O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


Download 0.73 Mb.
bet114/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

Tasodifiy foyda yoki daromadlar – xo’jalik faoliyatini yuritish davomida
ko’zda tutilmagan tasodiflar, hodisalar, e’tiborga olinmagan jarayonlar va
voqyealar tufayli vujudga keladigan daromadlardir. Bularga, asosiy faoliyat
yuritish davomida ifodalangan hisobotlarda aks etgan boshqa daromadlar bo’limi
moddasidagi daromadlar kiritilmaydi.
Xo’jalik faoliyatini yuritish davomida korxonalar o’z mablag’lari darajasini
aniqlashi va nazorat qilishi muhim o’rin tutadi. Chunki mulkiy javobgarlik,
tuzilgan kontraktlar va shartnomalar asosida kelib chiqadigan o’zaro
kelishmovchiliklar yoki muammolar mana shu mulkka bo’lgan egalik huquqlari
bo’yicha kafolatlanadi.
Mulkiy javobgarlik, mulk shaklidan qat’iy nazar faqat korxonaning o’z
mablag’lariga quyilishi mumkin. O’z mablag’larning mikdori buxgalteriya balansi
ma’lumotlariga asosan aniqlanadi.
Mulk formalaridan qat’iy nazar, xo’jalik yurituvchi subyektlar hisobida
bo’lgan o’z mablag’lari summasi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
O’mab. = BV – (M + Mmaj.o’s. – Mmaj.so’n.) – Ddeb.qarz. – Z;
Bunda:
BV – balans valyutasi summasi;
M – uzoq muddatli va qisqa muddatli majburiyatlar passivini ikkinchi va
uchinchi bo’limlari;
Mmaj.o’s. – majburiyatlarning o’sishi – oxirgi hisobot davri uchun balans
ma’lumotlari bilan taqqoslaganda kontrakt imzolagan kunga qarz olingan va jalb
qilingan mablag’lar;
Mmaj.so’n. – kontraktni imzolash sanasi va oxirgi hisobot davri uchun


balansni tuzish sanasi o’rtasidagi davrda majburiyatlarning so’nishi;


Ddeb.qarz. – da’vo qilish muddati tugagan debitorlik qarzlari;
Z – zararlar summasi.
8.2. Kichik biznes va tadbirkorlikni kredit bilan 
ta’minlash shakllari
Kichik biznesni kredit bilan ta’minlash deganda, bu ularga pul yoki tovar
shaklidagi vositalarni ma’lum muddatga haq to’lash sharti bilan qarzga olish va
qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlar tushuniladi.
Kredit munosabati ikki subyekt biri – pul egasi, ya’ni qarz beruvchi;
ikkinchisi – pulga muhtoj, ya’ni qarz oluvchi o’rtasida yuzaga keladi. Kredit, tovar
va pul ko’rinishidagi mablag’larni qaytarib berish, muddatlilik va foiz to’lash
shartlari asosida berish natijasida yuzaga keladi.
Kredit berilish muddatiga ko’ra, uch turga bo’linadi:
1. Qisqa muddatli kreditlar (muddati bir yilgacha bo’lgan kreditlar).
2. O’rta muddatli kreditlar (muddati bir yildan uch yilgacha bo’lgan kreditlar).
3. Uzoq muddatli kreditlar (muddati uch yildan ortiq kreditlar).
Xalqaro kreditlar berilish muddatiga ko’ra birmuncha farq qiladi. Bunda bir
yildan besh yilgacha muddatga berilgan kreditlar o’rta muddatli, besh yil va undan
ortiq muddatga berilgan kreditlar uzoq muddatli kreditlar deb hisoblanadi.
Kredit va moliya tushunchalari o’rtasida bir tomondan, umumiylik bo’lsa,
ikkinchi tomondan, farqli jihatlar mavjud.
Agar moliya barcha xo’jalik subyektlarining o’ziga tegishli pul mablag’lari
xususidagi aloqalarni anglatsa, kredit, bundan farqliroq, o’zga mulki bo’lgan pulni
qarzga olib ishlatish borasidagi munosabatlarni bildiradi va bozor
munosabatlarining bir elementi hisoblanadi.
Moliya bilan kreditning umumiyligi shuki, ularning har ikkalasi ham pul
mablag’lari yuzasidan bo’lgan munosabatlarni jamlash va ishlatish usulining
turlicha bo’lishidan kelib chiqadi.
Moliyada o’z mulki bo’lgan pul resurslarini xohlagan vaqtda, hyech qanday
xarajatsiz ishlatishi mumkin. Kredit esa o’zgalar pul mablag’ini haq to’lagan holda
vaqtincha ishlatib turish va muddati kelganda qaytarib berishni anglatadi. Kredit
tovar-pul munosabatlariga xos va pul harakatini bildiruvchi kategoriyadir.
Kredit subyektlari har xil bo’lishi mumkin. Bularga korxona, firma, tashkilot,
davlat va turli toifadagi aholi kiradi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling