O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish iqtisodiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Me’yoriy usul.
- Qiymat usuli.
Ashyoviy usul. Ishlab chiqarishning naturaviy metodi ish turlari bo’yicha
ishchining kasbi bo’yicha ish unumini naturalь ko’rsatkichlarda aniqlab beradi (terilgan g’ishtning kubometrdagi hajmi, konstruktsiyalarning kubometri, yuzalarning kvatrat metrlari) yoki yakuniy mahsulotni bitta ishchiga to’g’rikeladigan hajmda umumiy o’lcham birliklarida o’lchash (yashash maydoning kvadrat metrlari, quvur o’tkazgichlarning kilometri va h.k.). Ish turldari bo’yicha ashyoviy (natural) ko’rsatkichini (ishchining ashyoviy ko’rsatkichlardagi ish unumini) natural ko’rsatkichlarda (kubometrlar, 131 pogonometrlar, kvatrat metrlar) da o’lchangan alohida ish turi hajmining ushbu ish turini bajargan ishchilar soniga (kishi) nisbati orqali aniqlash mumkin. Natural ko’rsatkich (ishalb chiqarilgan naturaviy miqdor) mehnat unumdorligining eng ob’ektiv va ishonchli ko’rsatkichi deb hisoblanadi. Ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorining naturaviy o’lchamlardagi ko’rsatkichlari alohida birgadalar va ishchilarning mehnat unumdorligini aniqlash hamda taqqoslash, ularning sonini rejalashtirish, professionalь va saviyaviy (kvalikatsion) tarkibini, turli tashkilotlarda bir xil tipli ob’ektlarni qurishda bir jinsli ishlarni bajarishdagi mehnat unumdorligini qiyoslash imkonini beradi. Biroq unumdorlikning bunday ko’rsatkichlari ham kamchiliklardan holi emas. Masalan ular qurilish har xil jinsli ishlarning bir nechta turlarining bajarilishida tashkiloti bo’yicha mehnat unumdorligining umumlashgan ko’rsatkichini aniqlash imkoniyatini bera olmaydi, tugatilmagan ishlab chiqarish qoldiqlarining o’zgarishini hisobga olmaydi. Me’yoriy usul. Mehnat unumdorligini o’lchashning me’yoriy metodi me’yorlarda ko’satilgan mehnat sarfi asosida faktli mehnat sarfining aniq ish hajmiga nisbatini ko’rsatadi, ya’ni ishchilar tomonidan ishalb chiqarish me’yorlarining bajarilish darajasini tavsiflaydi. Me’yoriy ko’rsatkich ishlar mehnat sig’imining me’yor bo’yicha (kishi-kunlar) nisbatini 100% ga ko’paytirish orqali ifodalab beradi. Me’yoriy metod yoxud me’yoriy vaqtning qisqarish darjasini, yoki ishlab chiqarish me’yorining bajarilish darajasi (miqdori)ni aniqlash imkonini beradi. Qiymat usuli. Mehnat unumdorligini aniqlashning qiymat usuli eng ko’p talqalgan bo’lib, bunda mahsulot miqdori smeta narxda yoki shartnoma asosida kelishilgan narxda hisobga olinadi. Bu usulda mehnat unumdorligining darajasi asosiy va yordamchi ishlab chiqarish, ya’ni qurilish tashkilotining qurilish-ishlab chiqarish personali bo’yicha bitta ishchiga to’g’ri keladigan qurilish-montaj ishlarining smeta narxlari orqali o’lchanishi bilan tavsiflanadi. Qiymat ko’rsatkichni qurilish tashkiloti (korxona, firma) bo’yicha hamda birlashma, vazirlik miqiyosida umumiy mehnat unumdorligini belgilaydigan ko’rsatkich deb hisoblash mumkin. Ushbu ko’rsatkichning ustunlik tomonlari – 132 hisoblashning oddiyligi, turli ob’ektlar, qurilishlarda unumdorlikning darajasini taqqoslash imkoniyati mavjudligi, o’tgan qator yillar davomida unumdorlikning dinamikasini aniqlash, uning kamchiliklari – jonli mehnat samaradorligiga hech qanday aloqasi bo’lmagan ishlarning material sig’imiga, mehnat qurollari va predmetlarining dinamikasiga bo’lgan ta’siri. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling