O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

Ish vaqtining normal muddati haftasiga 40 soatdan ortiq bo‘lishi mumkin 
emas. Bu norma qonunda belgilangan va tomonlarning kelishuvlariga ko‘ra yoxud 
boshqa me’yoriy yoki lokal hujjatlar bilan o‘zgartirilishi mumkin emas. U har bir 
korxonadagi Ichki mehnat tartibi qoidalarida mustahkamlab qo‘yiladi va xodimlar 
ham, ish beruvchilar ham unga rioya qilishlari shart. Ish beruvchi tomonidan 
korxonadagi barcha xodimlar, ayrim toifadagi xodimlar va tomonlarning 
kelishuviga ko‘ra ayrim xodimlar uchun aniq ish vaqti muddati haftasiga 40 soat 
doirasida belgilanadi. 
Ayrim toifadagi xodimlar uchun ularning yoshi, sog‘lig‘i holati, mehnatning 
shartlari, mehnat vazifalarining o‘ziga xos xususiyatlari va o‘zga holatlarni 
inobatga olib, mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar
shuningdek mehnat shartnomasi shartlariga binoan mehnatga to‘lanadigan haqni 
kamaytirmasdan, ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi. 
Ish vaqtining qisqartirilgan muddati quyidagilar uchun belgilanadi: 

o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlar (O‘zR MK 242-modda); 

I va II guruh nogironi bo‘lgan xodimlar (O‘zR MK 220-moddaning 
uchinchi qismi); 

noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlar (O‘zR MK 


251 
117-modda); 

alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi xodimlar (O‘zR MK 118-modda); 

uch yoshga to‘lmagan bolalari bor, byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan 
ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollar (O‘zR MK 228-
1-modda). 
Yuqori darajadagi his-hayajon, aqliy zo‘riqish, asab tangligi bilan bog‘liq, 
ya’ni alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi ayrim toifadagi xodimlar uchun 
(tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqalar) ish vaqtining muddati haftasiga 
o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi. Bunday xodimlar ro‘yxati va 
ular ish vaqtining aniq muddati O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan 
belgilanadi. 
Xodim uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatidan tashqari ishlash 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling