O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


-bob. KIChIK BIZNES VA TADBIRKORLIK


Download 0.73 Mb.
bet21/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

2-bob. KIChIK BIZNES VA TADBIRKORLIK 
FAOLIYaTINING TUR VA ShAKLLARI
2.1. Tadbirkorlik faoliyatining turlari
Tadbirkorlik faoliyati turlari xilma-xildir. Faoliyat maqsadi, turi va
yo’nalishlariga qarab tadbirkorlik faoliyatining ishlab chiqarish, tijorat,
moliyaviy va konsalting turlarini ajratish mumkin.
Qayd etilgan ushbu tadbirkorlik faoliyatining har bir turi kichik turlarga
bo’linadi. Mavjud tadbirkorlik faoliyati turlarini chizma shaklida quyidagicha
ifoda etish mumkin (2.1.1-rasm).
Tadbirkorlik faoliyati turlari
Ishlab
chiqarish
Tijorat
Moliyaviy
Konsaltinglar
Innovasion
Savdo
Bank
Umumiy
boshqarish
Ilmiy-texnik
Savdo-xarid
Sug’urta
Ma’muriy
boshqaruv
Tovar ishlab
chiqarish
Savdo-
vositachilik
Auditorlik
Moliyaviy
boshqarish
Xizmat
ko’rsatish
Tovar
birjalari
Lizingli
Xodimlarni
boshqarish
Iste’mol
tovarlari ishlab
chiqarish
Fond
birjalari
Marketing
Iste’mol
xizmatlari
ko’rsatish
Ishlab
ichqarishni
boshqarish
Axborot
Axborot
texnologiyasi
2.1.1-rasm. Tadbirkorlik faoliyati turlari tarkibi




Ishlab chiqarish tadbirkorligi. Ishlab chiqarish tadbirkorligini
tadbirkorlik faoliyatining asosiy turi desak xato bo’lmaydi. Zero, bunday
tadbirkorlik faoliyati tufayli mahsulot, tovarlar ishlab chiqariladi, xizmat
ko’rsatiladi, ma’lum ma’naviy qadriyatlar yuzaga keladi.
O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning dastlabki yillarida tijorat
tadbirkorligi yaxshi rivojlandi. Tadbirkorlik faoliyatining bu turi tovar va
xizmatlarni sotib olish hamda sotish jarayonlarini amalga oshirish bilan
ta’riflanadi, chunki bu sohada qisqa vaqtda daromad olish mumkin. Agar
ishlab chiqarish korxona samaradorligining 10-12% ini tashkil etsa, tijorat
faoliyati esa bu ko’rsatkichni yana 20-30%ga oshiradi.
Moliyaviy tadbirkorlik tadbirkorlik sohasining alohida olingan turiga
kiradi. Uning faoliyat sohasi qiymatlarning almashinishi va
almashtirilishidan iborat. Moliyaviy faoliyat ishlab chiqarish, tijorat sohasini
ham qamrab olishi mumkin. Shuningdek, moliyaviy tadbirkorlik mustaqil bank
va sug’urta muassasalari shaklida ham faoliyat yuritadi.
Moliyaviy bitim tadbirkorlik faoliyatining ilgarigi turlariga nisbatan
kamroq samara beradi. Bu ko’rsatkich 5-10%ni tashkil etadi. Keyingi vaqtda
O’zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining konsalting (maslahat) turi
rivojlanmoqda. Bu tadbirkorlik turi ko’p yo’nalishlardan iborat bo’lib,
kelajakda yaxshi rivojlanib ketishiga jahon iqtisodiyoti taraqqiyoti guvohlik
beradi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling