O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish iqtisodiyoti
o
– ob’ektni qurishda sarflanadigan mehnat hajmi, kishi – kun. Ishlarni bajarishdagi mehnat sig’imining solishtirma ko’rsatkichi qurilish- montaj ishlarini ishlab chiqarishda sarflanadigan mehnat hajmini o’zida aks ettiradi va qurilayotgan ob’ekt uchun qabul qilingan konstruktiv yechimlarining texnologikligini hamda qurilish-montaj ishlarining mexanizatsiyalashganlik darajasini tavsiflaydi. Kapital mablag’lar umumiy hajmidagi qurilish-montaj ishlarining solishtirma salmog’i S qmi quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi. (6.3) Bu ko’rsatkich qurilishning industrializatsiyalashganlik darajasini tavsiflaydi. Qurilish koeffitsienti K q qurilish yer uchastkasidan foydalanish darajasini belgilaydi: (6.4) Bu yerda G’ q va G’ um mos ravishda uchastkaning qurilayotgan va umumiy hududlari. 95 Bino maydoni (k m ) va hajmidan (k h ) oqilona foydalinish darajasi k o va k h (6.5) va (6.6) bu yerda: G’ – binoning umumiy maydoni, m 2 ; G’ p – foydali (yashash yoki ishlab chiqarish maydoni), m 2 ; V – binoning hajmi, m 3 . k m va k h koeffitsientlar mos ravishda binoning umumiy maydoni yoki hajmining qanday qismidan bevosita mo’jallangan vazifa uchun foydalanishni, xonalar (qavatlar) balandligi qanday darajada to’g’ri tanlanganligi va yordamchi - xo’jalik xonalari to’g’ri loyihalanganligini ko’rsatadi. Ko’rsatkichlar tizimining mavjudligi murakkab texnik va xo’jalik yechimlarini har tomonlama yetarli darajadagi aniqlik bilan baholash imkonini beradi. Biroq shu bilan bir qatorda bu ko’rsatkichlar ziddiyatli jihatlarga ham egadir. Agar bir variantning barcha ko’rsatkichlari boshqa variantnikidan yaxshi bo’lsa, u holda masala juda oddiy bo’ladi. Lekin afsuski, amaliyotda bunday holat, ya’ni oddiylik kamdan – kam bo’ladi. Shunday holatlar bo’ladiki, masalan, qurilishning muddatini qisqartirishga ancha qimmat industrial konstruktsiyalarni qo’llash orqali erishiladi, ekspluatatsion sarf - xarajatlarni qisqartirishga esa ancha qimmat bo’lgan materiallarni qo’llash, issiqlikning izolyatsiyasiga sarflanadigan mablag’larni oshirish yo’li bilan erishiladi, qurilishga sarflanadigan mehnat sig’imini qisqartirish uchun esa mehnat unumdorligi ancha yuqori bo’lgan va ancha qimmat turadigan mexanizmlarni qo’llashga to’g’ri keladi. Bir xil bo’lgan vaziyatlarda u yoki bu yechimlarni baholash uchun joriy xarajatlarning farqini hisobga olgan holda qo’shimcha kapital mablag’larning miqdorini solishtirish yoki taqqoslash yetarli bo’ladi. Masalan, variantlarning bittasi bo’yicha kapital mablag’larning miqdori boshqasinika nisbatan ko’p K 1 K 2 , lekin boshqa variant bo’yicha joriy xarajatlarning miqdori (qurilish mahsuloti 96 tannarxi) ikkinchi variantnikiga nisbatan past: S 1 S 2 , bu esa qurilish vaqtida qilingan ortiqcha sarf-xarajatlarni bildiradi, bunday ortiqcha sarf-xarajatlar ekspluatatsiya jarayonida mahsulot tannarxini pasaytirish orqali erishiladigan iqtisodiy ko’rsatkichlar bilan tartibli ravishda bartaraf etila boriladi, ya’ni muntazam ravishda kompensatsiyalanadi. Ikkinchi variant: qurilish kam kapital mablag’lar evaziga amalga oshiriladi: K 1 K 2 , lekin bunda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning yillik tannarxi yuqori bo’ladi: S 1 S 2 . Eng samardor variantni aniqlashda olib boriladigan hisoblashlar quyidagi ketma - ketlikda bajariladi: dastlab ko’rib chiqilayotgan K 1 va K 2 variantlar bo’yicha kapital mablag’larlarning farqi aniqlanadi, bu farq birinchi variant ko’rsatkichlarini ikkinchi variant ko’rsatkichlari bilan solishtirilganda olingan birinchi variant bo’yicha qo’shimcha kapital mablag’larni bildiradi, so’ngra mahsulot tannarxini pasaytirish miqdori yoki S 1 va S 2 ekspluatatsion xarajatlar aniqlanadi. Kapital mablag’lar o’sishining tannarx pasayishiga ko’rsatadigan ta’siri bu pasayishning uni yuzaga keltiruvchi kapital mablag’larga bo’lgan nisbati bilan aniqlanadi. Bu nisbatni solishtirma iqtisodiy samaradorlik koeffitsienti deb atashadi (E): (6.7) Bu koeffitsient qo’shimcha kapital mablag’lar har bir so’miga to’g’ri keladigan mahsulot tannarxini pasaytirish evaziga erishiladigan iqtisodiy samaradorlikni anglatadi. Samaradorlik koeffitsienti qiymatining yo’l qo’yiladigan minimal chegaraviy oralig’i sifatida qabul qilinadigan qiymatidan past bo’lagn yechim samarasiz deb baholanadi, Ye m = 0,12 qiymat samaradorlik koeffitsientining minimal chegaraviy oraliq qiymati sifatida qabul qilinadi, CHetki SHimol rayonlari yoki ularga tenglashtirilgan rayonlarda loyihanayotgan yoki 97 qurilayotgan ob’ektlar uchun Ye m sh =0,08. Bunday shart – sharoitlarda (6.7) formula quyidagi ko’rinishni oladi. (6.8) Misol. Yig’ma temirbeton zavodini rekonstruktsiya qilishning maqsadga muvofiq ekanligini aniqlash. Zavodning quvvati P = 10 mln. m 3 /yil temirbeton elementlari ishlab chiqaradi; mahsulotning tannarxi S 1 =350 so’m/m 3 , rekonstruktsiyadan keyin mahsulot tannarxi S 2 =310 so’m/m 3 ni tashkil etadi, K 1 = 0. Samaradorlikni hisoblash: zavod K solishtirma quvvat birligiga to’g’ri keladigan qo’shimcha kapital mablag’ni aniqlaymiz.] Samaradorlikning hisoblangan koeffitsienti quyidagini tashkil etadi Bundan zavodni rekonstruktsiya qilish maqsadga muvofiq ekanligi kelib chiqadi. Zavodni rekonstruktsiya qilishning maqsadga muvofiq ekanligini belgilaydigan temirbeton konstruktsiyalarning chegaraviy maksimal qiymati quyidagicha aniqlanadi: bunda S 1 = 350 – (250 x 0,12) = 320 so’m / m 3 98 Bir nechta variantlarni taqqoslashda hisoblashlar yaqinlashish metodi orqali variantlar juftligi bo’yicha har bir juft uchun eng yaxshi variantni aniqlash yo’li bilan olib boriladi. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling