O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


Download 0.73 Mb.
bet108/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

"Ish va xizmatlar" moddasida korxonaga boshqa korxona va tashkilotlar
tomonidan ko’rsatilgan ishlab chiqarish xarakteridagi ish va xizmatlar uchun haq
to’lash xarajatlari, shuningdek korxonaning yordamchi ishlab chiqarish
bo’linmalari bajargan ish va xizmatlarning xarajatlari aks ettiriladi.
Yordamchi ishlab chiqarish bo’linmalariga ot-arava, yuk avtotransporti,
traktorlar tomonidan bajariladigan yuk tashish ishlari, ta’mirlash ustaxonasi,
mahsulotlarni qayta ishlash bo’linmalari (tegirmon, moyjuvos, sabzavot va
mevalarni qayta ishlash sexlari, ozuqa tayyorlash sexi) va boshqalar kiritiladi.
Mahsulotni qayta ishlovchi yordamchi bo’linmalarning texnologik
jarayonlarni (xomashyoni yuvish, qaynatish, sharbat va namakob tayyorlash,
qovurish, qizdirish, maydalash, quritish va hokazo) ta’minlashga sarflaydigan
yoqilg’i, elektr, gaz, suv, shuningdek mahsulotni muzlatkichlar va boshqa tarzda
saqlash xarajatlari ham ushbu moddada aks ettiriladi.
Bu moddaga tashqi subyektlar tomonidan qishloq xo’jaligi ishlarini (yer
haydash, yerni ekishga tayyorlash, ekinlarni ekish, tuproqqa ishlov berish, o’g’it
solish, kimyoviy himoya vositalari bilan ishlov berish, hosilni o’rib-yig’ib olish,
omborlarga tashish, veterinariya va zootexnika xizmatlarin ko’rsatish va boshqa)
bajarish, turli xizmatlar ko’rsatish, asosiy va yordamchi ishlab chiqarishni moddiy
resurslar, suv, gaz, issiqlik va elektr energiyasi bilan ta’minlash xarajatlari ham
kiritiladi.
"Chorva mollarining nobud bo’lishidan yo’qotishlar" moddasida
o’suvdagi va mahsuldor chorva mollari, parranda, ish hayvonlari, asalarilarning
nobud bo’lishidan ko’riladigan yo’qotishlar (aybdorladan udiriladigan va tabiiy
ofatlar natijasida nobud bo’lganlardan tashqari) aks ettiriladi.
"Boshqa xarajatlar" moddasiga yuqorida keltirilgan moddalarda aks
etmagan, ammo ishlab chiqarishga taalluqli bo’lgan quydagi boshqa xarajatlar
kiritiladi:
• ishlab chiqarishni xomashyo, materiallar, yonilg’i, energiya, instrument,
moslamalar va boshqa mehnat vositalari va buyumlari bilan ta’minlash xarajatlari;
• chetdan jalb etilgan korxonalar tomonidan amalga oshirilgan korxonaning
asosiy ishlab chiqarish fondlarini ish holatida saqlash xarajatlari (texnik ko’rik va
qarov, o’rtacha, joriy va mukammal tuzatish xarajatlari);
• ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli asosiy vositalarni joriy ijaraga olish
bilan bog’liq xarajatlar;
• ishlab chiqarish xususiyatlari bilan bog’liq mehnatning normal sharoitlari
va texnika xavfsizligini ta’minlash xarajatlari;
• ishlab chiqarish jarohatlari tufayli mehnat qobiliyati yo’qolishi munosabati
bilan tegishli vakolatli organlarning qarorlari asosida va qarorlarisiz to’lanadigan


nafaqalar;


• xodimlarni ish joyiga olib borish va olib kelish bilan bog’liq xarajatlar;
• ekinlar, chorva mollari va ishlab chiqarish vositalarini majburiy
sug’urtalash xarajatlari;
• yong’inga qarshi, ekinzorlar, asosiy vositalarni qo’riqlash xarajatlari;
• ishchilarga bepul beriladigan maxsus kiyim - bosh (xalat, kurtka, etik,
fartuk va boshqa), oziq - ovqat xarajatlari;
• mollarning tagini quruqlashga sepiladigan somon, qirindi va boshqa
material xarajatlari;
• fermalar atrofini devor bilan o’rash, chorva mollari uchun yozgi soyabon
va otarlar qurish xarajatlari;
• ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boshqa xarajatlar.
Qishloq xo’jaligida yetishtirilgan mahsulotlar tannarxini hisoblash bilan
birga, avtotransport, traktorlar va ishchi hayvonlar tomonidan bajarilgan ishlar
tannarxi ham hisoblanadi. Bunda avtotransport bajargan ish tonna - kilometrda,
haydov traktorlari bajargan ish shartli etalon -gektarda, otlarniki ot - kunida
hisobga olinadi. Shuningdek, bir gektar yerdagi bir mahsulot turini ishlab chiqarish
tannarxi, bir bosh chorva molini parvarishlash tannarxi ham hisoblanishi mumkin.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling