O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


Download 0.73 Mb.
bet121/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

Qarz berishning xatar darajasi. Agar qarzning qaytib kelishi kafolatlansa,
foiz past, agar bu xatarli bo’lib, qarz qaytishi shubhali bo’lsa, foiz yuqori bo’ladi.
Odatda, moliyaviy baqquvvt va nufuzli firmalar uchun foiz tayinlanadi. Yuqori va
past foiz o’rtasidagi farq pul egalari uchun ma’lum darajada qarz xatarini
kamaytiradi, chunki bir yerda foizning kamligi, boshqa yerda uning ortiq bo’lishi
bilan qoplanadi.
8.4. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining 
iqtisodiy samaradorligi
Iqtisodiy samaradorlikning mohiyati. Bozor iqtisodiyotiga o’tish xo’jalik
yuritishning oqilona yo’llarini izlab topishni talab qiladi. Bu esa materiallar va
hom ashyoni tejab-tergab sarflash, dastgoh va uskunalardan yaxshiroq foydalanish,
xodimlar ish unumdorligini oshirish, mahsulot birligiga to’g’ri keladigan
xarajatlarni pasaytirish, pirovardida, korxona rentabelliligi va foydaliligini
oshirishni ko’zda tutadi.
Ko’rsatib o’tilgan omillarning barchasi ishlab chiqarishning iqtisodiy
samaradorligiga erishish tushunchasiga birlashadi. Korxona xo’jalik faoliyatining
yakuniy natijasi (foyda)ni unga erishishga sarflangan resurslar bilan taqqoslash


ishlab chiqarishning samaradorligini aks ettiradi. Samaradorlikning oshishi


xarajatlar birligiga to’g’ri keladigan iqtisodiy natijalarning ko’payishi bilan
ifodalanadi. Samaradorlik xo’jalik yuritish mexanizmining takomillashganlik
darajasidan, biznesni to’g’ri yo’nalishda olib borilayotganligidan darak beradi.
Samaradorlikning ta’rifi asosida ishlab chiqarish xarajat-larining tarkibi va
hajmi yotadi. Xarajatlar korxonaning ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini amalga
oshirishda zarur omillar (sarmoyalar, mehnat resurslari, tabiiy resurslar,
tadbirkorlik faoliyati) uchun sarflangan mablag’larning pulda aks ettirilishidir. Ular
mahsulot tannarxi ko’rsatkichida namoyon bo’lib, barcha moddiy xarajatlar,
mahsulotni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari, mehnatga haq to’lash
xarajatlarining puldagi ifodasidir.
Ishlab chiqarishning barcha xarajatlarini ikki guruhga: doimiy va
o’zgaruvchan xarajatlarga bo’lish mumkin. Doimiy xarajatlarga mikdori ishlab
chiqarish hajmi o’zgarishi bilan ham o’zgarmaydigan xarajatlar kiradi. Ular
korxona mahsulot ishlab chiqarmagan holda ham to’lanishi kerak. Ularga
amortizasiya chegirmalari, binolar va uskunalarning ijarasi, sug’urta badallari,
boshqaruv xodimlarining ish haqlari va boshqalar kiradi.
O’zgaruvchan xarajatlar deb, umumiy miqdori bevosita ishlab chiqarish va
sotish hajmlariga kiritilgan, shuningdek mahsulotlarning bir necha turlarini ishlab
chiqarish va sotish bilan bog’liq xarajatlar tushuniladi. Bularga xomashyo,
materiallar, yoqilg’i va elektr energiyasi, ishchilar mehnatiga haq to’lash va boshqa
xarajatlar kiradi.
Ishlab chiqarish xarajatlarining bunday bo’linishi korxonalar faoliyati
samaradorligining har xil ko’rsatkichlarini aniqlash uchun zarurdir. Ishlab
chiqarish samaradorligini aniqlash uslubi umumiy xarajatlar va ularning ayrim
turlarini xo’jalik faoliyatining natijalari bilan taqqoslashdan iboratdir. Buning
uchun turli xil ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Bu ko’rsatkichlarning belgilangan
tasnifi mavjud emas. Har bir korxona iqtisodiyotini o’rganuvchi ularni o’zicha, u
yoki bu ko’rsatkichlarning ahamiyatini ta’kidlash zaruratidan kelib chiqqan holda
yoki korxona ishi natijalarini har tomonlama baholagan holda guruhlarga ajratadi.
Barcha ko’rsatkichlarni quyidagi uchta guruxga birlashtirish maqsadga
muvofiqdir: xo’jalik faoliyatini umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar; resurslarning ayrim
turlaridan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlari; moliyaviy faoliyatni
baholovchi ko’rsatkichlar.





Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling