O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Ilg’or texnologiya asosida ishlab chiqarilayotgan materiallar va
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish iqtisodiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metall konstruktsiyalar
Ilg’or texnologiya asosida ishlab chiqarilayotgan materiallar va
konstruktsiyalar. Agar qurilish maydoniga korxonalar (zavodlar)da masimal darajada puxtalik bilan tayyorlanib keltirilgan yig’ma konstruktsiyalar va detallardan ob’ektlar tiklansa iqtisodiy samaradorlik ahamiyatli tarzda oshadi. Detallarning qoniqarsiz sifatda tayyorlanishi esa qurilish-montaj ishlarini bajarishda qo’shimcha mehnat sarfini yuzaga keltiradi va bu esa ishlarning tannarxini oshirishga olib keladi. Pol va tom bo’yicha ishlar bajarish jarayonida mehnat sig’imini qisqartirish va ularning sifatini oshirish uchun keyingi yillarda tom va oraliq tom yopmalarining kompleksli plitalari ishlab chiqarilmoqda. Konstruktsiya va detallarning zavodda tayyorlanish darajasini oshirish qurilishda amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlarini 4-6 % ga qisqartirish imkonini beradi. Yig’ma beton va temirbeton konstruktsiyalarni qo’llash bilan ishlab chiqarish va metall hamda yog’ochdan tayyorlangan konstruktsiyalar hajmi ortadi. Metall konstruktsiyalar qo’llanilishi sanoatning shunday tarmoqlarida keng tarqalganki, bu tarmoqlarda texnologik jarayonning o’ziga xos jihatlariga bog’liq ravishda temirbeton konstruktsiyalarni qullashga yo’l quyilmaslik talab etiladi, bunday tarmoqlarga katta dinamik yuklanganlikka ega bo’lgan metallurgiya korxonalirini misol tariqasida keltirish mumkin. SHuningdek, metall konstruktsiyalardan katta oraliqli binolarni qurishda ham keng ko’lamda foydalaniladi, bunday binolarda temirbeton konstruktsiyalarni qo’llash iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas (aviatsiya sanoatidagi yig’ish tsexlari, oraliqli ko’priklarni qurishda va h.k.). Metall konstruktsiyalarning iqtisodiy samaradorligini oshirishga ularni ishlab chiqarish jarayonida yuqori mustahkamlikka ega bo’lgan po’latlardan, egilgan profillardan, keng taxtali prokatdan, elektrpayvandlanadigan quvurlardan foydalanish bilan erishiladi. 102 Samarador yengil metall konstruktsiyalarni keng tadbiq etish qurilish ob’ektlarini qurish uchun moddiy ta’minot tuzilmasini takomillashtirishga katta ta’sir ko’rsatdi. Bino massasining kamayishiga asosan temirbeton plitalar o’rniga antikorroziya qoplamasiga ega bo’lgan po’latdan tayyorlangan profilli yopilmalarni qo’llash orqali erishiladi. Alyuminli qotishmalardan tayyorlangan konstruktsiyalarni derazalar tabaqalari, vitrajlar, devorbop osma panellar, agressiv muhitli binolarning yuk ko’taruvchi konstruktsiyalari, qurilish uchun suyuqliklarni saqlashga mo’ljallangan sig’imli idishlar yasash va shu kabilar uchun qo’llash ancha maqsadga muvofiqdir. Transport magistrallaridan olisda joylashgan qurilish ob’ektlarini tiklashda ularning qo’llanilishi ayniqsa katta samara beradi. Qurilishda alyuminli qotishmalardan tayyorlangan konstruktsiyalar qo’llanishi fuqaro va sanoat qurilishi ob’ektlari sifatini yaxshilashda keng istiqbolga egadir va fasadlar umrboqiyligi hamda ularning estetik sifatini oshirishga xizmat qiladi. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling