O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/108
Sana22.10.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1716210
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   108
Bog'liq
Qurilish iqtisodiyoti

Marketing rejasi marketing, narxlarni hosil qilish (narxlarni belgilash)ning 
maqsad va strategiyasini, ishlar va xizmatlarni taqsimlash sxemasini o’zida 
mujassam etadi, reklama va jamoatning fikrini shakllantirishga oid savollarni 
yechadi. 
Ishlab chiqarish rejasi bo’lajak qurilish ob’ektining ishlab chiqarish 
quvvati to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Agar so’z qurilish tashkiloti 
haqida yuritilayotgan bo’lsa, u holda unda qurilish tashkilotining quvvati, uning 


83 
asosiy ishlab chiqarish jamg’armalari, tashkilot salohiyati to’g’risidagi 
ma’lumotlar keltiriladi. Bosh vazifa – buyurtmachilarga o’zini salohiyatli qilib 
ko’rsatish, ya’ni taklif etilayotgan ish hajmlarini tashkilot zarur bo’lgan 
muddatlarda va talab etiladigan sifatda bajara olishga qodir ekanligini namoyon eta 
bilish. 
Tashkiliy rejapudratli firma tashkiliy strukturasi va uning personali: 
tarkibi, yoshi, ma’lumoti, ish tajribasi; ishchi kuchi, moddiy sharoitlari, kadrlar 
siyosati va shu kabi ma’lumotlarni o’z ichiga kiritadi. Agar so’z qurilayotgan 
ob’ekt, korxona haqida borayotgan bo’lsa, u holda ham xuddi shunday 
ma’lumotlar keltiriladi. 
Huquqiy ta’minlanganlik. Qurilish-montaj va loyihalash firmalari uchun 
ularning tuzilgan sanasi ko’rsatiladi, ro’yxatdan o’tganligi to’g’risida ma’lumotlar, 
muassislik hujjatlari, faoliyat yuritishni asoslovchi guvohnomaning raqami 
(litsenziyaning nomeri), mulkchilik shakli, boshqa tashkilotlar bilan ishlash 
to’g’risidagi shartnomalar yoki taqrizlarning nusxalari keltiriladi. 
Xavf-xatrga borish (tavakkal qilish) va sug’urtlashning baholanishida – 
xavf-xatar darajasi va berilgan korxonada ishlab chiqarishga ishtirok etishining 
maqsadga muvofiqligi aniqlanadi, qurilish ob’ektlari, ishlarning bajarilishi va 
xizmatlar ko’rsatilishini sug’urtalashga doir savollar ko’rib chiqladi. 
Moliyaviy reja – bajarilgan ishlar hajmi, foyda, tannarx, daromadlar va 
xarajatlar, pul mablag’larining aylanishi, moliyaviy muvozanatni o’z ichiga oladi. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling