O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


Download 0.73 Mb.
bet107/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

"Yem-xashak va ozuqa" moddasida chorva mollarini oziqlantirishda
ishlatilgan korxonaning o’zida yetishtirilgan hamda chetdan sotib olingan yem-
xashak va boshqa ozuqa turlari qiymati o’z aksini topadi. Bunda ozuqalarni
korxona ichida daladan omborga, ombordan mollarga berish joyiga tashish
xarajatlari, shuningdek ularni ozuqaga tayyorlash bilan bog’liq xarajatlar ushbu
moddada aks etmay tegishli moddalarda (mehnatga haq to’lash, asosiy vositalarni
saqlash, ish va xizmatlar va boshqa) hisobga olinadi.
"Urug’lik va ko’chat materiallari" moddasida o’zida ishlab chiqarilgan
hamda sotib olingan ekish uchun mo’ljallangan urug’lik va ko’chatlar hisobga
olinadi. Bunda korxonaning o’zida yetishtirilgan urug’lik va ko’chatlar ularni
ishlab chiqarish tannarxi, chetdan sotib olinganlari esa sotib olish bahosida hisobga
olinadi. Ushbu urug’lik va ko’chatlarni ekishga tayyorlash (transportga yuklash,
tashish, tushirish, ekish va boshqalar) bu moddada aks etmay, tegishli moddalar
bo’yicha (mehnatga haq to’lash, asosiy vositalarni saqlash, ish va xizmatlar va
boshqa) hisobga olinadi.
"Qayta ishlash uchun xomashyo" moddasida korxonaning yordamchi
tarmoqlarida mahsulotlarni qayta ishlashda ishlatilgan va yaratilayotgan
mahsulotning asosi yoki tarkibiy qismlaridan birini tashkil etadigan xomashyo va
materiallar sarfi o’z aksini topadi:
- aralash ozuqa (kombikorma) tayyorlashda - don, don aralashmasi, o’t uni,
suyak uni va boshqa mikro va mineral qo’shimchalar qiymati;
- tegirmonda - bug’doy qiymati;
- sabzavot va mevalarni qayta ishlashda - sabzavotlar, mevalar, turli xil
qo’shimcha va konservantlar qiymati;
- qassobxonada - so’yiladigan chorva mollari qiymati;
- sut mahsulotlari tayyorlashda - sut, sut mahsulotlari, shakar, vanilin,
achitqi va boshqa qo’shimchalar qiymati.
"Asosiy vositalarni saqlash" moddasida aynan shu ekin yoki chorva mollari
turiga taqsimlanadigan, asosiy vositalarning balans qiymatidan kelib chiqib
o’rnatilgan me’yorda xisoblanadigan amortizasiya ajratmalari hisobga olinadi.
O’simlikchilik tarmog’ida ishlatiladigan asosiy vositalarni saqlash xarajatlari
aloxida ekin turlari mahsulotlari va tugallanmagan ishlab chiqarish turlari
tannarxiga quyidagi tartibda qo’shiladi:
• tor ixtisoslashuvdagi asosiy vositalarniki (masalan, sholi o’ruvchi
kombaynlar va paxta terish mashinalari) - bevosita shu ekin mahsulotlari tannarxi;
• traktorlarniki - ular tomonidan ekin turlari bo’yicha ishlov hajmiga (shartli
etalon gektarda) mutanosib ravishda;
• tuproqqa ishlov beruvchi mashinalarniki - ekin turlari bo’yicha ekilgan
maydon hajmiga mutanosib ravishda;
• ekish agregatlariniki - ekin turlari bo’yicha ekilgan maydon hajmiga
mutanosib ravishda;
• xosilni o’rib-yig’uvchi kombaynlarniki - ekin turlari bo’yicha ishlov
berilgan maydon hajmiga mutanosib ravishda;
• mineral o’g’it soluvchi mashinalarniki - ekinlarga solingan o’g’itlarning


fizik hajmiga mutanosib ravishda;


• bir necha turdagi chorva mollari joylashtirgan binolarniki - har bir chorva
moli turining binoda egallagan joyi hajmiga (metr kvadratda) mutanosib ravishda;
• bir turdagi chorva mollari joylashlashtirgan binolarniki - to’g’ridan -to’g’ri
shu chorva mollari tannarxiga olib boriladi;
• mahsulotlarni saqlash omborlariniki - har bir mahsulot turining omborda
egallagan maydoni hajmiga mutanosib ravishda.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling