O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/108
Sana22.10.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1716210
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   108
Bog'liq
Qurilish iqtisodiyoti

Joriy zaxiralar  yaqin kelajakda amalga oshirilishi mumkin, qoidaga ko’ra 
ular ahamiyatli tarzdagi yagona vaqtli mablag’larni talab etmaydi. Ularga yaxshi 
jihozlardan foydalanish, yaroqsiz jihozlarni ishlab chiqarish tizimidan olib 
tashlash, mehnatga haq to’lashning eng maqbul va samarali tizimlarini qo’llash, 
korxonalarda mehnatni tashkil etishni takomillashtirish va uni me’yorlashtirish 
kiradi. 
Istiqboldagi zaxiralar odatda ishlab chiqarish, qayta qurish, yangi 
texnologiyalarni tadbiq etish va shunga o’xshashlarni talab etadi, buning uchun 
qo’shimcha kapital mablag’lari va ishlarni amalga oshirish uchun ahamiyatli 
tarzdagi muddatlar zarur bo’ladi. 
Unumdorlikni mohiyati jihatidan aniqlash, aynan mahsulot hajmining uni 
ishlab chiqarishga sarflangan mablag’larga bo’lgan nisbatidan kelib chiqqan holda 
unumdorlik to’rtta holatda oshishi mumkin: 
- mahsulot hajmining oshishi, sarf-xarajatlarning esa pasayishi (klassik 
holat); 
- mahsulot hajmining sarf-xarajatlarga qaraganda tez o’sishi; 
- mahsulotning hajmi o’zgarishsiz qoladi, sarf-xarajatlar esa pasayadi; 
- sarf-xarajatlarning pasayishiga nisbatan mahsulot hajmining kam suratlar 
bilan pasayishi. 
Mehnat 
unumdorligini 
o’sishini ta’minlash bo’yicha boshqarish 
strategiyasini tanlash ushbu holatlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. 


130 
9.3. Mehnat unumdorligini o’lchash usullari 
 
Turli tashkilotlardagi mavjud rezervlarni baholash, mehnat unumdorligining 
darajasini o’lchash, o’tgan bir qator yillar davomida mehnat unumdorligining 
dinamikasini yuzaga chiqarish uchun qurilishda mehnat unumdorligini to’g’ri 
(ob’ektiv) o’lchash muhim ahamiyat kasb etadi. 
Qurilishda mehnat unumdorligining darajasini ikkita asosiy ko’rsatkich bilan 
aniqlash mumkin: vaqt birligida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori (unumdorlik) 
va mahsulot birligini tayyorlashga sarflanadigan vaqt (mehnat sig’imi). 
Mehnat unumdorligi mahsulot hajmi va sarflangan mehnat qanday 
birliklarda o’lchanishiga bog’liq ravishda turli usullar bilan aniqlanadi. 
O’lchash usullari: 
1. 
Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish hajmi; 
1.1. Ashyoviy (natural); 
1.2. Me’yoriy; 
1.3. Qiymat(narx): yalpi, tovarli, shartli toza, sof mahsulotli. 
2. 
Sarflangan mehnat (mehnat sarfi): 
2.1. Kishi-soat; 
2.2. Kishi-kun
2.3. Personalning o’rtacha soni. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling