O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/108
Sana22.10.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1716210
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   108
Bog'liq
Qurilish iqtisodiyoti

Moliyalashtirish strategiyasiquyidagi ma’lumotlar: loyihani amalga 
oshirish uchun qancha mablag’ kerak bo’ladi, kreditni qaerdan va qanday shaklda 
olish mumkin, kreditning shartlari, sarflangan mablag’lar qanday muddatda 
qoplanishi mumkinligini o’zida mujassamlaydi. 
Ishlab chiqilgan biznes – reja natijalari asosida buyurtmachi bo’lajak qurilish 
ob’ektining berilgan rayonda qurilishi ko’zda tutilayotganligi to’g’risidagi arznoma 
bilan mahalliy hokimiyat organlariga murojaat qiladi. Qurilishi ko’zda tutilayotgan 
ishlab chiqarish ob’ektlari to’g’risidagi arznomada korxona to’g’risidagi texnik va 
texnologik ma’lumotlar, ishchilar va xizmatchilarning taqribiy soni, korxonaning 


84 
xom ashyo va materiallar, energiya resurslari, suv, yer resurslariga bo’lgan 
taxminiy ehtiyoji, korxonaning atrof-muhit va ekologik vaziyatga ko’rsatadigan 
ehtimoliy ta’siri to’g’risidagi tushunchalar, ishchi-xizmatchilar hamda ularning 
oilalari, ularni turar-joy, madaniy va maishiy xizmatlar ko’rsatadigan ob’ektlar 
bilan ta’minlay olishi to’g’risidagi ma’lumotlar keltiriladi. Qurilishi ko’zda 
tutilayotgan ob’ekt to’g’risidagi arznoma moliyalashtirish manbalari va tayyor 
mahsulotdan foydalanishga oid ma’lumotlarni ham o’zida mujassam etadi. 
Qurilishi ko’zda tutilayotgan ob’ekt to’g’risidagi arznoma to’g’risida ijobiy 
xulosa olingandan so’ng buyurtmachi qurilishga ajratiladigan investitsiyalarni 
texnik-iqtisodiy jihatdan asoslashni ishlab chiqishga kirishadi. Investitsiyalarni 
texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash xo’jalikning zarur ekanligi, investitsiyalarning 
texnik imkoniyatlari, tijorat, iqtisodiy va ijtimoiy nuqtai-nazardan maqsadga 
muvofiqligi haqida qaror qabul qilish maqsadida olib boriladi. 
Qurilish investitsiyalari texnik-iqtisodiy asosi (TIA) muhim hujjat 
hisoblanadi, uning asosida qurilishi ko’zda tutilayotgan ob’ektni qurish va texnik 
loyihani ishlab chiqish uchun printsipial qarorlar qabul qilinadi. 
Investitsiyalar TIAni ishlab chiqishda marketing, talab va ehtiyojga oid 
bo’lgan savollar bo’yicha narx, inflyatsiya, ishbilarmonlik faolligini hisobga olgan 
holda ancha chuqur izlanishlar olib boriladi, shuningdek, bozor kon’yunkturasini 
oldindan tahlil va bashorat qilish asosida mahsulotlarni sotish siyosati ancha puxta 
asoslab beriladi, mahsulotlar savdo-sotig’ini rag’batlantirish bo’yicha chora – 
tadbirlar ishlab chiqiladi, tashqi bozor uchun ham shu xuddi shunday ishlar amalga 
oshiriladi va h.k. Shu bilan bir qatorda, asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlar 
texnologiyasi ham ancha chuqur asoslab beriladi, bo’lajak korxonaning resurslar 
bilan ta’minlanishi yuqori darajadagi puxtalik bilan tahlil qilinadi. 
Investitsiyalar TIA tarkibiga qurilish ob’ektining joylashish o’rnini 
asoslashga doir ma’lumotlar: transport kommunikatsiyalari, injenerlik tarmoqlari, 
ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastruktura ob’ektlari, mahsulotlarni sotish 
bozorining mavjudligi kiradi. Bu bo’lim hajmiy - rejaviy va konstruktiv savollar 
bo’yicha printsipial yechimlar: qurilishning muddati va ketma-ketligi, qurilishni 


85 
tashkil etish hamda uning texnologiyasi bo’yicha umumiy holatlar, energiya gaz 
ta’minoti yechimlarini o’z ichiga oladi. Atrofdagi tabiiy muhitga ko’rsatiladigan 
ta’sir xarakteri baholanadi, mehnat va moddiy-texnik resurslarga bo’lgan 
ehtiyojlar, asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar va investitsiyalarning smaradorligi 
aniqlanadi, buyurtmachi tomonidan mamlakatda va xorijda qurilgan ob’ektlarning 
ularga o’xshash bo’lgan ob’ektlarga nisbatan texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari 
qiyoslangan holda tahlil qilinadi. 
Investitsiyalar TIAni ishlab chiqishda, qoidaga ko’ra, qurilish ob’ektining 
bir nechta variantlari ko’rib chiqiladi. Har bir variant bo’yicha narxning eng yirik 
ko’rsatkichlari bo’yicha kapital mablag’lar hajmi (K), mahsulotning tannarxi (T), 
solmishtirma kapital mablag’lar, xom – ashyolar, yoqilg’i, elektroenergiyaning 
solishtirma sarfi, ishlayotgan ishchi – xodimlarning soni, mehnat unumdorligi 
aniqlanadi. 
Investitsiyalar TIA bo’limlarining nomlari biznes-reja bo’limlarining 
nomlariga yetarli darajada yaqin bo’ladi, lekin ular mazmun-mohiyati bo’yicha 
iqtisodiy jihatdan chuqur ishlanishi singari, injenerlik yechimlari bo’yicha ham 
biznes – reja bo’limlaridan farq qiladi. Agar biznes-reja investitsiyalar TIA ishlab 
chiqilgandan keyin ishlab chiqilgan vaziyatlarda investitsiyalar TIA materiallari 
biznes-rejani ishlab chiqish uchun xizmat qiladi. Biznes-reja bunday holatda 
korxonaning pul to’lay olish qodirligi va moliyaviy ustuvorligini tasdiqlash 
maqsadida shakllantiriladi. 
Investitsiyalar TIA davlat ekspertiza xulosalari va ob’ekt quriladigan joyning 
ijro hokimiyati organi tomonidan kelishilganligi to’g’risidagi qaror asosida 
tasdiqlanadi. Ob’ektning joylashish o’rnini tanlash qurilish uchun maydon tanlash 
dalolatnomasi 
orqali 
rasmiylashtiriladi 
va 
tasdiqlanadi. 
Tasdiqlangan 
investitsiyalar TIA va maydon tanlash dalolatnomasi loyihalashning keyingi 
bosqichi – loyiha (texnik loyiha)ga o’tish imkonini beradi. 
Texnik topshiriqning ishlab chiqilishi va uning loyihalashtirishga taqdim 
etilishidan keyin loyihani ishlab chiqishga kirishiladi. Texnik topshiriqning 
loyihalashtirishga berilishi buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi. Lekin 


86 
buyutmachi topshiriqni tuzish uchun yetarlicha saviyaga ega emasligi tufayli uni 
tuzish uchun loyihalash yoki injiniring firmasini jalb etadi. Texnik topshiriq 
loyilash ishlari uchun tuzilgan har qanday shartnoma (kontrakt)ning ajralmas qismi 
deb hisoblanadi. 
Sanoat ob’ektini loyihalash uchun taqdim etilgan topshiriq qurilish rayoni, 
punkti va maydoni, mahsulotning tavsifi, uning nomenklaturasi va ishlab chiqarish 
quvvati, texnologik jarayonlar va jihozlarga asoslangan ixtisoslashtirish va 
koopiratsiyalash, xom – ashyolar, suv, yoqilg’i, gaz va elektr energiyasi bilan 
ta’minlaydigan manbalar, oqava suvlarni tozalash va oqizib yuborish sharoitlari, 
tayyor mahsulotlarni iste’mol qiladigan rayonlar, qurilish mudduti va quvvatlarni 
ishga tushirish ketma – ketligi, kapital mablag’larning taxminiy miqdori, yashash – 
fuqaro qurilishining hajmi va uni joylashtirish to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z 
ichiga oladi. 
O’rnatilgan amaliyotga ko’ra texnik loyihani ishlab chiqishga qadar 
bajarilgan loyihalash, qidiruv va tekshirish ishlarini loyihalash oldi bosqichi deb 
hisoblash qabul qilingan. Loyihalashning bevosita bosqichi texnik loyihani ishlab 
chiqish bilan boshlanadi. 
Loyihalashga topshiriqni tayyorlashda qurilish uchun maydonni tanlash 
loyiha buyurtmachisi, loyihalash tashkiloti, pudratchi qurilish tashkiloti, mahalliy 
hokimiyat organlari, sanitariya - epidemiologiya xizmati, davlat yong’in xavfsizligi 
nazorati, davshahartexnazorat, suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza 
qilish organlari, temir yo’l, aloqa, energetika, fuqaro mudofa boshqarmalarining 
vakillaridan tashkil topgan komissiya tomonidan olib boriladi. 
Qurilish maydoni uchun qishloq xo’jaligi maqsadlarida foydalanishga 
yaroqsiz bo’lgan va aholi punktlari, suv ta’minoti, energiya ta’minoti manbalariga 
yaqin bo’lgan yer uchastkalarini tanlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Maydon 
sanitariya talablarini qondirmog’i lozim. 
Komissiya maydonni tanlash to’g’risidagi dalolatnomani tuzadi, ushbu 
dalolatnoma ko’zda tutilayotgan loyihaviy yechimlar hamda korxonani injenerlik 


87 
tarmoqlari va kommunikatsiyalariga ulash to’g’risidagi kelishuvning asosiy hujjati 
deb hisoblaniladi. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling