373
bo‘lgan hollarda natura shaklida detallashgan ko‘rsatkichlar-ni beruvchi hisob
Analitik hisob schyotlari; the account of analytical accounting; счётa
aнaлитического учетa; analitik hisob yurituvchi buxgalteriya hisobi schyotlari.
Ular ma’lum sintetik schyotning ko‘rsatkichlarini detallashtirish uchun ochiladi.
Analitik schyotlar faqat murakkab sintetik schyotlarga ochiladi. Analitik hisob
schyotlari sintetik hisob schyotlariga o‘xshab debet va kreditga ega. Ular bo‘yicha
aylanmalari va saldosi chiqariladi. Bunda bir sintetik schyot bo‘yicha ochilgan
barcha analitik schyotlarning debet va kredit
aylanmalarining jami hamda
saldolarining jami so‘m hisobida shu sintetik schyotning debet va kredit
aylanmalari hamda saldosiga teng bo‘lishi kerak. Buxgalteriya hisobini
takomillashtirish jarayonida analitik hisobni yuritishning
samaraliroq prinsiplari
ishlab chiqildi. Hisobning jurnal-order shaklida analitik hisob yordamchi
(jamg‘aruvchi) vedomostlarda yuritiladi, ayrim hollarda esa sintetik schyotlar bilan
birga bir jurnal-orderda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: