O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish iqtisodiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muhandislik-qidiruv ishlari
Loyihalash topshirig’ini buyurtmachi loyihalash tashkiloti ishtirokida
tasdiqlangan TIA asosida tuzadi. Sanoat ob’ektini loyihalash uchun taqdim etilgan topshiriq qurilish rayoni, punkti va maydoni, mahsulotning tavsifi, uning nomenklaturasi va ishlab chiqarish quvvati, texnologik jarayonlar va jihozlarga asoslangan ixtisoslashtirish hamda koopiratsiyalash, xom – ashyolar, suv, yoqilg’i, gaz va elektrenergiya bilan ta’minlaydigan manbalar, oqava suvlarni tozalash va oqizib yuborish sharoitlari, tayyor mahsulotlarni iste’mol qiladigan rayonlar, qurilish mudduti va quvvatlarni ishga tushirish ketma – ketligi, kapital mablag’larning taxminiy miqdori, yashash – fuqaro qurilishining hajmi va uni joylashtirish to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Muhandislik-qidiruv ishlari ob’ektni qurishda va uni ekspluatatsiya qilishda texnik jihatdan to’g’ri hamda iqtisodiy asosolangan loyihaviy yechimlarni qabul qilish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni olish maqsadida olib boriladi. Injenerlik qidiruv ishlari ikkita: iqtisodiy va texnik tadqiqotlar qismlariga bo’linadi. Injenerlik qidiruv ishlarining iqtisodiy qismi investitsiyalarning TIA ni ishlab chiqish va biznes-reja tuzish vaqtida olib boriladi. Lekin bu izlanishlarning ma’lum qismidan loyihash jarayonida ham foydalaniladi. Iqtisodiy izlanishlar vazifasiga quyidagilar: ishlab turgan korxonalarning mavjudligi, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, xom-ashyo manbalari, yoqilg’i-energiya resurslari, turli vazifalarni bajarishga mo’ljallangan injenerlik tarmoqlari, temir va avtomobil yo’llari, suvning ulanish yo’llari, mehnat resurslari va yashash maydoni, xom ashyo bazasini rivojlantirish, yer fondining holati haqidagi malumotlarni to’plash kiradi. Texnik tadqiqotlar yoki izlanishlar jarayonida bajariladigan ishlar kompleksiga topografik – geodezik ishlar, injener – geologik, gidrogeologik va gidrologik, iqlimiy, tuproq – va geobotanik, sanitar - gigienik tadqiqotlar, qurilishni tashkil etish loyihasini ishlab chiqish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni 88 to’plash kiradi. Tadqiqotlarning to’liq va sifatli bajarilganligi loyihada qabul qilingan yechimlarning to’g’riligi va maqsadga muvofiq ekanligini aniqlab beradi. Loyihalash ikkita bosqich – texnik loyiha va ishchi chizmalar yoki bitta bosqich – texnik-ishchi loyiha orqali amalga oshirilishi mumkin. Ikkita bosqichda murakkab sanoat ob’ektlari, shuningdek, shaharlarda quriladigan, bosh rejaga ega bo’lmagan turar joy ob’ektlari loyihalanadi. Boshqa barcha ob’ektlar bitta bosqichda loyihalanadi. Texnik loyiha quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi: 1) umumiy tushuntirish matni; 2) bosh reja va transport; 3) texnologik yechimlar; 4) ishlab chiqarish va korxonani boshqarish hamda ishchi va xizmatchilar uchun sharoitlar yaratish va ular mehnatini muhofaza qilishni tashkil etish; 5) arxitekturaviy – qurilish yechimlari; 6) injenerlik jihozlari, tarmoqlar va tizimlar; 7) qurilishni tashkil etish; 8) atrof - muhitni muhofaza qilish; 9) fuqarolarni himoyalash bo’yicha injener – texnik tadbirlar; 10) smeta hujjatlari; 11) investitsiyalarning samaradorligi. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling