O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010
Download 0.73 Mb.
|
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org
Tijorat tadbirkorligi. Tijorat tadbirkorligi faoliyati tovar birjalari yoki
savdo tashkilotlari bilan bog’liq. Tovar birjasi – tovar namunalari xaridor tomonidan oldindan ko’zdan kechirilmagan va tovarlarni minimal partiyasi belgilangan ulgurji tovar bozori turi. Tovar birjasida o’zaro kelishilgan va rioya qilingan qoidalar asosida savdo operasiyalarini amalga oshirish uchun tijorat vositalari va ularning xizmatchilari o’z xohishlari bilan birlashadi. Ushbu birjaning maqsadi erkin raqobatning boshqarish mexanizmini tashkil etish va shu orqali talab va taklifni hisobga olgan holda haqiqiy bozor narxlarini aniqlashdir. Tovar birjasi standartlar bo’yicha sotiladigan tovarlar (don, ko’mir, metall, neft, yog’och)ning doimo faoliyat yurituvchi ulgurji savdo bozoridir. Shunga o’xshash birjalar barcha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda faoliyat yuritib kelmoqda. Misol sifatida London (rangli metall), Liverpul (paxta), Singapur (kauchuk) va boshqa tovar birjalarini ko’rsatish mumkin. Tovar birjalarida tovar egalari bilan oddiy savdo qilishdan tashqari f’yuchers bitimlari ham tuziladi. Bu bitim bo’yicha sharnomada ko’rsatilgan tovar uchun to’lovni ma’lum vaqtdan keyin amalga oshirish mumkin. Tovar birjalari quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: - savdo bitimlarini tuzishga vositachilik xizmati ko’rsatadi; - tovar savdosini tartibga soladi, savdo jarayonlarini boshqaradi va savdo mojarolarini hal etadi; - narxlar to’g’risida, shuningdek ishlab chiqarish va narxlarga ta’sir qiluvchi turli omillar haqida axborotlar yig’adi va e’lon qiladi. Tovar birjalari aylanmasining aksariyat qismi bor tovarlar (kassa bitimlari) bilan emas, balki kelajakdagi tovar yoki tovar yetkazib berish bitimi asosida (vaqtli bitim) amalga oshiriladi. Tovar birjalari ochiq yoki yopiq shaklda bo’ladi. Yopiq birjalardagi savdoda faqat brokerlar – sotuvchi va xaridor o’rtasidagi vositachilar ishtirok etadi. Ochiq birjalarda esa xohlagan kishi ishtirok etishi mumkin. Respublika tovar-xomashyo birjasi 1994 yili ochiq hissadorlik jamiyati shaklida tashkil etildi. U sanoat, qishloq xo’jaligi, oziq-ovqat tovarlari va xomashyo mahsulotlarini erkin ulgurji savdosini uyushtiradi. Birja savdolarida brokerlar orqali xarid qilingan mahsulotlar respublikadan tashqariga lisenziyasiz va bojxona to’lovisiz chiqariladi. Tovar-xomashyo birjasining bo’linmalari barcha viloyatlarda va Qoraqalpog’iston Respublikasida tashkil etilgan. Tovar-xomashyo birjasi XORIJIY davlatlar (Angliya, Polsha, Turkiya) hamda MDH mamlakatlari (Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston)ning tovar xomashyo birjalari, Kiyev, Belarus universal birjalari bilan birjalararo aloqalarni yo’lga qo’ygan. «O’zulgurjibirjasavdo» respublika tovar resurslari bozorini shakllantirishda zarur infratuzilmani yaratish maqsadida 1994 yili O’zbekiston shartnomalar va savdo bo’yicha davlat aksiyadorlik uyushmasi negizida tashkil etilgan. Ilgari xalq xo’jaligi ta’minotini respublika moddiy- texnika ta’minoti idorasi boshqargan. O’zbekistonda o’tkazilayotgan chuqur iqtisodiy islohotlar moddiy-texnika ta’minoti tizimini ham tubdan o’zgartirdi. «O’zulgurjibirjasavdo» xo’jalik mexanizmini rejaviy moddiy-texnika ta’minoti tizimidan erkin xo’jalik aloqalariga o’tishi, davlat ehtiyojlari uchun mahsulot yetkazib berish, ishlab chiqaruvchilar bilan shartnomalar tuzish yo’li orqali amalga oshirishni ta’minlaydi. Moddiy-texnika ta’minoti va sotish bozor usullari bo’yicha oldi-sotdi, ulgurji savdo, yarmarka, birja va kimoshdi savdolari yo’li bilan amalga oshiriladi. Ta’minotchi va iste’molchilar o’rtasida bevosita o’zaro manfaatli aloqalar moddiy-texnika ta’minotining yetakchi shakli bo’lib qoldi. «O’zulgurjibirjasavdo» uyushmasi respublikada ishlab chiqarish vositalari bozorini vujudga keltirish, tovar resurslarini oldi-sotdisini uyushtirish, korxonalar, muassasalar va tadbirkorlarga xizmat ko’rsatishni kengaytirish hamda rivojlantirishga ko’maklashadi. Uyushma tarkibida 13 ta respublika aksiyadorlik ulgurji vositachilik firmasi, «Sanoatanjomkartonsavdo» aksiyadorlik ishlab chiqarish savdo birlashmasi, respublika viloyatlari va Qoraqalpog’istondagi 14 ta hududiy tijorat- vositachilik aksiyadorlik kompaniyalari, aksiyadorlik transport ekspedisiya agentligi, aksiyadorlik tovar xomashyo birjasi, «Trastbank» aksiyadorlik birja banki, doimiy ishlaydigan yarmarka va kimoshdi bozorlari direksiyasi mavjud. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling