O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010
Download 0.73 Mb.
|
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org
Kd = 1 / 1 + K*T ; (2)
bu yerda, Kd – diskont koeffisiyenti yoki pul qiymatining o’zgarish sur’ati (odatda, bank kreditlari bo’yicha o’rtacha foiz darajasida qo’llaniladi); K – foiz stavkasi, %; T – investisiya ajratilgandan boshlab o’tgan vaqt, yil; Masalan, bank stavkasi 10% ga teng bo’lsa, uchinchi yil uchun diskontlash koeffisenti: K = 1/ 1 + 0,1*3 = 0,769 ni tashkil etadi. Bundan foydalanib, yuqorida ko’rib chiqqan misolimiz uchun investisiyaning qoplanish muddatini aniqlaymiz. Buning uchun (1) formuladan foydalanib, investisiyaning qoplanish davrida pul qiymatining farqini aniqlab olamiz. Diskontlanish koeffisenti: Diskontlanish daromadari: 1-yilda 1/ 1+0,1*1 = 0,9091; 25000 x 0,9091=22728 so’mni 2-yilda 1/ 1+0,1*2 = 0,8333; 35000 x 0,8333=29166 so’mni 3-yilda 1/ 1+0,1*3 = 0,7692; 48000 x 0,7692=36922 so’mni Shunday qilib, bank stavkasi 10% bo’lgan holda, tashkil etadi. Jami bo’lib, uch yilda diskontlangan, ya’ni so’mning bugungi kundagi xarid qilish qobiliyatida ifodalangan daromadlar hajmi 88816 so’m (22728+29166+36922) ni tashkil etadi. Demak, firma bo’yicha investisiyaning to’liq summasini qoplash uchun firmaga 31184 (120000-88816) so’m yetishmayapti. Endi, to’rtinchi yilda investisiya umumiy hajmining yetishmayotgan qismini yanada aniqroq qilib hisoblab chiqishimiz mumkin. Demak, to’rtinchi yilda diskontlangan daromadlar: 1 / (1+0,1*4) = 0,7142; 54000x0,7142 = 38567 so’mni tashkil etadi. Endi firma uchun investisiyaning yetishmayotgan summasini (31184 so’m) hisoblab chiqilgan to’rtinchi yildagi investisiya summasi (38567 so’m) ga bo’lib 0,81 ga ega bo’lamiz. Shunday qilib, firma investisiyalarining qoplanish muddati 4 yilni emas, balki 3,81 yilni tashkil etar ekan. Vaholanki, firma investisiya xarajatlarining ma’lum vaqt o’tishi bilan qiymati (tannarxi) ning o’zgarib borishini hisobga olmay amalga oshirgan oldingi hisob-kitoblarimizdagi muddat 3,22 ni tashkil etgan edi. Ammo belgilangan davrlardagi muddatlar ichida barcha omillarni hisobga olib, yanada aniqroq hisoblab chiqqan investisiyalarning qoplanish ko’rsatkichi ishlab chiqilayotgan loyiha uchun ajratilgan mablag’larning 4 yil muddatga zo’rg’a yetishini ko’rsatdi. Agar bank kreditlarining foizlari ham inflyasiya darajasini hisobga olib borsa, unda ushbu loyihani qabul qilish maqsadga muvofiq emasdir. Shuning uchun investisiyalashtirilayotgan loyihalarni ishlab chiqish davomida ko’zda tutilayotgan (iqtisodiy) omillardan tashqari, ko’zda tutilmagan (tabiiy, ijtimoiy, siyosiy) omillarni e’tiborga olgan holda bir necha variantlarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Bunday holatlarda mavjud barcha investisiyalash variantlarini investisiyalarning foydalilik darajalarini aniqlash orqali o’rganib chiqish tavsiya etiladi. Foydalilik ko’rsatkichi sifatida foydalilik koeffisiyenti deb ataluvchi kattalikdan foydalanish mumkin. U quyidagi formula yordamida hisoblanadi: Foydalilik koeffisenti = Ko’zda tutilgan daromadlar summasi (3) Ko’zda tutilmagan xarajatlar summasi Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling