O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov
Download 3.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya
vazifalar bajarilmogi kerak:
1. Dastlabki hujjatlarni har tomonlama tekshirish. 2. Buxgalteriya registrlari bilan to‘liq ta’minlanish. 3. Buxgalteriya registrlariga hisobot davri boshlang‘ich qoldiqlarini to‘g‘ri aks ettirib chiqish. 4. Buxgalteriya provodkalarini hisob registlariga tegishli tartibda o‘z vaqtida yozish. Buxgalteriya registrlariga hisobot davri boshida boshlang‘ich qoldiqlar aks ettirilganda, oldingi hisobot davri uchun ohirgi qoldiq ko‘rsatkichlari olinadi. Ushbu boshlang‘ich qoldiq summalari tegishli buxgalteriya hisobi registrlarida aks ettirilayotganda, ularning tagiga chiziq chiziladi. Bunday chiziq tortilishiga sabab, hisobot davri davomida aks ettirilgan oborot summalari bilan boshlang‘ich qoldiq summasini xatolik bilan qo‘shib yuborilmaslik. Buxgalteriya registrlarida yozuvlar aks ettirilayotganda, xuddi dastlabki hujjatlarga qo‘yilgan talablarga rioya etish zarur. Yozuvlarni aks ettirish talablari 134 shundaki, siyohli, ruchkalardan, kimeviy qalamlardan, yozuv mashinkalardan foydalanish zarur. Oddiy rangli qalamlardan foydalanish esa, ta’qiqlanadi bu bilan yozuvlarni o‘zgartirish oldi olinadi, yozuvlarni uzoq vaqt saqlanishi ta’minlanadi. Yozuvlarni buxgalteriya registrlarida qanday usulda aks ettirishga ko‘ra, mashinada yozish va qo‘lda yozishga bo‘lish mumkin. Mashinada yozish deganda, yozuv mashinalari, elektron hisoblash mashinalari yordamida buxgalteriya registrlarini rasmiylashtirish tushuniladi. Buxgalteriya registrlaridagi yozuvlar ulardan necha nusxadan rasmiylashtirilishi ko‘ra, bir va bir necha nusxali bo‘ladi. Bir necha nusxada buxgalteriya hisobi registrlari rasmiylashtirilishida, ularni har bir nusxasi alohida-alohida rasmiylashtirilishi yoki ko‘chirish qog‘ozlaridan (kopirovka) foydalangan holda rasmiylashtirilishi mumkin. Bir necha nusxada yoziladigan hujjatlar, asosan, dastlabki hujjatlar bo‘lib, ularga dalolatnomalar, TTN (tovar-transport nakladnoy)larni, schyot-fakturalarni, nakladnoylarni, to‘lov talabnomasi, to‘lov topshiriqnomalarini, shartnomalarni misol tariqasida keltirish mumkin. Ko‘chirish qog‘ozlari yordamida yozuvlarni aks ettirish orqali xato yozuvlar kamayishiga, hisob ishlarini tezlashishiga va oqibat natijasida buxgalteriya xodimlari mehnat unumdorligi oshishiga erishiladi. Download 3.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling