O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


Download 0.73 Mb.
bet103/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

"Xomashyo va asosiy materiallar" moddasida mahsulotning asosini tashkil
etib, uning tarkibiga kiradigan yoki mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarish va
xizmatlar ko’rsatishda) zarur tarkibiy qism hisoblangan chetdan sotib olinadigan
xomashyo va materiallar, shuningdek bir maromdagi texnologiya jarayonini
ta’minlash, mahsulotlarni o’rash yoki boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlariga
sarflanadigan (asbob-uskunalar, binolar, inshootlar va boshqa asosiy vositalar
sinovini o’tkazish, nazorat qilish, saqlash, tuzatish va ulardan foydalanish uchun
ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan), xarid qilinadigan materiallar o’z
aksini topadi.
Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xomashyo va materiallar xarajatlaridan
qaytariladigan chiqitlar qiymati va idish, o’rash-joylash materiallari qiymati
ularning amalda sotilishi, foydalanilishi yoki omborga kirim qilinishi narxi
bo’yicha chiqarib tashlanadi.
"Sotib olingan butlovchi qismlar va yarim tayyor mahsulotlar" moddasida


kelgusida korxonada montaj qilinadigan yoki qo’shimcha ishlov beriladigan


butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar hisobga olinadi.
"Ishlab chiqarish xarakteridagi ish va xizmatlar" moddasiga tashqi
yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek korxonaning ichki bo’linmalari
tomonidan bajariladigan faoliyatning asosiy turiga tegishli bo’lmagan ishlab
chiqarish xususiyatiga ega ishlar va xizmatlar kiradi.
Unga mahsulot tayyorlash bo’yicha ayrim operasiyalarni bajarish, xomashyo
va materiallarga ishlov berish, iste’mol qilinayotgan xomashyo va materiallar
sifatini aniqlash uchun sinovlar o’tkazish, belgilangan texnologik jarayonlarga
rioya etilishi ustidan nazorat qilish, asosiy ishlab chiqarish fondlarini tuzatish va
boshqalar tegishli bo’ladi.
Korxona ichida tashqi subyektlarning transport xizmatlari (xomashyo,
materiallar, instrumentlar, detallar, yuklarning boshqa turlarini ombordan sexga
keltirish va tayyor mahsulotni saqlash uchun omborga tashish) ham ishlab
chiqarish xususiyatiga ega xizmatlarga tegishli bo’ladi.
Korxonaning transporti va xodimlari tomonidan moddiy resurslarni
yetkazish bilan bog’liq xarajatlar (yuklash va tushirish ishlari ham shu jumlaga
kiradi) ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlariga kirishi kerak
(mehnatga haq to’lash xarajatlari, asosiy fondlari amortizasiyasi, moddiy xarajatlar
va boshqalar).

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling