O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/108
Sana22.10.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1716210
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   108
Bog'liq
Qurilish iqtisodiyoti

1. Umumiy tushuntirish matnida ob’ektning loyihaviy quvvati, 
mahsulotlar nomentklaturasi, sifati va raqobatbardoshligi, ob’ekt bo’yicha 
resurslarga bo’lgan talab-ehtiyojlar to’g’risidagi ma’lumotlar, qurilish maydoni 
joylashgan rayonning ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik sharoitlari, bosh reja, 
injenerlik tarmoqlari va kommunikatsiyalari hamda investitsion loyihani amalga 
oshirishning boshqa xarakteristikalari bo’yicha asosiy ko’rsatkichlar haqidagi 
ma’lumotlar beriladi. 
2. Bosh reja va transport. Bosh reja, ichki maydon va tashqi transport 
bo’yicha ko’rsatkichlar, hududni ko’kalamzorlashtirish bo’yicha asosiy rejaviy 
yechimlar, tadbirlar va boshqa materiallarni o’z ichiga oladi. 


89 
3. Texnologik yechimlar – ishlab chiqarish texnologiyasi, mahsulotlarni 
tayyorlash uchun zarur bo’lgan mehnat sig’imi xarakteristikalari, mahsulotlar 
sifatini nazorat qilishni tashkil etish bo’yicha takliflar, texnologik jarayonlarning 
yoqilg’i-energetik va moddiy balanslari, atrof-muhitga zararli moddalarni 
chiqarishni bartaraf etish bo’yicha texnik yechimlar keltiriladi va h.k. 
4. Ishlab chiqarish, korxonani boshqarish hamda ishchi va xizmatchilar 
uchun barcha zarur bo’lgan sharoitlarni yaratishni tashkil etish va ularning 
mehnatini muhofaza qilish korxonani boshqarishning tashkiliy-funktsional 
tuzilmasi tahlilini, boshqarishning avtomatik tizimi (BAT), ishchi o’rinlari soni va 
jihozlar bilan ta’minlanganligi, ishchi-xodimlar mehnat qilishlari uchun sanitariya-
gigienik sharoitlarning yaratilganligi, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik 
texnikasi bo’yicha chora- tadbirlarni o’z tarkibiga kiritadi. 
5. “Arxitekturaviy-qurilish yechimlari” bo’limiga qurilish maydonining 
muhandis-geologik va gidrogeologik sharoitlari to’g’risidagi ma’lumotlar, 
arxitekturaviy-qurilish yechimlarining va ishlab chiqarish shovqinlarini va 
tebranishlarni pasaytirish bo’yicha chora-tadbirlarning asoslanishi kiradi va h.k. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling