaxassislari 
mahalliy korxonalar asosida ta‘mirlash va servis xizmatini yo‗lga qo‗yish ustida bosh 
qotirishlari lozim. 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling