O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010
"Texnologik massadlar uchun ishlatilgan yoqilg’i va energiya"
Download 0.73 Mb.
|
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Ishlab chiqarishga tegishli mehnatga haq to’lash xarajatlari"
- Asosiy vositalar amortizasiyasi”
"Texnologik massadlar uchun ishlatilgan yoqilg’i va energiya" moddasida
texnologik maqsadlar, energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarish, binolarni isitishga sarflanadigan yonilg’ining chetdan sotib olinadigan barcha turlari, korxonaning texnologik, transport va boshqa ishlab chiqarish va xo’jalik ehtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi xarid qilinadigan energiya aks ettiriladi. "Ishlab chiqarishga tegishli mehnatga haq to’lash xarajatlari"ga korxonada qabul qilingan mehnatga haq to’lash shakl va usullariga muvofiq qo’llaniladigan tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqib hisoblangan: - ishlab chiqarish xususiyatidagi amalda bajarilgan ish uchun hisoblangan ish haqi, shu jumladan, bajarilgan ishni hisobga olish bo’yicha dastlabki hujjatlarda nazarda tutilgan rag’batlantiruvchi tusdagi to’lovlar; - kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalari va okladlarga ustamalar; - ish tartibi va mehnat sharoitlari bilan bog’liq kompensasiya tusidagi to’lovlar, shu jumladan, tungi smenada. Ishdan tashqari vaqtda, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarda ishlaganlik uchun tarif stavkalari va okladlarga ustamalar va qo’shimcha haq; - ko’p smenali tartibda ishlaganlik, kasblarni birga qo’shib olib borganlik va xizmat ko’rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar; - hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro’yxati bo’yicha og’ir, zararli, alohida zararli mehnat va tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan, ushbu sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ustamalar; - qo’rilish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashda bevosita band bo’lgan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda vaxta usuli bilan ishlarni bajarishgan xodimlar uchun ishning ko’chma va qatnov xususiyati uchun ustama;
jumladan, rayon koeffisentlari va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq cho’l, suvsiz va yuqori tog’ joylarida ishlaganlik uchun koeffisentlar bilan belgilagan to’lovlar; - amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq navbatdagi (yillik) va qo’shimcha ta’tillar, navbatdagi (har yilgi) foydalanilmagan va qo’shimcha ta’tillar uchun kompensasiyalar, o’smirlarning imtiyozli soatlari, bolani ovqatlantirish uchun onalar ishidagi tanaffuslar, shuningdek tibbiy ko’riklardan o’tish bilan bog’liq vaqt uchun haq to’lash; - majburiy ta’tildagi xodimlarga, asosiy ish haqini qisman saqlab qolgan holda haq to’lash; - davlat vazifalarini bajarganlik uchun (harbiy yig’inlar, favqulodda vaziyatlar bo’yicha yig’inlar va boshqalar) mehnat haqi to’lash; - korxona shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular tomonidan fuqarolik-huquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar bo’yicha ishlar bajarilganligi uchun haq to’lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-kitob korxonaning o’zi tomonidan amalga oshirilsa, pudrat shartnomasi ham shu jumlaga kiradi; - belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi xodimlar mehnatiga haq to’lash fondiga kiritiladigan to’lovlarning boshqa turlari. "Ishlab chiqarishga tegishli ijtimoiy sug’urtaga ajratmalari" moddasida qonun hujjatlari bilan belgilangan me’yorlar bo’yicha mehnatga haq to’lash fondiga ijtimoiy tusdagi majburiy ajratmalar, nodavlat pensiya jamg’armalariga, ixtiyoriy tibbiy sug’urta va ixtiyoriy sug’urtaning boshqa turlariga ajratmalar aks ettiriladi. "Asosiy vositalar amortizasiyasi"ga asosiy ishlab chiqarish fondlari va nomoddiy aktivlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan me’yorlar bo’yicha dastlabki (tiklash) qiymatidan kelib chiqib hisoblangan amortizasiya ajratmalar summasi (lizing bo’yicha va qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan jadallashtirilgan amortizasiya ham) kiradi. “Asosiy vositalar amortizasiyasi” saqlash va ishlatishga hamda korxona tomonidan amalga oshirilgan joriy, oraliq va mukammal ta’mirlashga tegishli; - asosiy vositalarga xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning ish haqi; - ularning ish haqidan ijtimoiy ajratmalar qilish; - yonilg’i-moylash materiallariga qilingan xarajatlar; - asosiy vositalarni barcha turdagi ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish xarajatlari; - ta’mirlashda ishtirok etgan ishchi va mutaxassislar ish haqi va ish haqidan ijtimoiy ajratmalar; - asosiy vositalarni ta’minlashga sarflangan ehtiyot qismlar, qurilish materiallari va boshqa materiallar, ta’mirlash va undan so’ng sinab ko’rish chog’ida sarflangan yonilg’i-moylash materiallari qiymati tannarxni hisoblashning tegishli moddalarida (xomashyo va asosiy materiallar, sotib olingan butlovchi qismlar va yarim fabrikatlar, texnologik maqsadlar uchun ishlatilgan yoqilg’i va energiya, ishlab chiqarishga tegishli mehnatga haq to’lash xarajatlari, ishlab chiqarishga tegishli ijtimoiy sug’urta ajratmalar) hisobga olinadi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling