O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


 Xo‘jalik hisobi turlarida qo‘llaniladigan o‘lchov birliklari


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

1.3. Xo‘jalik hisobi turlarida qo‘llaniladigan o‘lchov birliklari 
Hisobning har bir turi bir xil xo‘jalik operatsiyasini turli vaziyatlarda ko‘rib 
chiqadi, bu esa ayrim bosqichlarda uning foydalanuvchilarini qiziqtiradigan 
axborot oqimlarining kesishishini istisno qilmaydi. Bunga erishish hisobning 


14 
barcha turlariga hos bo‘lgan muhim xususiyat, ya’ni bir xil o‘lchovlardan: natura, 
mehnat va pul o‘lchovlaridan foydalanish tufayli mumkin bo‘ladi.
Hisob ishlarida qo‘llaniladigan o‘lchov birliklaridan alohida-alohida 
foydalanish mumkin. 
Shunday xo‘jalik jarayonlari amalga oshiriladiki, ularda bir vaqtda natural 
va pul o‘lchov birliklaridan foydalaniladi. O‘lchov birliklarini qo‘llash birinchidan 
hisob turiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan amalga oshirilayotgan xo‘jalik jarayoniga 
ham bog‘liqdir. Hisob turlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda 
o‘lchov birliklaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi. 
Natura o‘lchovlari – hisobga olinayotgan xo‘jalik mablag‘lari va ularning 
xarakatlarini natura holida ifodalash uchun xizmat qiladi. Natura o‘lchovlarini 
qo‘llash hisobga olinayotgan obyektning xususiyatlari, ya’ni uning fizik va 
iste’mol hossasi fark qiladi. Masalan, hisob obyektlari: og‘irlik birligida (gramm, 
kilogramm, tsentner, tonna); hajm birligida (metr, kubometr); uzunlik birligida 
(santimetr, metr, kilometr); hisob birligida (dona, bosh) va boshqalarda o‘lchanadi. 
Natura o‘lchov birliklari moddiy qiymatliklarni hisoblash, tortish va 
o‘lchash natijasida olingan ma’lumotlarni hisobga olish, ularning miqdor hamda 
sifat o‘zgarishlari ustidan nazorat olib borish uchun qo‘llaniladi. Ular yordamida 
umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarning olinishi istisno qilinadi. 
Mehnat o‘lchov birligi – mahsulotni ishlab chiqarish yoki sarf qilingan 
mehnat sarfini o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Ularning o‘lchov birligi bo‘lib 
minut, soat, kun va dekadalar hisoblanadi. Ular yordamida mahsulot ishlab 
chiqarish me’yorlari, mehnat unumdorligi, ish haqini hisoblash va boshqalar 
nazorat qilinadi. Mehnat o‘lchov birligi yordamida mehnat unumdorligini aniqlash 
imkoni natura o‘lchov birligi bilan birga ishlatilgandagina aniqlash mumkin. 
Mehnat o‘lchov birligi ko‘p hollarda bir turli xo‘jalik munosabatlarini o‘rganishda 
ishlatiladi. 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling