O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010
Download 0.73 Mb.
|
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqa xulosalar
5.3.1- jadval
«Jahongir» kichik korxonasining investisiyalashtirilgan loyihalar bo’yicha foydalilik koeffisiyentlarining hisob-kitobi Loyiha Ko’zda tutilgan xarajatlar summasi, ming so’m Ko’zda tutilgan daromadlar summasi, ming so’m Foydalilik koeffisiyenti Ranglar A
840 1,4 1 B 900 1305 1,45 2 V 300 390 1,3 3 G 700 770 1,1 4 D 1200 1260 1,05 5 Yuqorida ta’kidlanganlardan tashqari, amalda bo’lishi mumkin bo’lgan kompleks loyihalarni e’tiborga olish ham lozim. Bu ham investisiya mablag’larini ajratishning variantlaridan biri bo’lib, bunda ma’lum bir loyiha bir vaqtda boshqa bir loyiha bilan parallel amalga oshirilishi mumkin. Masalan, yangi sex qurilishi butun zavodga xizmat qiladigan energetika yoki tozalash inshootlari rekonstruksiyasi uchun ma’lum darajada mablag’ qo’yishni talab etadi. Bunday holda ikkala investisiya mablag’ini sarflash loyihasining ham foydalilik koeffisiyentini hisoblab chiqish lozim. Bunda ushbu koeffisiyentlarning individual darajalariga e’tiborni qaratish shart emas. Misol uchun, firmada 600 ming so’m mablag’ sarflab, 840 ming so’m daromad keltiriladigan loyiha bor. Bunda foydalilik koeffisiyenti 1,4 (840/600) ni tashkil etadi. Lekin, shu bilan birga, firma umumzavod xo’jaligini takomillashtirishga yana 100 ming so’m sarflashi zarur. Bu esa daromadlilikni faqat 60 ming so’m miqdoridagina o’sishiga olib keladi yoki boshqacha qilib aytganda, bu loyiha bo’yicha foydalilik koeffisiyenti 1 dan kichik bo’lib, 0,6 (60/100) ni tashkil etadi. Biroq agar o’zaro bog’liq bo’lgan ushbu loyihalar bo’yicha investisiyalar miqdori va kutilayotgan daromadlarni qo’shsak, bunda birinchi holatda 700 ming so’m (600+100), ikkinchi halatda esa 900 ming so’m (840+60) kelib chiqishini ko’ramiz. Shunday qilib, umumiy (integral) foydalilik koeffisiyenti 1,29 (900/700) ni tashkil etadi, ya’ni 1 dan ancha yuqori. Bu esa bizga ikkala loyihani bir vaqtda amalga oshirish uchun qancha mablag’ sarflash mumkinligini ko’rsatadi. Qisqa xulosalar Yangi biznes korxonalarini tashkil qilish bir necha bosqichdan iborat. Ular ta’sis etilgan joyidagi mahalliy hokimiyat organlari tomonidan davlat ro’yxatidan o’tadi. Davlat ro’yxatidan o’tkazilgan korxonaga: hokimiyatning korxonani davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi qarorlaridan ko’chirma, hokimiyat ro’yxatidan o’tkazilgan va tasdiqlangan korxona Nizomi hamda korxonaning ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi davlat orderi topshiriladi. Korxona faoliyatini olib borishda biznes-reja muhim rol o’ynaydi. Biznes rejaning tuzilishi va mazmuni qat’iyan chegaralanmagan. Fikrimizcha, yetti bo’limdan iborat biznes reja eng maqbul biznes rejadir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini tahlil qilishda foydalilik koeffisenti usulidan foydalanish oddiyligi va qulayligi bilan ajralib turadigan usul bo’lib, u yetarlicha asosli qarorlar qabul qilishga yordam beradi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling