O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


Kichik korxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil


Download 0.73 Mb.
bet72/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

5.3. Kichik korxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil 
qilish asoslari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona va tashkilotlar faoliyat yuritishlarini
mablag’ bilan ta’minlash iqtisodiy muammolardan biri bo’lib, katta tavakkalchilikni
talab etadi. Sarflangan mablag’larni qaytarish, qoplash muddati qanchalik uzoq
bo’lsa, bu xavf darajasi ham shunchalik oshib boradi. Chunki, bu muddat ichida
bozor kon’yunkturasi ham, narx-navolar ham, ish haqi to’lovlari ham zimdan oshib
boradi. Shuning uchun, iqtisodiyot barqaror bo’lmagan sharoitlarda (ayniqsa, bu holat
nafaqat ayrim tovar bozori, balki butun mamlakatga xos bo’lsa) xarajatlari tezroq
qoplanadigan samarali loyihalarga mablag’ sarflash maqsadga muvofiqdir.
Bunday yondashuv fan-texnika taraqqiyotining sur’ati eng yuqori bo’lgan va
yangi texnologiya yoki mahsulotlarning kirib kelishi oldingi investisiyalarni tezda
qadrsizlantirib yuborishi mumkin bo’lgan tarmoqlar uchun juda muhimdir. Bundan
tashqari, pulni oluvchi yetarli obro’ga ega bo’lmasa va mablag’ egasi uzoq muddatga
unga pulni ishonishni xohlamasa ham mablag’ning o’zini qoplash muddatiga qarab
ish ko’riladi.
Misol tariqasida, «Jahongir» kichik korxonasining mablag’ bilan ta’minlanish va
uni o’zlashtirish tartibini ko’rib chiqamiz. Korxona ixtiyorida o’zlashtirish uchun 120
ming so’mlik xomashyo resurslari va tayyor mahsulotlar mavjud. Mazkur
resurslardan foydalanish natijasida korxona 35 ming so’m daromad olishni ko’zda
tutmoqda. Shu asnoda korxona rivojlanish fondidan ajratilgan pullar va bankdan
olingan kreditlarni 4 yildan kechiktirmasdan qaytarishi rejalashtirilgan. Xo’sh, ushbu
loyiha talabni qondira oladimi?
Buning uchun quyidagi hisob-kitoblarni amalga oshiramiz.
Korxona xarajatlarini qoplash muddati quyidagi formula orqali hisoblanadi:
Xarajatlarni
qoplash muddati =
Boshlang’ich
investisiyalar
= 120000 = 3,4 yil
(1)
Har yilgi pul daromadlari
35000
Mazkur hisob-kitobdan ko’rinadiki, hisoblab chiqilgan xarajatlarning qoplanish
muddati belgilangan muddatdan ancha kam (8 oyga). Demak, investisiya
ajratishning ushbu varianti qulaydir.
Ammo amalda pul daromadlari har yili har xil bo’ladi. Odatda, ular ish boshida
kamroq bo’lib, keyinchalik o’sib borishi mumkin (agar loyiha biror-bir aniq
maqsadni ko’zlagan bo’lsa va ishlab chiqaradigan mahsulot xaridorgir bo’lsa).
Bunday holatda xarajatlarni qoplash muddati ancha boshqacha bo’ladi.
Faraz kilaylik, investisiya miqdori misolimizdagi kabi bo’lib, yillar bo’yicha
ko’zda tutiladigan tushumlar quyidagicha bo’lsin:
birinchi yilda – 25 ming so’m;
ikkinchi yilda – 35 ming so’m;
uchinchi yilda – 48 ming so’m;
to’rtinchi yilda – 54 ming so’m.
Bulardan ko’rinadiki, 3 yilda daromadlar hajmi 108 ming so’mni tashkil etadi.


Demak, investisiyaning to’liq qoplanishi uchun to’rtinchi yili davomida atigi 12


ming so’m talab etiladi. Bu summani to’rtinchi yilda ko’zda tutilgan daromadlar
summasi (54 ming so’m) ga teng bo’lib, shu yil uchun xarajatlarning qoplanish
muddati – 0,22 yilga ega bo’lamiz. Shunday qilib, xarajatlarni qoplash muddati 3,22
yilni (3,0 + 0,22) tashkil etadi.
Investisiyalarni tahlil qilishning bunday usuli oddiyligi va aniqligi bilan ajralib
turadi. Uning qulayligi yana shundaki, agar investisiya yo’l qo’yiladigan muddatda
qoplanishi nuqtai nazaridan baholanganda, u investisiyaning qaltisligi haqida ham
aniq tasavvurga ega bo’lishga yordam beradi. Shu boisdan, bunday hisob-kitob
investisiyani baholashning eng mukammal usullariga foydali qo’shimcha bo’la oladi.
Chunki ular, ko’pincha, kutilishi mumkin bo’lgan iqtisodiy inqiroz xavfini unchalik
yaqqol ifodalay olmaydi.
Bu usulning ham o’ziga yarasha kamchilik va nuqsonlari bor, albatta.
Birinchidan, u pulning vaqt davomida qiymat o’zgarishini hisobga olmaydi.
Ikkinchidan, yuqorida keltirilgan formulada investisiya to’liq qoplangandan keyin
tushadigan daromadlar ham ko’rsatilmagan. Zero, yangi fondlar undan keyin ham
ishlatiladi. Shu sababli, ushbu kamchiliklarni hyech bo’lmaganda qisman bartaraf
etish uchun, xarajatlarni qoplash muddatini so’mning bugungi va kechagi qiymati
o’rtasidagi farqni hisobga olgan holda qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Pullar yoki sarflangan mablag’larning bugungi va kechagi qiymatlari o’rtasidagi
farqni hisobga olish uchun investisiyalarning qoplanishi hisob-kitob qilinayotganda
kelgusidagi daromadlar diskontlash koeffisiyentlariga ko’paytiriladi. Diskont
koeffisiyentlari quyidagi formula orqali hisoblanadi:

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling