O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010
Download 0.73 Mb.
|
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Urug’lik va ko’chat materiallari"
- "Qayta ishlash uchun xomashyo"
- "Asosiy vositalarni saqlash"
"Yem-xashak va ozuqa" moddasida chorva mollarini oziqlantirishda
ishlatilgan korxonaning o’zida yetishtirilgan hamda chetdan sotib olingan yem- xashak va boshqa ozuqa turlari qiymati o’z aksini topadi. Bunda ozuqalarni korxona ichida daladan omborga, ombordan mollarga berish joyiga tashish xarajatlari, shuningdek ularni ozuqaga tayyorlash bilan bog’liq xarajatlar ushbu moddada aks etmay tegishli moddalarda (mehnatga haq to’lash, asosiy vositalarni saqlash, ish va xizmatlar va boshqa) hisobga olinadi. "Urug’lik va ko’chat materiallari" moddasida o’zida ishlab chiqarilgan hamda sotib olingan ekish uchun mo’ljallangan urug’lik va ko’chatlar hisobga olinadi. Bunda korxonaning o’zida yetishtirilgan urug’lik va ko’chatlar ularni ishlab chiqarish tannarxi, chetdan sotib olinganlari esa sotib olish bahosida hisobga olinadi. Ushbu urug’lik va ko’chatlarni ekishga tayyorlash (transportga yuklash, tashish, tushirish, ekish va boshqalar) bu moddada aks etmay, tegishli moddalar bo’yicha (mehnatga haq to’lash, asosiy vositalarni saqlash, ish va xizmatlar va boshqa) hisobga olinadi. "Qayta ishlash uchun xomashyo" moddasida korxonaning yordamchi tarmoqlarida mahsulotlarni qayta ishlashda ishlatilgan va yaratilayotgan mahsulotning asosi yoki tarkibiy qismlaridan birini tashkil etadigan xomashyo va materiallar sarfi o’z aksini topadi: - aralash ozuqa (kombikorma) tayyorlashda - don, don aralashmasi, o’t uni, suyak uni va boshqa mikro va mineral qo’shimchalar qiymati; - tegirmonda - bug’doy qiymati; - sabzavot va mevalarni qayta ishlashda - sabzavotlar, mevalar, turli xil qo’shimcha va konservantlar qiymati; - qassobxonada - so’yiladigan chorva mollari qiymati; - sut mahsulotlari tayyorlashda - sut, sut mahsulotlari, shakar, vanilin, achitqi va boshqa qo’shimchalar qiymati. "Asosiy vositalarni saqlash" moddasida aynan shu ekin yoki chorva mollari turiga taqsimlanadigan, asosiy vositalarning balans qiymatidan kelib chiqib o’rnatilgan me’yorda xisoblanadigan amortizasiya ajratmalari hisobga olinadi. O’simlikchilik tarmog’ida ishlatiladigan asosiy vositalarni saqlash xarajatlari aloxida ekin turlari mahsulotlari va tugallanmagan ishlab chiqarish turlari tannarxiga quyidagi tartibda qo’shiladi: • tor ixtisoslashuvdagi asosiy vositalarniki (masalan, sholi o’ruvchi kombaynlar va paxta terish mashinalari) - bevosita shu ekin mahsulotlari tannarxi; • traktorlarniki - ular tomonidan ekin turlari bo’yicha ishlov hajmiga (shartli etalon gektarda) mutanosib ravishda; • tuproqqa ishlov beruvchi mashinalarniki - ekin turlari bo’yicha ekilgan maydon hajmiga mutanosib ravishda; • ekish agregatlariniki - ekin turlari bo’yicha ekilgan maydon hajmiga mutanosib ravishda; • xosilni o’rib-yig’uvchi kombaynlarniki - ekin turlari bo’yicha ishlov berilgan maydon hajmiga mutanosib ravishda; • mineral o’g’it soluvchi mashinalarniki - ekinlarga solingan o’g’itlarning fizik hajmiga mutanosib ravishda; • bir necha turdagi chorva mollari joylashtirgan binolarniki - har bir chorva moli turining binoda egallagan joyi hajmiga (metr kvadratda) mutanosib ravishda; • bir turdagi chorva mollari joylashlashtirgan binolarniki - to’g’ridan -to’g’ri shu chorva mollari tannarxiga olib boriladi; • mahsulotlarni saqlash omborlariniki - har bir mahsulot turining omborda egallagan maydoni hajmiga mutanosib ravishda. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling