O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


oid mehnatga haq to’lash xarajatlari", "Ishlab chiqarishga oid ijtimoiy sug’urta


Download 0.73 Mb.
bet106/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

oid mehnatga haq to’lash xarajatlari", "Ishlab chiqarishga oid ijtimoiy sug’urta
ajratmalari" va "Asosiy vositalar amortizasiyasi" moddalaridan tashqari boshqa


moddalari tarkibi sanoat korxonalari mahsuloti tannarxini hisoblash moddalaridan


farq qiladi.
"Mineral va organik o’g’itlar" moddasida ekinlarga solingan mineral va
organik o’g’itlar qiymati hisobga olinadi. Bunda korxonaning o’zida mavjud
organik o’g’itlar (go’ng va boshqa) ularni ishlab chiqarish tannarxida, chetdan
sotib olinganlari esa sotib olish bahosida hisobga olinadi.




Xarajatlarning moddalar bo’yicha guruxlanishi
Ishlab chiqarishga oid mehnatga haq to’lash xarajatlari
Ishlab chiqarishga oid ijtimoiy sug’urta ajratmalari
Mineral va organik o’g’itlar
O’simliklar va chorva mollarini himoyalash vositalari
Yem-xashak va ozuqa
Urug’lik ko’chat materiallari
Qayta ishlash uchun xomashyo
Asosiy vositalar amortizasiyasi
Ish va xizmatlar
Chorva mollarining nobud bo’lishidan yo’qotishlar
Boshqa xarajatlar
7.2.2-rasm. Qishloq xo’jaligida mahsulot tannarxini hisoblash bo’yicha
xarajat moddalari
Ushbu o’g’itlarni ekinlarga solish (transportga yuklash, tashish, tushirish,
sepish va boshqalar) bu moddada aks etmay, tegishli moddalar bo’yicha (mehnatga
haq to’lash, asosiy vositalarni saqlash, ish va xizmatlar va boshqa) hisobga olinadi.
"O’simliklar va chorva mollarini himoyalash vositalari" moddasida
ekinlar va chorva mollarini kasalliklar, zararkunandalardan himoyalash va begona
o’tlardan tozalashda ishlatiladigan vositalar: gerbisidlar, pestisidlar, defoliantlar,
kimyoviy va biologik vositalar, biopreparatlar, tibbiy va dezinfeksiya vositalari
hamda boshqa himoya vositalarini sotib olish bilan bog’liq xarajatlar o’z aksini
topadi.
Ushbu himoya vositalari bilan ekinlarga ishlov berish xarajatlari (sepish,
changlatish, defolyasiya qilish va boshqalar) bu moddada aks etmay, tegishli
moddalar bo’yicha (mehnatga haq to’lash, asosiy vositalarni saqlash, ish va
xizmatlar va boshqa) hisobga olinadi. Chorvachilikda bu moddaga biopreparatlar.
Tibbiy va dezinfeksiya vositlarini ishlatish bilan bog’liq xarajatlar ham hisobga


olinadi.



Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling