O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov
Buxgalteriya hisobi registrlari haqida tushuncha va ularning ahamiyati
Download 3.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.2. Buxgalteriya hisobi registrlarining turlari, ularni yuritish tartibi
7.1. Buxgalteriya hisobi registrlari haqida tushuncha va ularning ahamiyati Buxgalteriya hisobi korxonalar faoliyatini yoppasiga, uzluksiz hisobini olib borar ekan, bunda hujjatlashtirish ahamiyati yuqoridir. Kuzatish natijasida olingan ma’lumotlar dastlabki hujjatlarda aks ettirilib boriladi, so‘ngra shu dastlabki hujjatlar har tomonlama tekshirilib, buxgalteriyaga qabul qilib olinadi. Tekshirib qabul qilib olingan dastlabki hujjatlar asosida buxgalteriya provodkalari amalga oshiriladi. Tabiiyki, bu buxgalteriya provodkadari ham hujjatlashtirilishi shart. Buning uchun buxgalteriya hisobi registrlaridan foydalaniladi. Demak, buxgalteriya hisobi registrlari – hisob yozuvlarini (buxgalteriya provodkalarini) aks ettirishga mo‘ljallangan jadvallardir. Buxgalteriya hisobi registrlari - jurnallar, vedomostlar, kitoblar, tasdiqlangan blankalardir. Hisob registrlarining ahamiyati shundaki, ularga schyotlarga tegishli ko‘rsatkichlar aks ettiriladi, umumlashtiriladi, oy oxiriga qoldiqlar aniqlanadi va umuman, xo‘jalik mablag‘lari va ular tashkil topish manbalari bilan bog‘liq ma’lumotlar aks ettirib boriladi. Hisob registrlari ma’lumotlari oy oxirida umumlashtirilib, korxona balans va hisobotlarini tuzishda asos hisoblanadi. Demak, hisob registrlaridagi ma’lumotlarning nechoglik o‘z vaqtida to‘g‘ri va aniq rasmiylashtirilishi nafaqat korxonaning o‘zim uchun, balki uning balans va hisobotlaridan foydalanuvchilar uchun ham ahamiyatli ekan. 7.2. Buxgalteriya hisobi registrlarining turlari, ularni yuritish tartibi Buxgalteriya yozuvlarining turliligi, xajmi har xilligidan kelib chiqib, ular aks ettiriladigan hisob registrlari ham turlichadir. Hisob registrlari turlari o‘rganilayotganda, ularni quyidagi xususiyatlariga 129 e’tibor bermok kerak: 1. Tashqi ko‘rinish. 2. Ularda aks etiriladigan yozuvlarning turliligi. 3. Ma’lumotlarning xajmi. Hisob registrlari tashqi ko‘rinishi xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha turkumlanadi: Daftarlar (kassa daftari, «bosh daftar»). Kartochkalar. Varaqlar (vedomostlar). Kartochkalar, asosan xo‘jalik mablag‘lari analitik hisobi uchun qo‘llaniladi. Kartochkalarning kontokorrekt, ko‘p ustunli va boshqa turlari mavjud. Kontokorrekt kartochka shakli pul o‘lchovida (qiymatda) hisobi yuritiladigan xo‘jalik jarayonlarini har bir schyotning debet va kredit tomonlarida aks ettirilishida foydalaniladi va har bir oy oxiridja schyotlar bo‘yicha oborotlarni aniqlashda asos bo‘ladi. Ko‘p ustunli kartochkalarning yana biri sifatida “Asosiy ishlab chiqarish” xarajatlari hisobi uchun yuritiladigan kartochkani misol sifatida keltirish mumkin. Kartochkalar maxsus kartotekalarda saqlanadi. Kartotekaga kartochkalar joylashtirilayotganda moddiy javobgarligi joylangan o‘rni va boshqa xususiyatlariga ahamiyat berib, guruhlarga ajratilgan holda qo‘yiladi. Buxgalteriya hisobi registrlari yozuv turlariga ko‘ra 3 xil bo‘ladi: 1. Xronologik hisob registrlari. 2. Tizimli hisob registrlari. 3. Kombinatsiyalashgan registrlar. Download 3.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling