O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Yarim o’tuvchan va o’tuvchan kanallar
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish iqtisodiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Loyihalashtirishning ilg’or yo’nalishi
Yarim o’tuvchan va o’tuvchan kanallar ichiga kommunikatsiyalarni
birgalikda (qo’shma tarzda) yotqizish orqali muhandislik-kommunikatsiyalari tarmoqlari uzunligini qisqartirishga hamda ekspluatatsiya jarayonida sarflanadigan mablag’larni kamaytirishga erishish mumkin. Loyihalashtirishning ilg’or yo’nalishi – bu texnologik jarayon nuqtai- nazaridan o’zaro bog’langan (hamda bog’lanmagan) bir nechta korxonalarni bir guruhga birlashtirishdir. Bunda sanoat tuguni(uzel) haqida so’z yuritilyapti. Sanoat tuguniga tegishli bo’lgan korxona turli vazirliklarga bo’ysunishi mumkin. Korxonalarni ta’mirlash, asbob-uskuna va quyish tsexlari, suv-kanalizatsiya, transport va energetika korxonalari, tibbiyot va maktabgacha tarbiya maussasalari hamda boshqalarni o’z ichiga olgan yagona xizmat ko’rsatish bazasida binolar bevosita bir-biriga yaqin joylashtiriladi. Sanoat tugunlarini qurish alohida korxonalarni qurishga qaraganda qurilish maydonini ancha qisqartirish imkonini beradi va ekspluatatsiya xarajatlarini 20 foizga kamaytiradi. Sanoat qurilishida binolar hajmini qisqartirish maqsadida ko’prikli kranlar o’rniga yer usti transporti qo’llaniladi, texnologik jihozlar ochiq holatda joylashtiriladi, madaniy-maishiy xizmat ko’rsatish joylarining antresol va fermalar (qurilish konstruktsiyasi) orasidagi fazoviy kengliklarga joylashtirilishi loyihalash jarayonida ko’zda tutilishi taqoza etiladi. Umuman olganda ko’plab ishlab chiqarish korxonalari ishlab chiqarish tsexlarida texnologik jihozlarni binolar tashqarisiga emas, balki ichkariga ochiq 100 holatda joylashtirish uchun imkoniyatlar mavjud bo’ladi yoki ularni joydagi usti yopiq joylarga joylashtirish talab etiladi. Texnologik o’rnatmalarni kimyo va metallurgiya, qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati hamda shu kabilarda yopiq va yarim yopiq holatda joylashtirish mumkin. Hozirgi vaqtda tashqarida joylashgan maydonlarga joylashtirish uchun zarur bo’lgan issiqlik izolyatsiyasiga ega bo’lgan yangi germetik jihozlarning namunalari ishlab chiqarilmoqda. Texnologik jihozlarni ochiq maydonlarga joylashtirishda qurilishga sarflanadigan mablag’lar 4 – 6 % ga qisqaradi. Konstruktsiyalarni yiriklashtirish va fazoviy konstruktsiyalarga o’tish orqali konstruktiv yechimlarni takomillashtirishga erishish mumkin. Temirbeton zavodlarida qoliplash metodini qo’llash orqali maqbul hajmdagi konstruktsiyalar tayyorlanadi. Zavodda tayyorlangan yassi elementlardan yig’ma-quyma konstruktsiyalar yaratiladi. Bunday konstruktsiyalarga hajmli sanitar-texnik kabinalar, lift shaxtalari, tonnellarning shaxtalari, kvartira bloklari, sanoat binolari yopilmasi metall bloklarini misol tariqasida keltirish mumkin. Qurilishda katta o’lchamli oraliq va tom yopish plitalari hamda devor panellarini qo’llash keng tarqalmoqda. Loyihachilar bir nechta operatsiyalarni avtomatlashtirish bilan mexanizatsiyalashgan usulda yangi konstruktsiyalarni tayyorlash ustida ish olib borishmoqda. Temirbeton konstruktsiyalarda montaj uchun mo’ljallangan ilgaklarni boshqa moslamalar bilan almashtirish oldinga maqsad qilib qo’yilgan. Loyiha yechimlari samaradorligini oshirish yo’nalishlaridan biri bu to’liq yig’ish asosida qurilishni rivojlantirishdan iboratdir. Loyihalarning iqtisodiy jihatdan samara keltirishini va sifatini yaxshilashga namunaviy (tipovoy) loyihalarni keng qo’llash, unifikatsiyalangan konstruktsiyalar va gabaritli sxemalardan foydalanish evaziga erishish mumkin. Qurilish-montaj ishlarining 80 % dan ortiqrog’i ob’ektlarda namunaviy(tipovoy) loyihalar bo’yicha bajariladi. Ayniqsa namunaviy(tipovoy) loyihalar turar joy binolarini tiklashda va qishloq qurilishida keng qo’llaniladi (95 % dan ortiqrog’i). Namunaviy loyihalar qo’llanishi loyihada ko’rsatilgan materiallar hajmini kamaytiradi, bu esa o’z 101 navbatida loyihalarni ishlab chiqish muddatini qisqartirish uchun shart-sharoit yaratadi, loyihalash va ilmiy-tadqiqot ishlariga sarflanadigan mablag’larni 30–40 % ga pasaytiradi. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling