O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


Download 0.73 Mb.
bet112/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

UXF = AFF + DD + FD ± ChEV ± KKKB – FX;
g) soliq to’lovlarigacha bo’lgan foyda (SF). Bu ko’rsatkich ham algebraik
ifodalar yig’indisi tarzida ifodalanib, umumiy xo’jalik faoliyatidagi foyda (UXF)
va tasodifiy (ko’zda tutilmagan) foyda yoki kamomadlar (TFK) saldosidan iborat,
ya’ni:
SF = UXF ± TFK;


d) yillik sof foyda (YSF). Bu barcha soliqlarni to’lab bo’lgandan so’ng


korxona hisobiga qoladigan daromad, ya’ni soliq to’lovlarigacha bo’lgan foydadan
(SF), daromad yoki foyda solig’ini (FS) hamda boshqa soliqlar yoki to’lovlarni
(BS) olib tashlangandan keyin qolgan qismidir, ya’ni:
YSF = SF – FS – BS;
Korxonalarning xo’jalik faoliyatini yuritishi davomida kelib chiqadigan
xarajatlar o’z xususiyatlariga ko’ra quyidagicha tasniflanadi:
Mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxi:
a) to’g’ri va egri moddiy xarajatlar;
b) to’g’ri va egri mehnat xarajatlari;
v) boshqa to’g’ri va egri xarajatlar.
Ma’lum davrdagi xarajatlar:
a) sotish bilan bog’liq xarajatlar;
b) boshqarish bilan bog’liq xarajatlar (ma’muriy xarajatlar);
v) boshqa jarayonlar bilan bog’liq xarajatlar.
Moliyaviy faoliyat bilan bog’liq xarajatlar:
a) foizlar bo’yicha xarajatlar;
b) xorijiy valyutalar bilan bog’liq operasiyalarda kurslarning salbiy farqi;
v) qimmatbaho qog’ozlarni qayta baholash;
g) moliyaviy faoliyat bilan bog’liq boshqa xarajatlar.
Tasodifiy xarajatlar (tabiiy ofatlar natijasida kelib chiqadigan
xarajatlar).
Korxonalarning xo’jalik faoliyatining yuritishi davomida kelib tushadigan
daromadlari o’z xususiyatlariga ko’ra quyidagicha guruhlanadi va u hisobotlarda
quyidagi asosiy bo’limlar bo’yicha aks etadi:
- sotishdan tushgan sof tushumlar;
- asosiy faoliyat sohalaridagi boshqa daromadlar (operasion daromadlar);
- moliyaviy faoliyat sohalaridagi daromadlar;
- tasodifiy daromadlar.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling