O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


Ishlab chiqarish faoliyati natijasi


Download 0.73 Mb.
bet24/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

Ishlab chiqarish faoliyati natijasi. Mahsulotni sotish, biror- bir ishni
bajarish, xaridorga, iste’molchiga xizmat ko’rsatish va ma’lum hajmda foyda
olish tadbirkor ishlab chiqarish faoliyatining natijasidir.
Tadbirkor foydasi yalpi va sof foydaga bo’linadi. Ishlab chiqarish va
sotishga ketgan xarajatlardan keyin qolgan tushum yalpi foyda deyiladi. Yalpi
foydadan soliqlar to’lanadi. Yalpi foyda hisobidan soliqlar, jarima va boshqa
to’lovlar to’langandan keyin qolgan pul sof foyda hisoblanadi.
Tadbirkorning umumiy moliyaviy bahosini rentabellik ko’rsatkichi belgilaydi.


U sof foydaning jami xarajatlarga nisbati shaklida aniqlanadi.


Venchur biznesi. Gap innovasion tadbirkorlik haqida ketganda, venchur
biznesi haqida tasavvur hosil qilish katta ahamiyatga ega. Venchur biznesi
keyingi vaqtda ancha rivojlandi va u tavakkal biznesi turiga kiradi. Biznesning
bu turi yangi texnologiyalarning joriy etilishi bilan bog’liq. Venchur biznesi
yuqori texnologiya sohasida olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar natijalarini
tijoratlashtirish bilan bog’langan. Bu sohalarda samara olinishi
kafolatlanmagan. Ya’ni ma’lum tavakkalchilik mavjud. Yangi va eng yangi
texnologiyalarni joriy etish bilan shug’ullanuvchi fan-texnika firmalari venchur
firmalar deyiladi. Ularning daromadi kafolatlanmagan bo’lib, faoliyati
tavakkal kapital bilan bog’liq.
Shuni ta’kidlash kerakki, kichik korxonalar innovasion tadbirkorlikni
rivojlantirishda katta rol o’ynaydi. Venchur biznesi egiluvchanligi bilan
innovasion ishbilarmonlikning boshqa shakllariga nisbatan qator ustuvorlikka
ega. Venchur biznesi tavakkalni o’zaro bo’lish tamoyiliga asoslanadi. Bu esa
mablag’i bo’lmagan g’oya mualliflariga o’z g’oyalarini amalga oshirishga
imkon tug’diradi.
Venchur biznesi dastlab AQShda yuzaga kelib, keyinchalik keng rivojlanib
ketdi. Har bir kichik innovasion biznesning moddiy va moliyaviy imkoniyati
fan-texnika bazasi jihatdan cheklangan bo’lib, davlat ko’magiga muhtojdir.
AQShda kichik innovasion biznesga davlat tomonidan yordam ko’rsatish
dasturi ishlab chiqilgan. Dasturga asosan kichik biznes bevosita federal
byudjetidan moliyalashtiriladi, vazirlik va muassasalar doimiy ravishda ular
bilan shartnoma tuzadilar. AQShda venchur biznesida tuzilgan
kompaniyalarning aksiyalari imtiyozli narxlarda innovasion firmalarga
sotilib, olingan mablag’lardan g’oyalarni joriy etish uchun foydalaniladi.
O’zbekistonda ham venchur biznesi rivojlanishiga barcha imkoniyatlar
yaratilgan. Birinchi navbatda, bu qimmatbaho qog’ozlar bozori mavjudligidir.
Keyinchalik, intellektual mulk bozoriga xorijiy firmalar kirib keldi.
O’zbekiston ishbilarmonlari ham o’z navbatida Venchur biznesiga katta
qiziqish bilan qaramoqdalar.
Bular Venchur biznesi mamlakatimizda endi rivojlanayotganligidan
dalolat berib, kelajakda innovasion biznes rivojlanib ketishiga turtki bo’ladi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling