O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


Ko’zda tutilgan daromadlar summasi


Download 0.73 Mb.
bet74/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

Ko’zda tutilgan daromadlar summasi bu investisiyalashtirilayotgan mazkur
loyihani amalga oshirish evaziga kelgusida olinadigan foyda hajmidir. Lekin u
kelgusida kutilayotgan absolyut miqdorlarda emas, balki yuqorida
ta’kidlanganidek, diskontlash koeffisiyentlari bilan to’g’rilangan holda yuzaga
keladi. Boshqacha qilib aytganda, formulaning suratida so’mning bugungi qiymatida
ifodalangan daromadlar summasi aks etadi.
Ko’rib chiqilayotgan investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun sarflanadigan
barcha xarajatlar hajmi ham xuddi shunday hisoblanadi. Bu hisob-kitoblar bir necha
yildagi investisiya loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan. Agar
investisiyalashtirish qisqa muddatlarga (3 oy, 6 oy yoki 1 yilga) mo’ljallangan
bo’lsa, bunday holda xarajatlar va daromadlarni diskontlashning hojati yo’q.
Foydalilik koeffisiyentiga asoslanib, agar koeffisiyent 1,00 dan yuqori yoki
unga teng bo’lgan taqdirdagina investisiyalashtirilayotgan loyihalarni amalga oshirish


maqsadga muvofiq. Ammo bu hisob-kitob ham yetarli emas. Chunki, mablag’ bilan


ta’minlash taqchilligi yuqori sharoitlarda foydalilik koeffisiyentlari yuqoriroq
bo’lgan loyihalarni qo’llash afzaldir. Buni quyidagi misolda ko’rib chiqaylik. Deylik,
ikkita investision loyiha taqdim etilgan bo’lsin.
Birinchi loyiha bo’yicha xarajatlar hajmi 200 ming so’mni tashkil etib va bu jami
1 mln. so’m miqdorda diskontlangan daromad keltirishi ko’zda tutilgan. Bunda sof
daromad 800 ming so’mni tashkil etadi.
Ikkinchi loyiha bo’yicha esa jami xarajatlar hajmi 50 ming so’mni talab etgan
holda, diskontlangan daromadlar hajmi esa 450 ming so’mni tashkil etadi. Bunda sof
daromad 400 ming so’mga tengdir, ya’ni birinchi loyihadan 2 marta kamdir.
Sizdagi mavjud mablag’ esa 200 ming so’mni tashkil etib, birinchi loyihani
investisiyalashtirish imkoniyatiga egasiz. Xo’sh, bu maqsadga muvofiqmi?
Albatta, yo’q. Chunki, birinchi loyiha uchun foydalilik koeffisiyenti 5 ga (1 mln.
so’m : 200 ming so’m), ikkinchi loyiha uchun esa 9 ga (450 ming so’m: 50 ming
so’m) teng ekanligini hisoblab chiqish unchalik qiyin emas. Demak, agar 200 ming
so’m mablag’ingizni foydalilik koeffisiyenti 9 ga yaqin bo’lgan bir nechta kichik
loyihalarga sarf qilsangiz, natijada siz 1,6 mln. so’mga yaqin sof daromadga ega
bo’lasiz. Bu esa birinchi loyiha daromadiga nisbatan 2 martaga ko’pdir.
Biroq hayotda foydalilik koeffisiyentlari bir xil bo’lgan bir nechta loyihalar bir
vaqtning o’zida kamdan-kam xollardagina uchraydi. Bu koeffisiyentlar ko’pincha bir-
biridan keskin farq qiladi. Shuning uchun qaysi loyihani tanlash masalasi hal
qilinayotganda, avvalo, ularning foydalilik koeffisiyentlari kattaliklari bo’yicha, ya’ni
ushbu koeffisiyentlar miqdorining kamayib borish tartibini ko’rsatuvchi sxema tuzib,
kuzatib borish maqsadga muvofiqdir. Buni xarajat va daromadlar miqdoriga ko’ra
quyidagi jadval tarzida ham ifodalash mumkin (5.3.1-jadval).
Ushbu jadvaldan ko’rinadiki, agar kichik korxona 2,5 mln. so’mlik loyihalarni
investisiyalashtirish imkoniyatiga ega bo’lsa, bu mablag’larni A, B, V va G loyihalar
uchun sarflash maqsadga muvofiq bo’lib, juda katta daromad keltirish imkoniyati
bo’lsa-da, D loyihadan voz kechish. zarurdir.
Agar foydalilik koeffisiyentiga e’tibor bermasdan, faqat ko’zda tutilgan
daromadlarning maksimal miqdorlariga ko’ra ish yuritilganda D, B va V variantlar
tanlangan bo’lardi. Bunda jami xarajatlar 2,4 mln. so’mni tashkil etgan holda,
korxona daromadi 2,955 mln. so’mni tashkil etardi. Agar foydalilik koeffisiyen-
tini hisobga olib tuzilgan investisiya loyihasini amalga oshirganda, olinadigan da-
romad hajmi 3,305 mln. so’mni tashkil etishi mumkin edi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling