O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

sinov belgilanmaydi. 
Dastlabki sinov muddati uch oydan oshib ketishi mumkin emas. 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri va xodim uzrli sabablarga ko‘ra 
ishda bo‘lmagan boshqa davrlar dastlabki sinov muddatiga kiritilmaydi. 
Mehnat shartnomasi quyidagi sabablarga ko‘ra bekor qilinishi mumkin: 
1) taraflarning kelishuviga ko‘ra. Ushbu asosga binoan mehnat 
shartnomasining barcha turlari istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin; 
2) taraflardan birining tashabbusi bilan; 
3) muddatning tugashi bilan; 
4) taraflar ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra; 
5) mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra. Mehnatga oid 
munosabatlarni bekor qilish to‘g‘risidagi shart mehnat shartnomasida bu 
shartnoma ish beruvchi tomonidan korxona rahbari, uning o‘rinbosarlari, bosh 
buxgalter bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi bo‘lmagan taqdirda esa, bosh 
buxgalter vazifasini amalga oshiruvchi xodim bilan tuzilganda, shuningdek 
qonunda yo‘l qo‘yiladigan boshqa hollarda ham nazarda tutilishi mumkin.
6) yangi muddatga saylanmaganligi (tanlov bo‘yicha o‘tmaganligi) yoxud 


249 
saylanishda (tanlovda) qatnashishni rad etganligi munosabati bilan.
Xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddati 
tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasini ham, ikki hafta oldin ish 
beruvchini yozma ravishda ogohlantirib, bekor qilishga haqlidir. Ogohlantirish 
muddati tugagandan so‘ng xodim ishni to‘xtatishga haqli, ish beruvchi esa, 
xodimga mehnat daftarchasini berishi va u bilan hisob-kitob qilishi shart. 
Xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan mehnat shartnomasi 
ogohlantirish muddati tugamasdan oldin ham bekor qilinishi mumkin. 
Mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ish beruvchi xodimga uning 
mehnat daftarchasini va mehnat shartnomasining bekor qilinishi haqidagi 
buyruqning nusxasini berishi shart. 
Mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinganda 
xodimga tegishli ish haqi, uning miqdori xususida nizo bo‘lmasa: 
1) mehnat shartnomasi bekor qilingan kunga qadar ishlayotgan xodimga, — 
mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni; 
2) mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ishlamayotgan xodimga, — u 
hisob-kitob qilishni talab etgan kuni to‘lanishi kerak. 
Mehnat shartnomasi xodimning tashabbusi bilan bekor qilinganda unga 
tegishli ish haqi, uning miqdori xususida nizo bo‘lmasa: 
1) qonun bo‘yicha yoki shartnomaga muvofiq mehnat shartnomasini bekor 
qilish haqida ish beruvchini ogohlantirishi shart bo‘lgan xodimga, — 
ogohlantirishiga ko‘ra u ishni tashlab ketishga haqli bo‘lgan kundan 
kechiktirmasdan; 
2) mehnat shartnomasini bekor qilishi haqida ish beruvchini ogohlantirishi 
shart bo‘lmagan xodimga, — ishdan ketgan kunining ertasidan kechiktirmasdan 
to‘lanishi lozim.
Xodim ish tartibi yoki grafigiga yoxud mehnat shartnomasi shartlariga 
muvofiq o‘z mehnat vazifalarini bajarishi lozim bo‘lgan vaqt ish vaqti 
hisoblanadi. 


250 
U ish tartibi yoki grafigiga yoxud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq 
belgilanadi. 
Xodim o‘zining bevosita majburiyatlarini amalda bajarmagan, hatto ish 
joyida ham bo‘lmagan, biroq ish beruvchining ixtiyorida bo‘lgan vaqt ham ish 
vaqtiga kiritiladi. Masalan, bekor turib qolishlar, xizmat safarlari, vaxtadagi 
smenalar o‘rtasidagi dam olishlar, ish joyida dam olish va ovqatlanish vaqtlari
agar ishlab chiqarish shartlariga ko‘ra ish kuni davomida dam olish va ovqatlanish 
uchun maxsus tanaffus belgilash mumkin bo‘lmasa, ish vaqti hisoblanadi. Xodim 
o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanishi mumkin bo‘lgan dam olish vaqtlari – ish vaqti
hisoblanmaydi, xodim bu vaqt davomida o‘z mehnat vazifalaridan ozod bo‘ladi va 
ish joyida bo‘lmasligi mumkin. 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling