O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi
Download 7.07 Mb.
|
Асанов Дауран БМИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitiruv ishining ob’ekti
- Bitiruv ishi nazariy va amaliy ahamiyati
- Bitiruv ishining tuzilishi va hajmi.
Bitiruv ishining maqsadi - Oliy ta’lim tizimida Umumiy fizika kursining Elektromagnetizm bo’limida modulini uqitishda pedagogic texnologiyalarning urni.
Bitiruv ishi maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilab olindi: Birinchidan, elektromagnetizm modulini xorijiy va asosiy adabiyotlardan foydalanilgan holda ma’ruza matnlarini tayyorlash: Ikkinchidan, modul doirasida ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar uchun innovatsion texnologiyalar qo’llanilgan dars ishlanmalarini ishlab chiqish; Uchinchidan, elektromagnetizm moduli doirasida nostandart testlar qo’llanilgan nazorat topshiriqlari va mustaqil ta’lim yuzasidan ko’rsatmalar ishlab chiqish; To’rtinchidan, tanlangan mavzu bo’yicha xulosa va tavsiyalar hamda glossariy tayyorlash. Bitiruv ishining ob’ekti – Oliy ta’lim tizimida Umumiy fizika kursining elektromagnetizm bo’limini o’qitish jarayoni. Bitiruv ishining predmeti - Oliy ta’lim tizimida Umumiy fizika kursining elektromagnetizm modulini o’qitishda modulli yondoshuv, o’qitishning innovatsion texnologiyalari, usullari va vositalari. Bitiruv ishi nazariy va amaliy ahamiyati shu bilan belgilanadiki, bajarilgan tadqiqot ishi Umumiy fizika kursining Elektromagnetizm modulini uqitishda pedagogik texnologiyalardan foidalanish dastlabki bosqich hisoblanadi. Olingan xulosa va bildirilgan takliflardan ta’lim muassasalari faoliyatida, fizika, matematika va tabiiy fanlarini o’qitishda va takomillashtirishda foydalanish mumkin. Bitiruv ishining tuzilishi va hajmi. Bitiruv ishi kirish, ikki bob, oltita paragraf, xulosa, glossariy va foydalanilgan adabiyotlardan iborat holda yoritib berilgan. Ishning asosiy hajmi 94 betdan iborat bo’lib, unga turli jadvallar, rasmlar va chizmalar ham berilgan. 1 - BOB. UMUMIY FIZIKA FANINI O’QITISHNING NAZARIY MASALALARI Fizika fani taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlari Ma’lumki, fizika fanida ochilgan kashfiyotlar va ular asosida vujudga keayotgan texnologiyalar hozirgi davrda insoniyat erishgan va erishayotgan ilmiy-texnik taraqqiyotning asosini tashkil qiladi. Fanning ilmiy va amaliy ahamiyati shundan iboratki, uning asosida tabiat sir-sinoatlarini ochishda, jamiyat taraqqiyotida hamda insoniyat turmush tarzini yaxshilashda ulkan muvaffaqiyatlarga erishilmoqda. Hozirgi davrda fizika fani bo’yicha quyidagi yo’nalishlar ustuvor bo’lib, bu yo’nalishlar bo’yicha jahonning ko’plab ilmiy –tadqiqot markazlarida ilmiy –izlanishlar olib borilmoqda:3 - elementar zarralar fizikasi nazariyasi sohasida; - neytrino fizikasi sohasida, ya’ni neytrino tabiatini o’rganish, neytrino ossilyasiyasini tadqiq qilish yo’nalishida; -astrozarralar xususiyatlari, materiyaning yangi shakllari (Qora materiya, Qora energiya, gravitasion to’lqinlar) ni o’rganish yo’nalishida;. - yangi avlod tezlatkichlarini qurish va yanada yuqori energiyalarda zarralar xususiyatlarini o’rganish yo’nalishida; - yangi zarralarni izlash sohasida, ya’ni tezlatkichlarda va tezlatkichlarsiz zarralar fizikasi sohasida (koinot nurlarining xususiyatlarini o’rganish) yo’nalishida; - qattiq jismlar fizikasi sohasida, ya’ni yuqori temperaturali o’ta o’tkazuvchanlik hodisasi, qattiq jismlarning yangi xususiyatlarini o’rganish yo’nalishida; - nanotexnologiyalar (hozirda nanofizika, nanokimyo, nanobiologiya, nanomeditsina kabi fan yo’nalishlari dunyo miqyosida shakllandi, ular rivojlanish bosqichida) yo’nalishida; - insoniyat hayot tarzi darajasi hamda talablariga qarab fizikaning yangi tadbiq yo’nalishlari - medisina fizikasi, mezofizika, ekonomfizika kabi yo’nalishlarning shakllanishi yo’nalishida. Download 7.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling