O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


 Loyiha yechimlari iqtisodiy samaradorligini


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/108
Sana22.10.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1716210
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   108
Bog'liq
Qurilish iqtisodiyoti

6.4. Loyiha yechimlari iqtisodiy samaradorligini
oshirishning asosiy yo’nalishlari 
 
Loyihalanayotgan ob’ektning iqtisodiy samaradorligi ko’p jihatdan
ekspluatatsiya shart-sharoiti, chiqarilayotgan mahsulot tannarxi hamda loyiha 
yechimlari qanchalik to’g’ri qabul qilinganligiga bog’liq bo’ladi. Loyiha 
yechimlari 
iqtisodiy 
samaradorligini 
oshirishning 
asosiy 
yo’nalishlari 
quyidagilardan iborat bo’ladi: hajmiy-rejaviy yechimlar, konstruktiv yechimlarni 
takomillashtirish, 
ilg’or 
texnologiya 
asosida 
olingan 
materiallar 
va 
konstruktsiyalarni qo’llash va boshqalar. 
Hajmiy-rejaviy 
yechimlarni 
takomillashtirish. 
Hududda 
qurilish 
ob’ektlari zichligi (tig’isligi)ning oshishi loyihaviy yechim iqtisodiy 
samaradorligiga katta ta’sir ko’rsatadi. Qurilishning past koeffitsientida 
muhandislik kommunikatsiyalarni tortib kelish masofasi, yo’llarning uzunligi
o’sib boradi, ko’kalamzorlashtirishga, zxavod ichidagi transport va injenerlik 
kommunikatsiyalari tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishga sarflanadigan mablag’lar 
oshadi. 
Ob’ektlarni hudud bo’yicha ratsional (kompaktli) joylashtirishga binolar 
orasidagi masofalarni qisqartish orqali erishiladi. Sanoat korxonalari binolarining 
hududga o’zaro birgalikda joylashtirilishi zavod ichida qo’llanadigan transport 
turiga bog’liq bo’ladi, ayniqsa temir yo’l transportidan foydalanilganda binolar 
orasidagi masofa katta bo’ladi. Bundan temir yo’l transportidan faqat yoqilg’i, xom 
ashyo, qurilish materiallarini tashish va tayyor mahsulotni olib ketish uchun 
foydalanish zaruriyati kelib chiqadi. 
Binolarni yiriklashtirish va bloklashtirish solishtirma kapital mablag’larni 
keskin (sezilarli darajada) qisqartirish va hududda qurilish ob’ektlari zichligini 


99 
(tig’iz joylashuvini) oshirish imkonini beradi. Binolarni yiriklashtirish jarayoni 
qurilishning hamma turlari uchun xarakterlidir. Yirik shaharlarda quriladigan turar 
joy binolari ko’p qavatli bo’lib, katta uzunlikka (200-500 kvartiraga) ega bo’ladi. 
Qishloq xo’jaligida 100-180 ming chorva mollariga mo’ljallangan majmualar, yirik 
parrandachilik fabrikalari va sut beruvchi qoramol fermalari quriladi. 
Sanoatda binolarni sexlar va yordamchi-xo’jalik xizmat bloklariga 
bloklashtirish olib boriladi. Alohida tsexlar o’nlab gektar maydonni egallashi 
mumkin. Yiriklashtirish jarayonini kichik tumanlar va qishloq aholi punktlari 
uchun ham qo’llash tavsiya etiladi. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling